Elektron darslikni ishlab chiqishning
asosiy bosqichlari
quyidagilardan
iborat:
ED ishlab chiqishning
birinchi bosqichida
manbaa sifatida standart
dasturga mos keladigan, gipermatnlar yaratish uchun qisqa va qulay bo’lgan, katta
sondagi misol va masalalarga ega, shuningdek, qulay format (yig’ilish ta’moyili)da
chop etilgan va elektron nashrlardan tanlangani maqsadga muvofiq.
Shartnoma tuzish
ikkinchi bosqichida
olingan manbaalar yig’indisidan
narxi va sifati maqbul munosabatda bo’lganlari tanlanadi.
Uchinchi bosqichda
mundarija ishlab chiqiladi, b.a., materialni minimal
hajmi bo’yicha, lekin mazmuni bo’yicha to’la bo’lgan bo’limlarga ajratiladi,
shuningdek, predmetni o’zlashtiri uchun zarur va etarli bo’lgan tushunchalar
ro’yhati tuziladi (ikki ëki uch darajali indeks).
To’rtinchi bosqichda
manbaalarning matnlari mundarija, indeks va
modullar tuzilishiga mos ravishda ishlab chiqiladi; ro’yhatga kirmagan matnlar olib
tashlanadi va manbaalarda yo’qlari ëziladi; matn ichidagi ma’lumotnomalar tizimi
(Help) ishlab chiqiladi; modullar va boshqa gipermatnlik aloqalar orasidagi
bog’liklar aniqlanadi. Shunday qilib, kompyuterga kiritiladigan gipermatnlar
loyihasi tayërlanadi.
Beshinchi bosqichda
gipermatn elektron shaklga o’tkaziladi. Natijada,
o’quv maqsadlarda foydalanish mumkin bo’lgan eng sodda elektron nashr yaratiladi.
Ko’pchilik, afsuski, ana shunday sodda elektron nashrni elektron darslik deb
atashadi. Bular amalda tijorat muvaffaqiyatiga hech qanday shansi yo’q, chunki
talabalar ularni sotib olmaydilar.
Dostları ilə paylaş: