DARSNING MAQSADI: Ta'limiy maqsad – Undov so’zlar haqida ma`lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarni Ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad - o'quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish.
Darsning jihozi: Darslik, ona tilidan ko’rgazmalar to’plami, kompyuter
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: suhbat, musobaqa, bahs-munozara.
DARSNING BORISHI: I.DARSNI TASHKIL QILISH: a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH: 1.0’xshatish-qiyoslash yuklamalari deb nimaga aytiladi? 2.Xuddi, go yokiso'zlari ishtirokida gaplar tuzing. 3.Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari gap mazmuniga qanday ma’noyuklaydi? Misollar bilan tushuntiring. 4. Bu yuklamalarning imlosini tushuntiring.
III.YANGI MAVZU BAYONI 1-topshiriq. Berilgan gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlaming ma’nosini izohlang. 1.0‘h-ho’, muncha muzdek?(O'.Umarbekov) 2.Iya, bulami nima qilasan?(Said Ahmad) 3. Qo‘y, yig'lama, ey baxshi. (M. Toirov) — Shoshma, Qorako‘z, shoshma... Drr! Ana bo‘ldi, ketdik. — Chu, birodar. (0‘. Hoshimov) His-hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so‘zlar undov so‘zlar sanaladi. Undovlar ma’nosiga ko6ra ikki guruhga bo‘linadi: h is-hayajon undovlari; 2) buyruq-xitob undovlari.
Yozuvda undov so‘zlardan keyin vergul qo6yiladi.Undalmalardan oldin kelganda esa undan keyin vergul qo‘yilmaydi. 255-mashq. 0‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini tu- shuntiring. 1. DastlabularUmidjonniko‘rgandapisandsiz: «Е, bumishiqibola-ku», — deyishar, biroquningertaklarinieshitgach, «Yo'q, bubolaemas, dunyoko'rgancholekan», — deyatanberibketisharkan. (N.Aminov) 2.Abduqodir «tss» debbamiog'inilabigaqo'ydi.(0‘.Umarbekov) 3.— Xo4sh, ishlaryaxshimi, Hotamjon? — so'radiMirsidiqaravachayonidabitta-bittaodimbosibborisharekan. (0‘.Umarbekov) 4.Faryodim, fig'onim butun bir jahon, Ey muhtaram shoir, izladim, keldim. (£. Do- limov) 5.Voy, shoshmang, diydorginasiga bir to'yvolay.(Said Ahmad) 258-mashq. Gaplarni o‘qing. Undov so‘zlami ajratib, ma’nosini tushuntiring. 1. — Hay, shoshma, — dedi Zebi. (Cholpon) 2. Hoy, nima balo bo‘ldi? — deb alangladi Inoyat oqsoqol. (Said Ahmad) Voy, nimalami o'ylayapman men?(Asqad Muxtor) 4. Oho, jiyaningiz vazir bo'pti-ya! — deya xursandchiligini izhor qil- dim. (Sh. Boiayev) 5. O! Ho'kiz yo£q, og'il ko'cha tomondan teshilgan.(Abdulla Qahhor) 6. Och! — deb yubordi bir yigitcha. (Said Ahmad)