Mavzu: Soliqlarni to’lashdan bosh tortish va bo’yin tovlash Reja



Yüklə 41,64 Kb.
səhifə1/7
tarix28.03.2022
ölçüsü41,64 Kb.
#54307
  1   2   3   4   5   6   7
xufyona iqtisod


Mavzu: Soliqlarni to’lashdan bosh tortish va bo’yin tovlash

Reja:

1. Kirish.

2. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning mohiyati va

sabablari

3. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy turlari

4. Offshor zonalar va firmalar (kompaniyalar) - soliqlarni

to‘lashdan bo‘yin tovlash vositasi

5. O‘zbekistonda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga

qarshi chora-tadbirlar.

6. Xulosa.

7. Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH

Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalambor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi. 2005-yilning 28-yanvarida mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga atroflicha to‘xtalib, 2005-yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalarini belgilab berdilar.

Mamlakatimizda soliq siyosatini yanada takomillashtirish zarurligi ham muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tirof etildi. Mamlakatimiz rahbari o‘z ma’ruzalarida soliq to‘lovchilarga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.1 Bundan tashqari, mamlakat Prezidenti «... islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyot, soliq budjet siyosatini yanada erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish» asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.2 Shu boisdan ham ta’lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o‘rgatishda respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq sohasidagi islohotlarni talaba-o‘quvchilarga to‘laroq yetkazish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, oliy o‘quv yurtlari ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar tayyorlash, soliq sohasida amaliy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimida tatbiq etishni amalga oshirish hukumatimiz diqqat-e’tiborida bo‘lgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.


Yüklə 41,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin