IV.YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH Savol va topshiriqlar
1. Qanday so‘zlar undov so‘zlar deyiladi? 2. Undovlar ma’nosiga ko£ra qanday turlarga bo‘linadi? Misollar bilan tushuntiring. V.UYGA VAZIFA: 259-mashq.Uyga vazifa.«0‘zbek xalq ertaklari» kitobidan undov so‘zlar qatnashgan gaplardan yozing.Undovlarning ma’no turlarini ajrating.
VII “A” “B” sinf Ona tili № 01.04.2015
Mavzu: HIS-HAYAJON UNDOVLARI DARSNING MAQSADI: Ta'limiy maqsad –His-hayajon undovlari haqida ma`lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad - o'quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish.
Darsning jihozi: Darslik, ona tilidan ko’rgazmalar to’plami, kompyuter
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: suhbat, musobaqa, bahs-munozara.
DARSNING BORISHI: I.DARSNI TASHKIL QILISH: a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH: 1.Undov so`zlar deb nimaga aytiladi? 2. Undov so'zlar ishtirokida gaplar tuzing. 3.Undov so’zlar necha turga bo’linadi?
III.YANGI MAVZU BAYONI 1-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan undovlarning qanday hayajonni (qo‘rquv, rohatlanish, hayron qolish kabi) ifodalashini aniqlang. Oh, qanday go‘zal bu olam! 2. Oh zolim falak, yiqil boshimga! (Uyg‘un, I. Sulton) 3. Uf!.. — dedi Xatira xola. (Abbos Muhiddin)
His-hayajon undovlari kishilarning quvonchi, er- kalash-erkalanish, rohatlanish, hayron qolish, norozilik, g‘azab-nafrat, og‘riq singari hissiyotlarini ifodalaydi. His-hayajon undovlarining o’zi undov gap bo‘lib kelishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin. Bunday gaplar oxiriga doimo undov belgisi qo’yiladi.