Respublikamizda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida»


Elektron darslik o’quv-tarbiya jarayonini jadallashtirishning omillari



Yüklə 195,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix30.09.2023
ölçüsü195,08 Kb.
#150679
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
3-mavzu. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash

Elektron darslik o’quv-tarbiya jarayonini jadallashtirishning omillari 
qo’yidagilardir: 

bir maqsadga yo’naltirilganligini ko’tarish; 

o’quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish; 

o’quv mazmunini axborotli hajmini kengaytirish; 

o’quvchilarning o’quv-bilish harakatini faollashtirish; 

o’quvchilarning o’quv amaliy darajasini tezlashtirishlardan iborat. 
Shuni ta’kidlash kerakki, elektron darslik ishlab chiqish uchun etarlicha 
katta mablag’ ishlatiladi. Lekin sekin-asta uning narxi kamayib boradi. Masalan, 1 
soatli elektron kurs uchun mutaxassisning 50-500 soatgacha vaqti sarflanadi. 
Masalan, Dj.Moris 1984 yili 1 soatlik kursga 10.000 $ ishlatgan bo’lsa, A.Bork 1985 
yili 3-5 mln. dollar (6 semestrli oliy matematika kursi) 3-5 marta kam mablag’ 
sarflagan. 


Ayni paytda yangi axborot texnologiyalari sohasida gipermatn tizimlarini 
qo’llash keng quloch yoymoqda. Bunday texnologiyalar asosida an’anaviy o’quv 
matnini yanada takomillashtirilgan o’quv materiali asosida kengaytirish va 
chuqurlashtirish, hamda kurslar va animatsion lavhalardan foydalanish yo’li bilan 
almashtirish g’oyasi yotadi. Bunda u yoki bu holda ajratib berilgan matn lavhalari 
orasida o’zaro bog’lanish tugunlari barpo etiladi. 
Mutaxassislarning ta’rifiga ko’ra, gipermatn inson intellektining katta 
hajmdagi axborotni esda saqlash qobiliyatini va mazkur axborotlar ichidan 
kommunikatsiya (muloqot) va tafakkur jarayonlarini assotsiatsiyalash yo’li bilan 
qidiruv ishlarini olib borishni imitatsiya (o’zida aks) qiladi. Boshqacha aytganda
gipermatn murakkab darajada tashkil etilgan o’quv materiallari tizimi bÿlib, ko’plab 
statistik va dinamik axborotlarni o’zida mujassamlashtiradi hamda umumlashgan 
tarmoq strukturasiga ega bo’ladi. Bunda axborot lavhalari rolini matn, grafik, 
chizma, videolavha, ijrochi dastur va animatsiya (xarakatli jarayon)lar o’ynaydi. 
Matnlar esa o’z navbatida yanada kichik matnlardan tashkil topib, ular 
«matryoshka» («qo’g’irchoq ichida qo’g’irchoq») qo’g’irchog’i kabi ko’p marta 
ichma-ich joylashishlari mumkin. Bir matndan ikkinchisiga o’tish (chiqarish), R 
ning tarkibiga kiruvchi ma’lum munosabat orqali amalga oshiriladi. Matnlar 
orasidagi o’zaro bog’lanishlardan tashqari matn va videolavhalar, matn va ijrochi 
dastur hamda matn va animatsion samaralar orasida ham bog’lanishlar mavjud 
bo’lishi shart hisoblanadi. 
Bu bog’lanishlar ham R nisbatlar to’plamida keltirilgan nisbatlar 
ko’rinishida berilgan bo’ladi. Biz gipermatnlarni graflar-daraxti ko’rinishida 
tasvirlashimiz mumkin, bunda matnlarning lavhalari, grafik tasvirlar, videolavhalar, 
ijrochi dasturlar va animatsiyalar doirachalar (grafa tugunlari) ko’rinishida, ular 
asosidagi munosabatlar esa mos doirachalarni tutashtiruvchi yoylar shaklida 
ifodalanadi. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, gipermatnlardan foydalanishning 
samaradorligi ko’p jihatdan bog’lanishi mumkin bo’lgan axborotlarning metodik 
nuqtai nazardan maqsadga muvofiqligiga bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganda, R 


nisbatlar to’plami har bir elementga xos bÿlgan aniq vazifalarning 
muayyanlashtirilishi, ularning optimallik darajalari bilan xarakterlanadi. 
Matnlar lavhalarida izoh talab etuvchi so’zlar («kalit» so’zlar), tushunchalar, 
matnning boshqa parchalar, jumladan videolavhalar bilan bog’langanligini 
ko’rsatish maqsadida, alohida rang bilan ajratilgan (yoxud, tagiga chizilgan) holda 
berilishi mumkin. 
Matnlardan foydalanuvchi tomonidan u yoki bu bog’lanishning tanlanishi, 
uni «kalit» so’zlarga bog’langan axborot lavhaiga chiqishi uchun imkon beradi. 
Shunday qilib, gipermatn tizimidan foydalanuvchilar grafa tugunlari bo’ylab 
«sayohat»ga chiqib, uning uchlaridan mos axborot bo’lagini, yoylaridan esa 
foydalanish tartibini aniqlashlari mumkin. Foydalanuvchining axborot lavhalari 
bo’ylab bunday «sayohati» navigatsiya deyiladi. Gipermatn tizimi, kitobni 
varaqlagan kabi yoxud, kitobning mundarijasi bo’yicha (boblar, paragraflar va 
betlarni) ierarxik kuzatish kabi, matnlarni ketma-ket qarab chiqish, shuningdek, 
oldindan ma’lum bog’lanish «yo’llari» bo’yicha ixtiyoriy yo’nalishda navigatsiya 
qilish imkonlarini beradi. 
Xulosa qilib aytganda, navigatsiya, ma’lumotlar bazasi mazmunini tadqiq 
qilish yoki zaruriy axborotni qidirish maqsadida foydalanuvchining, oldindan 
berilgan munosabatlar to’plami – R bilan aniqlangan tugunlarning biridan 
ikkinchisiga o’tish harakati jarayonini xarakterlaydi. 
Bunday murakkab shaxobchali tuzilma, navigatsiya bilan bog’liq ayrim 
muammolarni vujudga keltirishi tabiiy: Xususan gipermatnli hujjatni o’qish uchun 
har bir tugundagi matn yoxud boshqa axborot lavhalarining mazmunini bilishning 
o’zi etarli bo’lmay, yo’ldan adashmagan va chalkashmagan holda, mazkur hujjat 
bo’ylab to’g’ri navigatsiya qilish lozim bo’ladi. 
O’quv qo’llanma yoki darslik uchun mo’ljallangan elektron kitoblarni 
yaratish uchun gipermatn tizimlarini qo’llashning alohida xususiyatlari mavjud. 
Bular ichida eng muhimi foydalanuvchi (elektron kitob o’quvchisi) elektron 
qo’llanmada keltirilgan asosiy o’quv materialning mazmunidan uzoqlashmasligi 
lozim, ya’ni, u faqat gipermatn tizimi bo’ylab navigatsiya qilmog’i kerak. Bu esa 


o’z navbatida, navigatsiya jarayonida matnning asosiy lavhai uchun bog’lanishlar 
sonini, ma’lum darajada chegaralashni taqozo qiladi. 
Uslubiy adabiyotlarda keltirilgan tavsiyalar, o’qish uchun mo’ljallangan 
elektron kitoblarni (EKUN – Elektronnie knigi uchebnogo naznacheniya) 
quyidagicha tashkil etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Buning uchun, 
dastlab EKUNning 

Yüklə 195,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin