3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda tejamkorlikni tarbiyalashning o‘ziga xos shakl va usullari.
Ma’lumki, «iqtisod» so‘zining ma’nosi keng bo‘lib, chuqur mazmunga ega. Ko‘p urindi bu so‘z xalq ichida «tejamkorlik» so‘zining sinomini sifatida qo‘llaniladi. Tejamkorlik haqida so‘z ketganda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikki tushunamiz.
«Iqtisod» tushunchasiga, Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur.
Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda, so‘mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik qoldig`I kabi iqtisodning ziddi isrofdur. Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas».
Ota-bobolarimizning o‘z farzandlarini tejamkor bo‘lishga undaganlarini xalq og‘zaki ijodi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, tejamkorlik mavzui xalq maqollarida ham o‘z aksini topgan. Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga o‘tib, xalqning dilida saqlanib kelgan.
Maqollar kishilarning tarixiy tajribasi sifatida ko‘pgina sinovlardan o‘tib shakllanadi va chuqur ma’no kasb etadi. Mana ularning ayrimlari: «Tejagan-birga birni qo‘shar, tejamagan birini ham boy berar», «Pul topish uchun kuch-quvvat kerak, tejash uchun-fahmu-farosat», «O‘zingnikini bir bor tejasang, xalqnikini ming bor teja», «Tejamligu rasomadlik-aka-uka, to‘g‘riligu halollik-opa-singil», «Tejamkor-olqish olar, isrofgar koyishga qolar» va hokazo.
Hattoki, ota-onalarimiz tejamkorlik ruhida tarbiyalash vazifasiga farzandlarining baxtli-saodatli bo‘lishning bir sharti, axloqiy tarbiyaning bir ko‘rinishi sifatida qaraganlar.
Bozor iqtisodiyotining maqsadi jamiyatning barcha a’zolarini, jumladan, ota-onalarni, ularning farzandlarini amaliy hisob-kitobga va oqilona omilkorlikka o‘rgatishdan iborat. Zotan, pul ham shaxsni tarbiyalaydi. Uni mensimaslik ikki tomonlama xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Uning bir tomoni, bolani oilaning moddiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati paydo bo‘ladi va u tekinxo‘rlikka o‘rganadi. Ikkinchi tomoni, pulga xirs qo‘yish, ochko‘zlik, xudbinlik, xasislik kabi illatlarni keltirib chiqaradi.
Ma’lumki, azaldan ota-onalarimiz bolalarni xo‘jalik ishlari bilan tanishtirib, oilaning kirim va chiqim ishlarini ularga o‘rgatib kelishgan. Shu tarzda, bolada oilaning moddiy ahvoli xasida tasavvur hosil bo‘lishiga e’tibor berilgan.
Hozirgi zamonda butun dunyoda ko‘zga tashlayotgan oziq-ovqat, ichimlik suvi, foydali qazilmalar va shu kabi zaxiralarning kamayib borayotganligi, shuningdek, ahvoli sonining ortib ketayotganligi qator muammolarni keltirib chiqarayotganligi tejamkorlik, ishbilarmonlik, omilkorlik kabi qadriyatlarning umuminsoniy, umumbashariy ahamiyatini zarurligini ko‘rsatib bermoqda.
Demak, tejamkorlik ishbilarmonlikni bir ko‘rinishi sifatida qadriyat hisoblanib kelingan va u ma’naviy-axloqiy mazmunga egadir. Bu tushunchani bola ongiga singdirib borish ota-onaning vazifasini bo‘lib, uni bajarish faqat shaxsiy ish bo‘lmasdan, balki ijtimoiy ahamiyatiga molik hodisadir. Chunki, bola o‘zida tejamkorlik tuyg‘usini shakllantira borib, faqat o‘z mehnatini va o‘zgalar mehnatini qadriga yetadigan bo‘ladi. Buni anglab yetish bolada o‘zi, ota-onasi va jamiyat yaratgan boyliklarni qadriga yetish, ularni asrab-avaylash ko‘nikmasi va malakasi paydo bo‘la boshlaydi.
