Maktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni ihtiyoriy ravishda, aktiv va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi.
Rayon, shahar, o‘lka va respublika hamda maktab o‘quvchilari saroylari va uylari – ancha keng tarqalgan maktabdan tashqari muassasalardir. Ular xalq maorifi organlari rahbarligi ostida ishlaydilar.
Maktabdan tashqari mussasa bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktablarning I-VIII sinflari o‘quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o‘qiy oladigan bolalarga xizmat ko‘rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan.
Ko‘pgina maktabdan tashqari muassasalarning ishlari misolida, maktabdan tashqari muassasalar o‘quvchilar bilan olib boriladigan t’lim-tarbiya ishida maktab va oilaga jiddiy yordam bermoqdalar degan xulosaga kelish mumkin. O‘qituvchi muayyan aholi yashaydigan joyda maktabda qanday muassasalar borligini bilib, ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishni yo‘lga qo‘yadi, o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to‘garaklarga yo‘llaydi. Maktab bolalalari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni rejalashtirishda maktabdan tashqari muassasalardan olishi mumkin bo‘lgan yordamni ham nazarda tutadi. Maktabning tarbiyaviy ish rejasini bolalar muassasalarining rejasiga moslashtirish zarur. Maktab tarbiyaviy ish rejasini o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigan ishlarning forma va metodlarini, ularni oqilona yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, maktab tarbiyaviy ishining umumiy rejasini tuzadi hamda o‘quvchilarga har tomonlama tarbiya berishda maktab o‘qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalar hamda maktabni otaliqqa olgan tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.