Respublikamizda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida»



Yüklə 195,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix30.09.2023
ölçüsü195,08 Kb.
#150679
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
3-mavzu. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash

O’n birinchi bosqichda 
matnlarni ko’rinishli qilinadi, b.a. ishlab chiqilgan 
stsenariylarni rasmlar, grafiklar va animatsiyalar (shuni ta’kidlash kerakki, 
animatsiya juda qimmatga tushadi) kompyuterga joylashtiriladi.

Shu bilan ED ishlab chiqish tugaydi va uni foydalanishga tayërgarlik 
boshlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ED foydalanishga tayërgarlik uni mazmunli 
va multimedia komponentalarini korrektsiya qilishni taqoza qiladi.
Elektron darslikning an’anaviy darslikdan asosiy farqi quyidagi rasmda 
keltirilgan: 


Elektron darsliklarning imkoniyatlari: 
a) 
Axborot-bilim imkoniyati. 
O’quv materiallarini ilmiy va ko’rgazmali 
qilib tasvirlash; tahliliy-sintetikligi; axborotni to’la, tizimli va mantiqiy ketma-
ketlikda tasvirlash, o’quv materialini bir tizimda berish va faollashtirishdan iborat. 
 
b) 
Psixologo-pedagogik imkoniyati.
Muammoli; o’quv materialini
o’zlashtirilishining mustahkamligigi; ta’limni tabaqalashgan va individualliligi; 
moslanuvchanligi va emotsional ta’sirchanligi.
v) 
Boshqarish imkoniyati. 
To’la didaktik ta’lim davriyliligi, ta’limni 
interfaolligi, teskari aloqa, o’z-o’zini boshqarish vazifalarini amalga oshirish. 
g) 
Tashkiliy-texnologik imkoniyatlari. 
Sinf va sinfdan tashqarida mustaqil 
ishlash jarayonida darslik bilan ishlash mumkinligi; ishlashda qulaylik; katta 
hajmdagi axborotni saqlashning osonligi va kitob bilan ishlash uchun zarur maxsus 
texnik jihozlarni (masalan, kompyuterlarni) mavjudligi.
 
Elektron darsliklarning asosiy xususiyatlari: 

predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzilishga ega bo’lishi; 

o’quv predmetning tuzilishidagi elementlariga gipermatnli, namoyishli
audio va videoizohlarga asosiy mavzularni mos kelishi; 



matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikni asosiy bo’limlari 
bo’yicha o’qituvchilarning o’quv materialini video yoki audioyozuvli bayonlarini 
bo’lishi; 

rasm, model va chizmalarni tezlikda tushuntirish tizimiga ega bo’lishi va 
bunda gipergrafikadan foydalanilganligi; 

ko’p oynalik interfeysni qo’llanilishi; 

matn qismlarida zarur manbalarga murojaat etishga mo’ljallangan
gipermatn tizimini mavjudligi; 

matn bilan tushuntirish qiyin bo’lgan predmetning boblari qo’shimcha 
videoaxborot va animatsiyalik kliplar bilan ta’minlanishi; 

audioaxborotlar musiqa bilan olib borilishi

o’quvchilar sinf va sinfdan tashqarida bajarishi kerak bo’lgan masala va 
mashqlar hamda ularning javoblarini berilishi; 

asosiy tushuncha va modullarning izohli lug’atini mavjudligi va har bir 
bo’limdan so’ng o’quv materialini mustahkamlash uchun savollar berilishi bilan 
an’anaviy darsliklardan farq qilishi kerak.

Yüklə 195,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin