Mavzu: Shaxsning malaka va odatlari


"Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha



Yüklə 217,2 Kb.
səhifə2/7
tarix28.12.2022
ölçüsü217,2 Kb.
#78046
1   2   3   4   5   6   7
shaxsning malaka odatlari

"Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha
Hozirgi kunda asosiy muammolardan biri bir shaxsning boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishga ega ekanligidir. Ushbu psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi.
Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir necha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi binobarin, ushbu bo’laklarning yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanida psixologlar shaxsning psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli jihatlariga asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar.

Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning voqelikka ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha endo ichki degan ma'noni bildiradi) degan g’oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko’ra, "endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixika" aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "endopsixik" qismi bo’lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo’lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo’r berish xislatlarini ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab oladi. Tabiiy asosga ega bo’lgan "endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog’liq bo’lsa, "ekzopsixika" aksincha ijtimoiy voqeliklar ta'sir ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.


Yüklə 217,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin