yozma tarzda berilgan javob o‘quvchi o‘quv materialni o‘zlashtirib olganiga hujjatli dalil bo‘ladi;
o‘quvchi o‘z fikrlarini qog’ozda ifodalash uchun amaliyotdir;
ekspertlar o‘tkazgan yozma nazorat o‘quvchining bilimiga obyektiv baho qo‘yishga imkoniyat yaraladi.
Og’zaki va yozma baholashga xos jiddiy nuqsonlar:
o‘quvchining bilimiga qo‘yiladigan baholarga subyektivlik alomati ko‘proq. Baho ko‘pincha boshqa o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladi, bunda baho kamaytirilishi yoki oshirib qo‘yilishi ham mumkin. Imtihon oluvchilar bitta og’zaki javob yoki bitta yozma ishga turlicha javob qo‘yishlari mumkin;
imtihonda o‘quvchi biletdagi 3-4 ta savolga javob beradi, baho esa butun o‘quv predmeti dasturi mazmunini bilgani uchun qo‘yiladi;
besh balli baho balli shkalasi bilim o‘zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni aniq belgilashga imkon bermaydi;
og’zaki va yozma imtihon olib baholashlar bilim o‘zlashtirish sifatini obyektiv, aniq va asosli baholashni ta’minlay olmaydi;
og’zaki so‘rashga, shuningdek, yozma ishlarni tekshirishga vaqt ko‘p ketadi;
Og’zaki va yozma nazorat uchun kompyuterni ishlatish qiyin, ularni avtomatlashtirib bo‘lmaydi.
Tekshirishning ko‘p qo‘llanadigan ikki xili mavjud ular joriy va yakuniydir. Joriy tekshirishning hammaga ma’lum turlari qo‘yidagilar:
Og’zaki so‘rashning har xil shakllari, yozma uy vazifalarini tekshirish, yozma nazorat (mustaqil) topshiriqlari. Biroq bunday an’anaviy shakllar bilan bir qatorda turli perfokartalar yordamida tekshirish, kompyuter yordamida topshiriq bajarilishni tekshirish ham qo’llaniliyapti.
Tekshirishning o‘ziga xos shlakli o‘quvchilarni o‘qituvchi tomonidan kundalik muntazam ko‘zatib turishdir. Tekshirishning turli-tuman shakllari o‘ziga xos dars bosqichi kabi faqat an‘anaviy “so‘rash” jarayonidagina emas, balki butun dars mobaynida qo’llaniladi.
O‘qituvchi darsga tayyorlanishda tekshirishning zarur shakllarini izlash va qo‘llash eng muhim vazifasi ekanligini unutmasligi kerak. Kimdan qachon, qancha o‘quvchini tekshirish, qanday savollar bilan, qanday vositalar orqali so‘rash va baholash – bularning barchasini o‘qituvchi darsga tayyorlanish paytida o‘ylab chiqmog‘i lozim.
Shu bilan bir qatorda o‘quvchilar o‘z o‘rtog’i bilimi so‘ralayotganda nima bilan shug’ullanishi zarurligi haqida ham o‘ylashi kerak bo‘ladi. Har bir o‘qutuvchining o‘z nazorat tizimi bo‘lishi lozim. Bu tizim ishning turli-tuman vositalari ususllarini qamrab olishi, o‘quvchilar o‘qutuvchisining o‘z muvaffaqiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirish darajasi va sifatini hamisha tekshirib turishini tushunsinlar.
Tekshirish shakllari maktablarimiz ta’lim jarayoniga xos bo’lgan, o‘quvchilarni bilimlarni faqat o‘zidan qabul qilishi, reproduktiv faoliyatni tashkil etish bilangina tugamasligi lozim. Nazorat (tekshirish) shakllarini tanlashda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish muhimdir.
Yakuniy yozma ishlarga alohida talab bilan qarash zarurdir. Ularni o‘qituvchi o‘quv materialini ko‘pchilik o‘quvchilar o‘zlashtirib olganiga ishonch hosil qilgandan
“qoniqarli” (uch) – o‘quvchining bilim darajasi past bo‘lib, uning keyingi materialni o‘rganishida ilgarilashiga yordam beradigan bilim hajmiga qo‘yiladi;
“qoniqarsiz” (ikki) – o‘quvchi o‘zidagi juda past bilimi bilan ilgarilashiga qodir bo‘lmasa qo‘yiladi;
“yomon ”(bir) baho o‘quvchi hech narsani bilmaganda qo‘yiladi. Bu so‘nggi baho juda kam qo‘llanilib, uning mazmuni deyarli “ikki” bahoga tengdir.
Bilimlarni baholashda xolislikni (obyektivlikni) saqlagan holda ba’zi holatlarni ham nazarda tutish lozim; masalan, joriy yoki yakuniy bilimlar baholanadi (yozma ish, chorak bahosi va b.), o‘quvchining intilishi, uning o‘quv ishlaridagi barqarorligi va h. o‘quv fanini xususiyatlarini, ba’zi bilimlar, ularning aloqadorligini o‘zlashtirish holatini nazardan qochirmaslik zarur.
O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashning an’anaviy tizimi jiddiy nuqsonlarga ega, negaki u ta’limiy, tarbiyaviy, diagnostik va rag’batlantiruvchi funksiyalarini zarur darajada amalga oshirmaydi. Modomiki, shunday ekan, undan voz kechish yoki uni yanada takomillashtirish shakliga almashtirish maqsadga muvofiq emasmikan?
Ehtimol, bahoning jazolash vazifasidan xalos bo‘lgan o‘quvchilar yaxshiroq o‘qishni va ta’limiy burchlariga ancha vijdonan munosabatda bo’lar edi. Bugungi kunda o‘quvchilarning o‘zi bahoga qanday munosabatda bo‘lyaptilar? Boshlang’ich sinflardagi o‘quvchilarning 98 foizi baho saqlanishi zarurligini aytadi. Bahoni bekor qilish o‘qitishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga, o‘qitishning ichki shakllantirishga yordam beradi, degan fikr ham o‘zini oqlamadi.
O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining uquv faoliyatini baholash zarurligini qayd etganlar soni boshlang’ich maktabdagidek bo‘lishiga ishonamiz, albatta.