Siderit – FeCO2 yunoncha «sideros» temir demakdir. Tarkibida FeO – 62,1 %; CO3 – 37,9 %. Trigonal singoniyali, yaxshi kristal- langan, donador, ba’zan yashirin kristallangan, shu’lasimon shakllarda uchraydi. Ba’zan yirik kristallari (1,5–2 sm) andezitlarda topilgan (Mulatalavavidi, Vengriya). Sideritning rangi no‘xatdek sariq, sariq- qo‘ng‘ir bo‘ladi, yaltirashi shishadek, ba’zan sadafdek, mo‘rt, qattiqli- gi – 4, solishtirma og‘irligi – 3,9. Siderit gidrotermal jarayonlarda yuzaga kelgan polimetall konlarida katta uyumlarini hosil qiladi.
Sideritning eng yirik uyumlari ekzogen (xemogen) jarayonlarda paydo bo‘ladi. Siderit temir olishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Serussit – PbCO3. Yunoncha «serussa» oq bo‘yoq demakdir.
Tarkibida PbO – 83,5 %, CO2 – 16,5 %. Mexanik aralashma holida SrO (3,2 %gacha), ZnO (4,5 %gacha) va boshqalar uchraydi. U rom- bik singoniyali, tabletkasimon, plastinkasimon, ba’zan nayzasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Serussit – oq, qordek oq, yarim shaffof, ba’zan kul rang, tutunsimondan qoragacha. Uning qattiqligi – 3–3,5, solish- tirma og‘irligi–3,8; mo‘rt; ulanish tekisligi mukammal. Serussit poli- metall konlarning oksidlanish zonalarida yuzaga keladi. Gidrotermal jarayonda yuzaga kelgan selestin, barit, kalsit va sulfidlar bilan uch- raydi. Serussit gipergen sharoitda galenit va anglezit hisobiga paydo bo‘ladi. Serussitning yirik uyumlari qo‘rg‘oshin olishda manba hisoblanadi.