Mavzu: Soʻfi Olloyor ijoding gʻoyalari va ulardagi badiiy sanʼatlar Reja: Kirish



Yüklə 49,9 Kb.
səhifə5/6
tarix16.05.2022
ölçüsü49,9 Kb.
#58127
1   2   3   4   5   6
sofi ollayor

4. Soʻfi Olloyor ijoding gʻoyalari

Tahlil qilmoqchi bo’lgan hikoyatimiz asardagi pir va murid munosabatlariga bag’ishlangan bobidan keltirilgan Hasan Basriy haqidagi hikoyatdir. Hasan Basriy tarixiy shaxs bo’lib, uning tug’ilgan yili manbalarda ko’rsatilmagan. U taxminan 80 yil umr ko’rib, hijriy 110 yili Basrada vafot etgan.1 Hikoyatda bayon qilinishicha, Shayx Hasan Basriyning bir nodon muridi bo’lib, o’zini kashfu karomat sohibi deb hisoblar ekan. Shu murid bir necha kun shayx majlisida ko’rinmay qolibdi.

Shayxning o’zi uni izlab manziliga boribdi. Hol-ahvol so’ralganda shogirdi o’z holatini shunday bayon qilibdi:

Dedi: Har gohki, xufton kelsa qarshi, Etarman lahzada ayvoni Arshi.

Maloikdek bo’lub Arsh ichra mumtoz Xudo birla uzun shab etarman roz!

Ya’ni, murid har kecha Arshga yuksalib, tun bo’yi Alloh bilan sirlashib chiqishini

da’vo qilibdi. Ahvol qanday ekanligini anglagan ustoz muridga “Agar yana shunday maqomga yuksalsang, mendek bechoraning nomini ham eslashni unutma”, deb tayinlaydi. Shogird ustozining bu topshirig’ini bajarganda natija shunday bo’ladi:

Yana kechaga ul manzilga etti,

Hasan otin tiliga jori etti.

Buzulg’on ko’rdi arshi dilkushoyin, Najozatxonaeda ko’rdi joyin.

Yaqiyn bildi muni shayton qilib qayd, Qilur erkan uni har kechasi sayd.

Yana “arshga yuksalgan” shogird ustozining aytganini qilib, uning nomini tilga olgan ekan, hayolidagi “arsh” ko’zdan yo’qolib, o’zini axlatxonada ko’ribdi. Shundagina ustozining majlisidan chekinib xato qilganligini, natijada uni shayton yo’ldan adashtirganligini, karomat deb hisoblagan narsalari aslida shayton nayranglari ekanligini anglabdi. Xuddi shu mazmundagi hikoyat Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asarida ham mavjud. Faqat pirning nomi Hasan Basriy emas, Junayd Bag’dodiy. Bu asarda ham kibru g’ururga berilgan tajribasiz murid Haqqa etganlik da’vosini qiladi. Lekin Junayd Bag’dodiy shogirdiga o’z ismini emas, balki bunday topshiriq beradi: ”Bu kecha seni jannatga yuborgaylar. Borayotib, uch karra: ”La havla vala quvvata illa billahil aliyul azim” deb ayt”. Bu kalimani takrorlagan murid o’zini mazbala (axlatxona)da ko’radi va kibru g’ururiga aldanib xato qilganligini anglaydi.

“Sabotul ojizin” dagi hikoyatda ham, unga asos bo’lgan manbadagi voqeada ham bitta g’oya ilgari surilgan: tasavvuf yo’liga kirmoqchi bo’lgan har qanday kishiga ustoz-pir kerak. Yo’qsa uning yo’ldan adashishi hech gap emas. Bu haqda Husayn Voiz Koshifiy “Futuvvatnomai sultoniy” asaridan shunday yozadi: “.. .tariqat yo’lining qaroqchilari ko’pdir, ular nodon va kaltafahmlarni hiyla-nayrang donasi bilan makru firib domiga tushirish payidadirlar. Shuning uchun rahnamo bo’la oladigan, pirlik (shayxlik) shart-sharoiti va ruknlari (asoslari)ni yaxshi biladigan odamni pir, deb tanlash lozim”.

Shogird, ya’ni murid esa pirning har bir topshirig’ini, buyrug’ini, xohishini ixlos bilan so’zsiz ado etadigan bo’lmagunicha ko’zlagan maqsadiga yetolmaydi, deb hisoblangan. “Futuvvatnomai sultoniy” asarining “Muridning odobi va uning shartlari” nomli faslida bu xususida shunday deyilgan: “...muridning lug’aviy ma’nosi istovchi, xohlovchi demak tariqat tilida “murid” deb nafsining barcha

murod (istak) laridan qutulgan odamga aytadilar. Bunday odamning pirning xohishidan o’zga xohishi bo’lmaydi”

Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida keltirilgan quyidagi ruboiyni ushbu fikr-mulohazalarning she’riy xulosasi deb aytish mumkin:

Kimni bu yo’l qa’tig’a soldi taqdir,

Pir amrini qilmasa, keraktur tag’yir,

Onsiz qadam ursa, angla makru tazvir,

Mal’un desa behrakki, desalar be pir.

Ushbu hikoyatning mazmun-mohiyatiga e’tibor beradigan bo’lsak biror bir yo’lni tanlashdan oldin kishi o’ziga ma’naviy yetuk murshid (pir) tanlay bilishi ham uning yetukligini uning ma’naviyatini belgilovchi dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.

Kitob e’tiqodning inson, xalq uchun ahamiyatini bayon etish bilan boshlanadi. Shoirning talqinicha:

Aqida bilmas shaytona eldir.

Agar ming yil amal qilsa, elder.



Bu kabi ibratli nasihatlar kitobda anchagina, shuning uchun ham yosh zamondoshlarimizni pokiza xulqli qilib tarbiyalashda bu kitobning ahamiyati kata hisoblanadi va asosiy dasturilamal bo’lishi bilan alohida ajralib turadi.

XULOSA

Xullas, tinim bilmas vaqt aylanaverarkan, zamonlar ortda qolib, avlodlar orasidagi masofa tobora olislashgan sari yangi-yangi muammolar paydo bo’lib, xotira xiralashar ekan. El suygan farzandlarining nomlari atrofida doimo afsonayu rivoyatlar bo’lgan. Ularni kimdir havas bilan, kimdir hasad bilan yozib qoldirgan. Gap har bir dalilni isbotlab berishda ham emas. Eng muhimi, har bir insonning o’zidan qoldirgan yodgorligida.

Buyuk Firdavsiyning yozganlaridek:

Ikki narsa qolur shaksiz abadiy

Botirning shavkati dononing so’zi.

Asrlar o’tib ketsa hamki, o’z yurtida eslanish-e’zozlanish har qaysi rivoyatdan ham ortiq emasmi? Bundan ham jiddiyroq dalillarni qaysi rivoyatda topsa bo’ladi? 3-4 asrlardan keyin butun mamlakat milliy iftixori rutbasiga chiqa olish har kimga ham nasib bo’lavermaydi.1 Shoirning hamma asarlariga xos bo’lgan xususiyat bitta: unda ifodalangan g’oya insonni ezgulik, yaxshilik ruhida tarbiyalash, yaxshilikka muhabbat va yomonlikka nafrat, el haqini yeyishdan qo’rqish va beva-bechoralarga rahm-shavqat qilish, umuman, ezgulik- savob ish bilan shug’ullanishga qaratilgandir. Shu sababli ham uning asarlari o’z davridayoq maktablarda yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilgan darslik sifatida foydalanilgan. Hozirgi davrda ham uning asarlaridan komil insonni tarbiyalash maqsadida foydalanish faqat naf keltiradi. Yuqorida tahlilga tortilgan kichik hikoyatimizning ma’no, mazmun-mohiyati asar haqidagi tasavvur uyg’otish uchun ham uning badiyati va badiiyligini bizga chizib bera oladigan asar hisoblanadi. Uning mavzu ko’lami mazmun mundarijasining mukammalligi ham yana bir bor So’fi Olloyor buyukligining isbotidir.


Yüklə 49,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin