Respublikamizda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida»


Bir  hollatlarda tadqiqot ob’ektlari, boshqa holatlarda – o’lchash qurilmalari  modellashtiriladi



Yüklə 195,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix30.09.2023
ölçüsü195,08 Kb.
#150679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
3-mavzu. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash

 
Bir 
hollatlarda tadqiqot ob’ektlari, boshqa holatlarda – o’lchash qurilmalari 
modellashtiriladi.
 
Bunday vositalar qimmat baho laboratoriya jihozlarini xarid qilib 
olishning mablag’ini qisqartirishga imkoniyat beradi va o’quv laboratoriya 
xonalarida turli xavfsizlikni oz bo’lsada ta’minlaydi.
 
Modellashtiruvchi dasturiy vositalar qatoriga aniq bir sinf model-ob’ektlar 
bilan ishlash imkoniyatini ta’minlaydigan predmetga-mo’ljallangan dasturiy 
vositalarni kiritish mumkin. 
d)
 
Axborot-izlash ma’lumotnomalik tizimlar
 
o’qituvchi va o’quvchilarga 
turli-tuman axborotlarni kiritish, saqlash va uzatish uchun mo’ljallangan. Bunday 
tizimlar qatoriga materialni ierarxik tashkil etish va u yoki bu belgisiga ko’ra 
axborotni tezkor izlashni ta’minlaydigan turli gipermatnlik va gipermedia 
dasturlarini kiritish mumkin. Shuningdek, ma’lumotlar bazalari keng tarqalib ketdi. 
Ma’lumotlarni boshqarish tizimlari axborotni izlash va saralashni ta’minlaydi. 
Ma’lumotlar bazasi o’quv jarayonida o’quv materiallarining mazmunini taqdim 
etish va uni tahlil qilishda foydalanish mumkin. O’quv ma’lumotlar bazasi 
o’quvchilarga zarur axbortni izlash va uni tahlil etish bo’yicha mustaqil ishi uchun 
tavsiya etiladi. 


 e) Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari (AO’T)
odatda
 
o’quvchilarni 
nazariy materiallar bilan tanishtirish, mashq qilish va bilim darajasini nazorat 
qilishni ta’minlaydigan nisbatan kichik hajmdagi o’qitish dasturlaridan iborat.
 
j) Elektron darsliklar (ED)–
o’quv predmetini yoki uning katta qismini 
bevosita kompyuter yordamida mustaqil yoki o’qituvchi ishtirokida o’zlashtirish 
imkoniyatini ta’minlaydigan dastur – uslubiy majmuadir. 
Boshqacha aytganda

elektron darslik
– kompyuter texnologiyalariga 
asoslangan ta’lim uslublaridan foydalanishga mo’ljallangan o’qitish vositasi bo’lib, 
undan mustaqil ta’lim olishda (
bu muhim
) va o’quv materiallarini har tomonlama 
samarali o’zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o’quv 
materiallari o’quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, 
zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan 
o’rinli foydalaniladi. Elektron darslik tushuncha, ta’kid va misollarni tushunish va 
xotiraga olishni, talabaning miyasini ishlashini, eshitishini, emotsional xotirasini va 
xatto, kompyuterli tushuntirishdan foydalanishini ko’zda tutgan holda, maksimal 
osonlashtirilishi kerak. 
Elektron darslik:

chop etilgan materialdan farqli ravishda materialni takdim etish, induktiv 
yondashish, eshitish va emotsional xotirasiga ta’sir etib, o’rganilayotgan materialni 
tushunishni osonlashtiradi; 

talaba istagi bilan, uning tayyorgarlik darajasi, intellektual imkoniyati va 
qiliq(ambitsiya)lariga mos holda adaptatsiyalanish (moslanish)ga imkoniyat beradi; 

katta foydasiz hisoblar va almashinishlarni amalga oshirish, ko’p sondagi 
misol va masalalarni ko’rib chiqish imkoniyatini yaratadi;

o’z-o’zini tekshirishning keng imkoniyatini beradi; 

ishni chiroyli va tartibli tayyorlash va o’qituvchiga fayl yoki chop etilgan 
ko’rinishda topshirishga yordam beradi; 

ixtiyoriy marta tushuntirish va qaytish orqali chidam va toqatli 
«o’qituvchi» bo’ladi. 


Elektron darsliklar kompyuter texnologiyalari samaralaridan foydalanib eng 
muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish va yodda saqlashni maksimal 
darajada engillashtiradi. 
Elektron darslikni ishlab chiqishda uchta asosiy 

Yüklə 195,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin