Mavzu: Soddalashtirilgan soliq tizimining soliq amaliyotiga joriy etilishi


Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar



Yüklə 34,77 Kb.
səhifə4/5
tarix16.05.2023
ölçüsü34,77 Kb.
#114776
1   2   3   4   5
Mavzu Soddalashtirilgan soliq tizimining soliq amaliyotiga jori

Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar


Yagona soliq to‘lovini yuridik shaxslar mustaqil ravishda belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqib hisoblaydilar. Yagona soliq to‘lovi stavkalari 2016 yil
uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455- sonli qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, u quyidagicha tabaqalashtirilgan:

5.1-jadval Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi


stavkalari1

N

To’lovchilar

Soliq stavkalari, soliq solinadigan
bazaga nisbatan %da

1

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari, 2-7-bandlarda
ko’rsatib o’tilganlaridan tashqari

5*

2

Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha xizmatlarni ko’rsatadigan
yuridik shaxslar (bojxona brokerlari)

5

3

Lombardlar

30

4

Gastrol-konsert faoliyati bilan shug’ullanish uchun
litsenziyaga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yo’li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan korxonalar

30

5

Tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari (6-bandda ko’rsatilganlaridan tashqari), shuningdek vositachilik, topshiriq va boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik
xizmatlari ko’rsatadigan korxonalar

33**

6

Qimmatli qog’ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga
oshiradigan korxonalar

13**

7

Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun turg’un savdo shoxobchalarini ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar (ijaraga berishdan olingan
daromadlar 60%dan ko’pni tashkil etadi)

30

8

O’zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish joyidan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushi quyidagi
miqdorlarni tashkil etadigan korxonalar uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871- son Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatda keltirilgan xom ashyo tovarlari bundan mustasno:




sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha

belgilangan stavka 30%ga
pasaytiriladi

sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko’p

belgilangan stavka 50%ga
pasaytiriladi



*) lizing kompaniyalari uchun lizing beruvchining daromadiga nisbatan foizlarda (marja).
**) haq (yalpi daromad) summasiga nisbatan foizlarda.
Bundan tashqari, alohida toifadagi korxonalar jumlasiga kiruvchi loteriyalar o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar soliq solinadigan bazaga nisbatan 33 foiz miqdorida soliqqa tortiladilar.



1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori.
Quyidagi mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan to‘liq ozod etiladi:
-nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “O‘zbekiston Chernobilchilari” uyushmasining mulki bo‘lgan, ishlovchilar umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mexnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar (savdo, vositachilik, ta‘minot- sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalardan tashqari);
2005 yil 1 iyuldan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalarga quyidagi preferentsiyalar nazarda tutiladi:

  1. ilgari kichik biznes sub‘ektlariga yagona soliq bo‘yicha berilgan imtiyozlardan foydalanish huquqi. Bu uni to‘lashdan to‘liq ozod qilishga nisbatan ham, soliq stavkasini pasaytirishga nisbatan ham belgilanadi;

  2. yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to‘lash huquqi. Ushbu qoida faqat yangi tashkil etilayotgan (2005 yilning 1 iyulida va undan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan) mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbiq etiladi.

  3. qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan er maydonlari uchun budjetga ijara haqini to‘lamaslik huquqi.

Soliq amaliyotiga yagona soliq to‘lovining kiritilishi kichik biznes sub‘ektlarini va mikrofirmalarni soliqqa tortish uslubiyatini yanada soddalashtirdi.

  1. Yüklə 34,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin