Gipermatn hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu
instrumental vositalardan
foydalaniladi
Microsoft Front-Page (HTML-Hyper Text Markup Language),
Alliare Home Site (HTML), Microsoft Power Point, Microsoft Word va boshqalar.
Strategik illyustratsion o’quv materiallarini (turli manzaralar) yaratishda,
rastorli yoki vektorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi.
Ularga Corel Draw, Corel Xara,
Corel Photo Paint, Adobe Photo Shop, Adobe
Illustrator va boshqalar kiradi.
Dinamik illyustratsion o’quv materiallari roliklarini yaratishda esa,
ularni
tuzish uchun maxsus muharrirlar va quyidagi Web-animatsiyalardan foydalaniladi
Disreet 3D Studio MAX, Alais Wave Front, Maya, Light Wave, SoftImage 3d,
Adobe Image Ready, Gif Animator, Macromedia Flash, Adobe Premier va boshqalar
[29].
Tovush bilan kechadigan yozuvlar va tovushni
tahrir qilish SonicFoundry
SoundForge, Wave Lab, Sound Recorder va boshqa dasturlar yordamida amalga
oshiriladi.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanish zarurati tug’ilganda, Microsoft Excel
kabi ma’lumotlar bazasi yordamga chaqiriladi. Elektron darslik yoxud o’quv
qo’llanma uchun illyustrativ
materiallarni yaratishda, shuningdek, skanerlar,
videozaxvat (biror bir animatsion jarayondan zaruriy lavhani ushlash) va montaj
platalari, tovush platalari kabi apparatli vositalardan foydalaniladi.
Matnli protsessorlar va maxsus dasturlar yordamida
elektron darsliklarni
yaratishda, o’quvchida undan qisman foydalana olmaslik bilan bog’liq muammolar
tug’ilishi ham tabiiy. Gap shundaki, foydalanuvchi darslikni yaratish dasturiga ega
bo’lishi zarur bo’ladi. Shuningdek, darslikni dunyo Internet tarmog’iga joylashtirish
bilan bog’liq muammo ham tug’iladi.
HTML gipermatn hujjatlaridan foydalanishda bunday muammolar
tug’ilmaydi, chunki HTML-Internet tizimining gipermatnli tili hisoblanadi va
HTML hujjatlarini o’qish dasturi Microsoft Windows ning operatsiya tizimi
tarkibiga kiradi. Shuni ta’kidlash joizki, bunda elektron darslikning imkoniyatlari va
mukammalligi faqat dasturchining qobiliyat darajasi bilan chegaralanadi.