DARSNING MAQSADI: Ta'limiy maqsad –Buyruq-xitob undovlari haqida ma`lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarni do’stga hurmat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad - o'quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish.
Darsning jihozi: Darslik, ona tilidan ko’rgazmalar to’plami, kompyuter
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: suhbat, musobaqa, bahs-munozara.
DARSNING BORISHI: I.DARSNI TASHKIL QILISH: a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH: 1.Qanday so’zlar his-hayajon undovlari deyiladi? 2.His-hayajon undovlari ishtirokida gaplar tuzing. 3.Undov so’zlar necha turga bo’linadi?
III.YANGI MAVZU BAYONI 1-topshiriq. Berilgan gaplardagi undovlarni aniqlang. 1. Hey, menga qara, Gulchehra, — dedi u. (О. Yoqubov) 2.Tss, — dedi Sayyora barmog‘ini labiga qo‘yib. (0‘.Umarbekov) 3. Chu, jonivor! (Hamid G‘ulom) 4. Hammasi o‘tkinchi, xo‘sh, nima o‘tmas? (M. Toirov) Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, cha- qirish va to‘xtatish uchun qo‘llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari hisoblanadi. 264-mashq.Undovlarning tagiga chizing.Ularning ma’nosini tu- shuntiring. 1. Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding? («El desa Navoiyni» kitobidan) 2. — Hoy, aylanay, o‘g£rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko'zimga uyqu keladimi? (G‘afur G‘ulom)3. Ey Luqmoni Hakim, sening Dong‘ing tutdi olamni.(Mirmuhsin) 4. Hay, usta, — dedi Ma’suma beka, — shu payt bu chiziqlaringiz kimning qulog‘iga kiradi! (Mirmuhsin) 265-mashq. Buyruq-xitob undovlari qatnashgan 6 ta gap yozing. Undovlarning qanday ma’no anglatayotganini ayting. 266-mashq.Hey, tss, oh, uh, e, chu, chip-chip, оЪ-ho, voy, iya, xo ‘sh, kisht, hoy, voh, pish-pish undovlarini ma’no guruhlariga ajratib jadvalga joylashtiring.