Ota-onalar bolalarining kelajagini o‘ylab, ularni ilk yoshlaridan mehnatga solib chiniqtirib boradilar. To‘g‘ri tarbiyaning eng ta’sirni, eng samarali usuli ham shu mehnatdir. Ota-onalar bolalarining mehnatiga hamma vaqt ham muhtoj bo‘lavermaydilar, lekin bolani yoshligidan ishga o‘rgatish, mehnatga ko‘niktirish zimmalaridagi burch ekanligidan shunday yo‘l tutadilar.
Ma’lumki, har bir oilaning o‘z xo‘jaligi bo‘ladi va u o‘z xo‘jaligini sof, halol mehnati bilan quradi: bu xo‘jalik daromadi oila a’zolarining qandaydir doimiy fonda olib turishlari orqasidan emas, balki ish haqining oshuvi va oila harajatlaridan orttirib, tejab qolish tufayli ko‘payadi.
Bizdagi oila xo‘jaligi ro‘zg‘or uchun kerakli bo‘lgan buyumlardan, ashyo va jihozlardan iboratdir. Oila davlatmand bo‘lsa, bu hol oila a’zolari yaxshi va baxtli kechirayotganini, iste’mol buyumlarini ko‘proq kelayotganini, o‘z ehtiyojlarini ko‘proq xarid kelayotganini, o‘z ehtiyojlarini ko‘proq qanoatlantirayotganini bildiradi.
Har bir oila o‘z xo‘jaligini tuzatib olish yo‘li bilan turmushini yaxshilashga urinadi. Oilaning davlatmand bo‘lishi ko‘proq butun mamlakat erishgan muvaffaqiyatlarga uning iqtisodiyot va madaniyat sohasidagi yutuqlariga bog‘liq bo‘ladi. oilada bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalashga qanchalik ko‘p e’tibor berilsa, ular xalqqa ham, ota-onalariga ham o‘zlariga ham shuncha ko‘p foyda yetkazadilar.
Har bir bola oilaning tenghuquqli a’zosidir. Demak, u oila xo‘jaligining ishtirokchisidir. Shu bilan birga, bolalarimizni faqat oila xo‘jaligini yuritishga qobiliyatli kishilar qilib tarbiyalabgina qolmay, shuningdek butun jamiyat xo‘jaligini ham tejab-tergan yuritadigan sadoqatli fuqarolar qilib tarbiya qilmog‘imiz lozim.
Barcha ota-onalar bunday tarbiya maqsadlari to‘g‘risida o‘zlarida ravshan tushuncha hosil qilib, bu bilan o‘z tarbiya yo‘sinlarini doimiy ishga solib va tekshirib borishlari zarur.
Ko‘pincha ota-onalar bolalarining hamma narsani muhayyo bo‘lishi, ya’ni yaxshi yeb-ichishi, yaxshi kiyinishi, katta bo‘lganda uy-joyli bo‘lishi haqida o‘ylaydilar. Bularning hammasini farzandlariga cheksiz mehribonliklaridan va ularni behad sevganliklaridan qiladilar. Bolalarini deb o‘zlarining eng zarur ehtiyojlarini qondirishni ham chetga surib qo‘yyadilar, lekin buni bola esiga ham keltirmaydi va hatto sekin-asta o‘zini hammadan ortiq, mening istagim ota-onam uchun qonun, deb o‘ylashga odatlanadi.
Bu tarbiyaning noto‘g‘ri va zararli yo‘li bo‘lib, bundan ota-onalarning o‘zlari ko‘proq zahmat chekadilar. Bizningcha, ota-onalar o‘z farzandlarini mehnatsevar va tejamkor qilib tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilishlari kerak.
Bola o‘z ota onasining qaerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, bu ishlab-chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak.
Umuman, bola ota-onasi ishlab, topib keltiradigan daromadning katta va foydali ijtimoiy mehnat evaziga olinadigan ish haqi ekanini mumkin qadar ertaroq yaxshi tushunishi lozim.
bolani oila byudjeti bilanmumkin qadar ertaroq tanishtirish lozim. u otasi va onasining qancha maosh olishini bilishi kerak. Bola ota yoki onasining nimaga muhtoj ekanligini, bu muhtojlikning qanchalik zarurligini bilishi zarur, u oilaning boshqa a’zolari ehtiyojini yaxshiroq qondirish uchun o‘zining ba’zi ehtiyojlaridan vaqtincha kechishga odatlanishi kerak. Oilaning umumiy ehtiyojiga doir masalalarini muhokama qilishga bolani ko‘proq jalb qilish lozim.
Agar oilaning moddiy sharoiti juda yaxshi bo‘lsa, bolaning o‘z tengdoshlari oldida bunday yaxshi sharoit bilan g‘ururlanish va maqtanishga odatlantirmaslik kerak. Bola oilaning boyligidan o‘zgalar oldida gerdayishga hech qanday asos yo‘qligini tushunish zarur.
Ota-onalar bolalarining halol, rostgo‘y va sofdillikka odatlanib borishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak. Ular hech narsani boladan atayin yashirmasliklari va shu bilan birga uning ko‘z o‘ngida yotgan bo‘lsa ham, so‘roqsiz olmaslikka o‘rgatishlari zarur. Havas keltiradigan har xil narsalarni atayin bolaning ko‘z o‘ngicha qo‘yib, uni ana shu narsalarga beparvolik bilan, suhlik qilmay qarashga o‘rgatish lozim.
Oilada tejaskorlik va xtiyotkorlik tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etib eskirib qolgan narsalarni yaxshilab ta’mir qilib, yangisini sotib olish vaqtini cho‘zish va shu yo‘l bilan ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari topgan pulning ma’lum qismini tejab qolish bolani juda kichik yoshligidan boshlab xo‘jaligini yaxshi yuritmoqchi bo‘lgan kishi ro‘zg‘orda qaysi narsaning eskira boshlanganini avvalroq payqashi, ro‘zg‘or buyumlarining juda eskirib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi, ularni o‘z vaqtida tuzattirish, bozorda yoki do‘konda tasodifan ko‘rib qolgan narsasini sotib olavermay, balki haqiqatdan kerak bo‘lgan narsani sotib olishi maqsadga muvofiqdir. Bolalarga ham shu odatni singdirib borish kerak.
Bola faqat o‘z xonadonidagi buyumlarinigina ehtiyot qilib qolmay, balki boshqa kishilarning buyumlarini ayniqsa, ko‘pchilik foydalanadigan buyumlarni ham ehtiyot qiladigan bo‘lishi lozim.
Tejab-tergab ish ko‘rish odatlarini bolada mumkin qadar ertaroq tarbiyalamoq kerak. Odat mashq qilish bilan hosil bo‘ladi. shu yo‘l bilan bolada buyumlarni tejab-tergab turish istagini doimo rag‘batlantirib turish kerak.
Pulni tejab-tergan sarflash ayniqsa muhimdir. bunday harajatlarning ro‘yxati bolaning yoshiga va oilaning qurbiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Deylik, 10 yashar bola uchun taxminan quyidagicha ro‘yxat tuzsa bo‘ladi: daftar, kitob sotib olish, yo‘l kira, butun oila uchun non, sut, saryog‘, sovun sotib olish, uning o‘zi va ukasiga ruchka olish… bola katta bo‘lgan sari, bunday harajatlar ro‘yxati ancha ma’suliyatliroq va murakkabroq bo‘la borishi lozim.
Oilada ota-onalar o‘z farzandlarining mehnatsevar, tejamkor va ehtiyotkor kishilar bo‘lib yetishishlarida o‘zlari namuna bo‘lishlari kerak. Bu tarbiya ishlari uchun juda muhim omillardan sanaladi.
Oila byudjeti va xo‘jaligi.
Bizning mavzuni o‘rganishda oila byudjeti va xo‘jaligi, uni rejalashtirish, ota-ona, bolalar o‘rtasida ishlarning taqsimlanishi va oilaning iqtisodiy manbai xususida fikr yuritilib, o‘quvchilarda oila byudjetining daromadi va harajati, oila xo‘jaligini boshqarish kabi tushunchalar shakllantiriladi.
O‘qituvchi darsning tashkiliy qismidan keyin quyidagi ikki lavhani ikki o‘quvchiga o‘qitadi.
Dostları ilə paylaş: |