Mavzu: Soddalashtirilgan soliq tizimining soliq amaliyotiga joriy etilishi


Soliq hisobini taqdim etish va soliqni budjetga to‘lash muddatlari



Yüklə 34,77 Kb.
səhifə5/5
tarix16.05.2023
ölçüsü34,77 Kb.
#114776
1   2   3   4   5
Mavzu Soddalashtirilgan soliq tizimining soliq amaliyotiga jori

Soliq hisobini taqdim etish va soliqni budjetga to‘lash muddatlari.


Mikrofirma va kichik korxonalar, asosiy faoliyati bilan bir qatorda, boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ushbu faoliyat turlari bo‘yicha ular alohida hisob yuritishlari hamda soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi uchun qonunda nazarda tutilgan soliqlar, yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashlari shart.
Birinchi chorak, yarim yil va 9 oy yakunlari bo‘yicha soliq to‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tish joyidagi tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa - yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida belgilangan shaklda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar.
Yagona soliq to‘lovini to‘lash har chorakda o‘sib boruvchi yakun bilan hisobot choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar amalga oshiriladi.
  1. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha to‘lovni kechiktirish tartibi hamda uning ahamiyati.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-3620-son Farmoniga muvofiq yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi belgilangan. To‘lashni kechiktirish yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq majburiyatini to‘lash muddatini muayyan muddatga ko‘chirishni anglatadi.
To‘lash muddatini kechiktirish huquqini olish uchun korxona, yagona soliq to‘lovini to‘lashning birinchi muddati boshlanishiga ko‘pi bilan 15 kun qolganda, unga to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga belgilangan shaklda ariza topshiradi.
Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasi to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi arizani ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi, so‘ngra to‘lash muddatini kechiktirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror chiqarib, korxonaning taqdim etilgan arizasiga qabul qilingan qaror natijasining tegishli belgisini qo‘yadi.
Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasining rad etish to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:

    • to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi ariza belgilangan shaklda taqdim etilmagan bo‘lsa;

    • to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi ariza belgilangan muddatdan keyin topshirilsa;

    • korxona yagona soliq to‘lovining to‘lovchisi hisoblanmasa.

Yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Korxona arizada ko‘rsatilgan ma‘lumotlarning to‘g‘riligi (haqqoniyligi) uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
To‘lash muddatini kechiktirish huquqi korxonaga korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning 1-kunidan boshlab bir yilga beriladi.
Misol uchun, agar korxona davlat ro‘yxatidan 15 yoki 25 yanvarda o‘tkazilgan bo‘lsa, mazkur korxonaga soliqni to‘lash muddatini kechiktirish huquqi joriy yilning 1 yanvaridan keyingi yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan davrga beriladi.
Korxonaning xohishiga ko‘ra soliqni to‘lash muddatini kechiktirish huquqi uning yozma arizasiga asosan bir yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi mumkin. Korxona to‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan davrda boshqa soliq rejimiga o‘tganida, o‘tgan paytidan boshlab korxona to‘lash muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladi va unda qonunga muvofiq soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar vujudga keladi.
To‘lash muddatini kechiktirish yoki muddati kechiktirilgan to‘lov summasini so‘ndirish huquqi berilgan davrda korxona tugatilsa, to‘lash muddati kechiktirilgan to‘lov summasi qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
To‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan korxona tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga belgilangan tartibda, hisobot choragidan keyingi oyning 25- kuniga qadar yagona soliq to‘lovining hisob-kitobini taqdim etadi. Bunda korxona yagona soliq to‘lovi hisob-kitobining o‘ngdagi yuqori burchagiga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-son Farmoniga muvofiq to‘lash muddati kechiktirilgan” belgisini qo‘yadi.
Agar to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish muddati chorak oxiriga qadar tugasa, ushbu davrlar uchun yagona soliq to‘lovining summasini aniqlash uchun korxona davlat soliq xizmati organlariga yagona soliq to‘lovi hisob- kitobining belgilangan shakli bo‘yicha yagona soliq to‘lovi bo‘yicha ma‘lumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadi.
Misol uchun, agar to‘lash muddatini kechiktirish huquqining muddati 1 iyunda tugasa, korxona tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga aprel va may oylari uchun yagona soliq to‘lovining ma‘lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etadi, iyun oyi uchun yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi esa 25 iyulga qadar taqdim etadi.
Yüklə 34,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin