Ko’rinib
turibdiki, elektron darsliklarning imkoniyatlari an’anaviy
darsliklarga nisbatan ancha keng.
Elektron darsliklar quyidagi
asosiy xossalari
bilan ajralib turadi:
ta’limni, o’quv mashg’ulotlarini yuqori sifatli
darajada olib borilishini
ta’minlashi;
mustaqil ta’lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash
imkoniyatining berilishi;
ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning hamohangligi;
axborot-ta’lim ashyolarini rivojlantirish xususiyatining hamohangligi;
matn va boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va
illyustratsiya (multimedia
vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) bilan
taqdim etishi.
Elektron darsliklarning quyidagi
ko’rinishlari
mavjud:
1.
Foydalanish maqsadlariga ko’ra:
jamoa bo’lib
va individual
foydalaniladigan elektron darsliklar.
Jamoa bo’lib foydalaniladigan elektron darsliklar
kompyuterning
katta
tizim ashyolarini
talab qilmaydigan bo’lishi kerak, chunki ular server kompyuterga
joylashtiriladi, ulardan kompyuter tarmoqlari (Internet yoki Intranet) orqali
foydalanish mumkin.
Individual foydalaniladigan elektron darsliklar
o’quv materiallarini
o’qituvchining ishtirokisiz o’rganishga mo’ljallangan.
Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg’ulotlarida ham
foydalanish mumkin.
2.
Dostları ilə paylaş: