3. Offshor zonalar va firmalar (kompaniyalar) - soliqlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlash vositasi
Offshor bu qulay soliq sharoitiga ega davlatda xorijiy fuqaro tomonidan qayddan o‘tgan, ushbu mamlakatda faol ish yuritmaydigan firmadir. Huquqiy nuqtai nazardan bu holatda qonunga qarshi hech narsa yo‘q, shu tufayli dunyoda offshor zonalar keng yo‘lga qo‘yilgan, taxminiy hisoblarga ko‘ra, yer yuzidagi barcha mablag‘ning o‘n foizga yaqini ofshorda jamlangan.
Yigirmanchi asrning o‘rtalarida uddaburon firmalardan biri Amerika soliq inspeksiyasiga chap berib, solig‘i kamroq boshqa mamlakatda qayddan o‘tganida “offshor” so‘zi birinchi bo‘lib dunyo og‘ziga tushdi. Biroq tarixni ko‘zdan kechirsak, barcha yangilik unutilgan eskilik ekanini ko‘ramiz. Pishiq-puxta yunonlar offshor nimaligini azaldan yaxshi bilishgan, soliqdan qochib qadimgi Afinani aylanib o‘tishgan, tovarlarini uzoqroqdagi boj to‘lanmaydigan ko‘psonli orollarga olib borishgan. “Offshor”ning so‘zma-so‘z tarjimasi “qirg‘oq narisida” ma’nosini anglatib, faoliyatni mohiyatan to‘g‘ri aks ettiradi: offshor mintaqalar, asosan, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun tabiiy boyliklari yo‘q, kichik, iliq mamlakatlarda joylashadi. Bunga Qibris, Kayman orollari, Bermud misol bo‘ladi. Xorij kapitalini jalb etishning birdan-bir yo‘li ular uchun offshor biznesidir. Ba’zi mamlakatlarda xorijliklar ta’sis etgan firmalar atayin soliqqa tutilmaydi. Bu esa mamlakatga pul oqib kelishi va mahalliy aholini ish bilan ta’minlash imkonini yaratadi. Biznes egalari firmalarini shunday mamlakatlarda qayddan o‘tkazishadi va budjetga tushuvchi belgilangan kichik to‘lovlarni to‘lab turishadi. Asosiy faoliyatni o‘zining mamlakatida yuritadi. Xalqaro huquqqa binoan kompaniya mustaqil sub’ekt hisoblanib, o‘zi qayddan o‘tgan davlatdagina soliqqa tutilishi mumkinligi uchun bu hol ro‘y beradi.
Soliqlar yo‘qligidan tashqari offshorning bir qator foydali taraflari ham mavjuddir: ko‘plab mamlakatlarda buxgalterlik hisobi yuritish talabi kamaytirilgan yoki umuman yuritilmaydi. Qonunlarda maxfiylik ko‘zda tutiladi: yollangan direktorlar va boshqaruvchilar ortida turgan asl sohib kimligini bilishning iloji yo‘q. Offshor o‘z sarvatini ko‘z-ko‘zlashni istamaganlar uchundir. Shunday qilib bu jarayon ishtirokchilarining barchasi mamnundir: biznes egasi soliqdan tejaydi, offshor zona yillik mukofot puli oladi. Ayrim mamlakatlarda bu to‘lov budjetga yaxshigina kirim bo‘lgani uchun u yerda pul evaziga xorijiy kompaniyalarni qayddan o‘tkazish faqat ma’qullanadi: firma ochishingiz yoki xarid qilishingiz uchun infrastruktura va huquqshunoslarning barchasi xizmatingizga tayyor. Shu boisdan ham boshqa ko‘plab mamlakatlardan ko‘ra offshor zonada tez va osongina firma ochish mumkin. Bundan tashqari offshorlar xalqaro sarmoya bozoriga chiqishni, kreditlar rasmiylashtirishni osonlashtiradi, xalqaro bitimlar tuzishni arzonlashtiradi.
Offshor kompaniyasi bu – korxonalarning alohida tashkiliy yuridik shaxs maqomini tavsiflovchi termindir. Bu maqom unga soliq to‘lovlarni maksimal darajada tushurishni ta’minlaydi (ko‘p hollarda nolgacha). Bunday maqom odatda biznes operatsiyalarini ushbu korxona rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan yerdagi yurisdiksiyadan tashqarida o‘tkazish talabi bilan bog‘liqdir. Faqat shunday holda offshor kompaniyasi o‘z yurisdiksiyasidagi soliqlarning barchasidan yoki ko‘p qismidan ozod bo‘ladi. Qonunchilik offshor kompaniya boshkaruvi va amaldagi ofisni qayd etilgan hududdan tashqarida bo‘lishini taqazo etadi. Boshqacha aytganda, offshor kompaniyasi ko‘p hollarda o‘z rasmiy yuridiksiyasi rezidenti bo‘lishi mumkin emas.
