REJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM 1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning o’quvchi yoshlarni tarbiyalashda tutgan o’rni
2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning ilmiy va nazariy asoslari
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda tejamkorlikni tarbiyalashning o‘ziga xos shakl va usullari.
III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI MUNDARIJA: I.KIRISH…………………………………………………………………….. II.ASOSIY QISM……………………………………………………………. 1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning o’quvchi yoshlarni tarbiyalashda tutgan o’rni……………………………………………………
2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning ilmiy va nazariy asoslari………………………………………………………………
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda tejamkorlikni tarbiyalashning o‘ziga xos shakl va usullari…………………………………………………………..
III.XULOSA………………………………………………………………….. IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………….
Kirish Hayot, taraqqiyot doimiy yuksalishda, yangi-yangi marralar sari odimlayveradi. Yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yetuk mutaxassis yoshlar Vatanimiz rivoji yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarni amalga oshiradigan, ro‘yobga chiqaradigan qudratli kuchdir. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, har tomonlama yetuk avlodgina bugun hayot oldimizga qo‘yayotgan o‘ta murakkab, og‘ir sinov va qiyinchiliklarni yengish, biz ko‘zlagan yuksak marralarni egallashning eng asosiy shartidir.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ta’lim tizimiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Yurtboshimiz o’sha paytlardayoq bu sohaning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini quyidagi so’zlarida ifoda etgandi: «Men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir» degan fikrini ko’p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda ham biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir... »
Bugungi kunda xalq ta’limining barcha xodimlari zimmasiga o’qitishning yangi, zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish vazifasi qo’yilmoqda. Shundan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi qonun”i va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da har tomonlama yetuk mutaxassislar tayyorlashning mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb vazifalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Shu vazifalarning asosiy maqsadi har tomonlama kamol topgan shaxslarni tarbiyalashdan iborat. Bu borada esa asrlar davomida xalqimiz yaratgan hikmatlarning o’rni va ahamiyati kattadir.
Demak, boshlang’ich sinflarning o’qituvchilari o’z o’quvchilarini faqatgina to’g’ri o’qish, tez o’qish, to’g’ri talaffuz qilish, ifodali o’qishga o’rgatib qo’ya qolmasdan, ularning o’qishlari uchun eng zarur va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda qulaylik tug’diradigan matnlarni tanlashi, darslikda berilganlari yoniga boshqalarini o’qituvchining o’zi topib qo’yishi lozim. Shu bilan birgalikda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish barkamol avlodni tarbiyalashda muhim axamiyat kasb etadi. Komil insonning sifatlaridan biri tejamkorlik xisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’quvchilarni tejamkorlik ruhida tarbiyalash xar bir tarbiyachining muhim vazifalaridan biri sanaladi.