Mavzu: Shaxsning malaka va odatlari



Yüklə 217,2 Kb.
səhifə5/7
tarix28.12.2022
ölçüsü217,2 Kb.
#78046
1   2   3   4   5   6   7
shaxsning malaka odatlari

2.Shaxs mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan. Jamiyatda rivojlanuvchi til yordami bilan boshqa kishilar bilan (muloqot) muomalaga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi. 3.Individuallik - har qanday insonning betakror, o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassam-lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi. Sobiq sovet psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir qator manbalar keltirilgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega: 1.Yo’nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi. 2.Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi. 3.Individual tipologik xususiyatlar - temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi. K.K.Platonov ta'limotiga ko’ra shaxs tuzilishi quyidagicha shaklga ega: 1.Yo’nalganlik osttuzilishi - shaxsning ahloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik ko’lami (hajmi) darajalarini farqlash lozim.

Shaxsning faolligi Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo’ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. XX asr boshlarida avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi. Odam o’zining avlodlaridan nasliy yo’l bilan o’tgan instinktiv mayllarining namoyon bo’lishi tufayli faoldir, instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi Z.Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog’laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi. Inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlar, deb tushuntiradi. Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik mavjudotlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha) tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xususiyatli bog’lanishlarni ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'iy nazar) ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi.


Yüklə 217,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin