2.1. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan
pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash
Respublikamizda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida»
ta’lim tizimi oldiga quyilgan vazifalarni bajarish yo’lida katta ishlar amalga
oshirilib, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter
tarmoqlari negizida ta’lim jarayoni axborot bilan ta’minlanishi kundan kunga
rivojlanib bormoqda.
Ta’lim
jarayoni axborotlashtirildi, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot
tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq qamrab olindi.
Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunakatsiya
tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez
yangilanib borishi, ta’lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda,
muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo’ymoqda.
Ta’limiy elektron vositalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Elektron nashr (EN)
– grafik, matnli, nutqli, musiqiy, video-foto- va
boshqa axborotlarning to’pamini tashkil etadi. Bir EN axborot (yoki
axborot-
ma’lumotnomalar) manbalari, axborotlarni yaratish va qayta ishlash qurollari,
boshqarish tuzulmalari ajratilishi mumkin. EN ixtiyoriy elektron tashuvchilarda
bajarilishi, shuningdek elektron kompyuter tarmog’ida nashr etilishi mumkin.
Bu holda
talimiy elektron nashr
(TEN) yoki
ta’limiy elektron vositalar
(TEV) bo’lib, bilimlarning mos ilmiy-amaliy sohasi bo’yicha tizimlashtirilgan,
o’quvchilar tomonidan shu sohasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy va faol
egallashni ta’minlaydigan
elektron nashrdan iborat bo’ladi.
TEN yuqori darajadagi bajarilishi va badiiy bezalishi, axborotning to’liqligi,
uslubiy qurollarning sifati, sifatli texnik bajarilishi, ko’rgazmaliligi, mantiqiyligi va
bayon qilish ketma-ketligi bilan ajralib turishi lozim.
TEN va TEV lar vizual va
audiaxborotlarni keskin sifatini oshiradi, u yoriqroq, rangli va dinamik bo’ladi.
Bunda multimedianing yangi texnologiyalarining imkoniyatlari katta o’rin
egallaydi. An’anaviy ko’rgazmalilik o’rganilayotgan ob’ektning aniqligini hisobga
ogan bo’lsa, kompyuter texnologiyasini foydalanish na faqat haqiqiy ob’ektlarning
dinamik imkoniyatlarini ifodalash, balkiilmiy qonuniyatlarning,
nazariyalarni,
tushunchalarni ifodalash imkoniyatlari mumkin bo’ladi.
TEV larning asosiy komponentlari bo’lishi mumkin bo’lgan ta’limga
mo’ljallangan kompyuter vositalarining asosiy ko’rinishlari:
umumiy mo’ljallangan
xizmat dasturiy vositalar; o’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va
malakalarini nazorat qilish va o’lchash uchun dasturiy vositalar; elektron
trenajerlar; matematik va imitatsion modellashtirish uchun dasturiy vositalar;
uzoqdan kiriladigan laboratoriya va virtual laboratoriyalarning dasturiy vositalari;
axborot-izlash ma’lumotnomalik tizimlar; avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari
(AO’T); elektron darsliklar (ED); ekspert o’qitish tizimlari (EO’T), intellektual
o’qitish tizimlari (IO’T); kasbiy faoliyatni avlmatlashtirish tizimlari
kabi bo’lishi
mumkin
.
Ushbu komponentalarni qisqacha bayoni bilan tanishib chiqamiz.
a) Umumiy mo’ljallangan xizmat dasturiy vositalar
ko’plab hi-soblashlarni
avtomatlashtirish uchun, o’quv
hujjatlarni tayyorlash, eksperimental tadqiqot
ma’lumotlarini qayta ishlash uchun qo’llaniladi. Ular laboratoriya, amaliy
mashg’ulotlarini o’tkazishda, mustaqil ishlarni tashkil etishda va loyiha ishlarini
amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.
b) O’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat
qilish va o’lchash uchun dasturiy vositalar
nisbatan yaratilishi oson bo’lganligidan
keng tarqalib ketgan. O’qituvchilar, xatto dasturlash tillari asoslarini bilmaydigan
kishilar ham u yoki bu o’quv mavzusida savollar va javoblarni kiritishi mumkin
bo’lgan qurollik tizim-qobiqlarning qator turlari mavjud. O’quvchining asosiy
vazifasi qator taqdim etilgan javoblarning birini (to’g’risini) tanlash talab etiladi.
Bunday dasturlar o’qituvchini individual nazorat vazifalarini berish,
ularni
tekshirish va baholash ishlaridan ozod etadi. Bu bilan o’qituvchida o’kuvchilarni
ko’p marotaba bilimlarini sinash, o’zini-o’zi sinash, o’quv materiallarini takrorlash,
mustahkamlash imkoniyatini beradi.
v) Elektron trenajyorlar
o’quvchilarning amaliy ko’nikma va malakalarini
ishlab chikish uchun foydalaniladi. Bunday vositalar murakkab sharoitlarda amallar
bajarish va hatto tasodifiy vaziyatlarda avariyaga qarshi harakatlarni ishlab
chiqishda foydalanish samaralidir. Bir qancha sabablarga ko’ra real qurilmalarni,
masalan, energiya ta’minotining o’chishi, katta hafli shuningdek, avariya
vaziyatlarini yaratish imkoniyati bo’lgan joylarda foydalanish maqsadga muvofiq
emas. Bundan tashqari trenajerlar masalalar echish ko’nikma va malakalarini ishlab
chiqaishda foydalaniladi.
Bunday hollarda, ular nazariyadan qisqacha ma’lumot
olishni, turli darajadagi mustaqillikni mashq qilishni, nazorat va o’zini-o’zi
nazoratini ta’minlaydi.
g) Matematik va imitatsion modellashtirish uchun dasturiy vositalar
eksperimental va nazariy tadqiqotlarning chegarasini kengaytirish, fizik
eksperimentni hisoblash eksperimenti bilan to’ldirish imkoniyatini beradi.