Mavzu: Shaxs test so'rovnamalarini yaratishda topshiriqlarni tanlash Reja: I Kirish II Asosiy qisim 1.Metod va metodika haqida tushuncha
2.Standartlashtirilgan va ekspert (kilinik) metodlarining
asosiy farqalari
3. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari.
4. So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So‘rovnomalar turi .
III.Xulosa
Kirish.
Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog’liqlini dalillar asosida izohlab beradi. Ulardan:
birinchisi – inson tug’ilib voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri;
ikkinchisi – odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta’lim tarbiyaning ta’siri;
uchinchisi – odamga tug’ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta’siridir.
Ma’lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg’ayadi, shakllanadi. Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, Tashqil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo’lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi. Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlaiish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.