“Offsher” termini birinchi bor Buyuk Britaniyada qo‘llanilgan bo‘lib, u “qirg‘oq ortida” degan ma’noni bildiradi va bir vaqtning o‘zida “chet elda” degan ma’noni ham anglatadi. Yuridik nuqtai nazaridan offshor kompaniyasi boshqa kompaniya va korxonalardan farq qilmaydi. Ya’ni u xo‘jalik huquqiy munosabatlarning teng huquqli sub’ekti hisoblanadi va boshqa yuridik shaxslar bilan teng hamkorlik qila oladi. Offshor kompaniyasining bosh afzalliklari uning rezident bo‘lmagan maqomi bilan bog‘liqdir. Bu degani offshor firmaning boshqaruv va nazorat markazi chet elda joylashgan bo‘ladi. Offshor kompaniyasi faoliyat boshlashi uchun kompaniyaning formal atributlari yaxlitligi yetarlidir, ya’ni kompaniya egalari, direktorlar (odatda ular ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak), nizom, bankdagi hisob raqami va qayd etish hujjatlari komplekti mavjud bo‘ladi. Offshor zona qonunchiligi odatda uning hududida kompaniyaning kayd etilgan ofisi va kotibi (yoki agenti) joylashgan bo‘lishini taqazo etadi. Chunki bu hokimiyatning ushbu offshor kompaniyasi vakili (agenti) bilan bog‘laydigan alohida manzili bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda u biznes boshqarish uchun ishlatilmaydi. Hatto offshor yurisdiksiyasi hududidagi shartnomalarni imzolash kabi fakt ham kompaniyani offshor maqomidan ayirishi mumkin. Offshor kompaniyasi xorijda o‘zining rezident vakolatxonalari va firmalariga ega bo‘lishi mumkin. Kompaniyaning amaldagi ofisi ham chet elda bo‘lishi mumkin. Biroq ko‘p hollarda kompaniya bunday ofissiz ish faoliyatini olib boradi. Offshor firmaga egalik qilish maxfiyligi nominal egalar va nominal direktorlar instituti tomonidan ta’minlanadi. Qayd etish hujjatlarida real bo‘lmagan egalar nomlari emas, balki nominal shaxslar familiyalari ko‘rsatiladi. Nominal egalar xizmatlari, offshor kompaniyalari qayd etilishi kabi kompleks xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi kotiblik kompaniyalari bilan ta’minlanadi. Ko‘p hollarda offshor firma direktori uning egasi bo‘ladi. Biroq tez-tez shunday hollar bo‘ladiki, offshor kompaniya direktori nominal shaxs bo‘ladi. Bundan nominal direktor faqat rasman bu amalda faoliyat ko‘rsatishi kelib chiqadi. Anikroq aytganda, u o‘ziga shartnomada ko‘zda tutilmagan ishlarni olib bormaslik majburiyatini oladi. Bunday holda kompaniya boshqaruvini, kompaniya nomidan yuridik amallar yuritish huquqi hakida ishonchnoma olgan kompaniya egalari yoki vakili amalga oshiradi. Offshor kompaniyasi qayd etilishi, offshor firmalar maqomini aniqlovchi qonunchilik bazasiga ega bo‘lgan yurisdiksiyasida bo‘lishi mumkin. Qoida bo‘yicha bu kichik mamlakatlar, kollonial hududlar va boshqa huquqiy tuzilishi o‘zgacha, bo‘lgan davlatlar kiradi. Biroq offshor turiga kiruvchi firmalar qayd etilishi faqatgina Gibraltar va MEN oroli kabi odatiy kichik orollarda emas, balki obro‘liroq mamlakatlarda ham bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina Yevropa mamlakatlari qonunchiligi offshor turidagi biznes operatsiyalarini olib borishiga yul qo‘yuvchi normalardan iborat. Xatto ayrimlari “klassik” offshor prinsiplaridan cheklanishlarga yo‘l qo‘yadilar. Xususan ayrim yurisdiksiyalar qatorida soliqlardan ozod etilgan kompaniyalarga haqiqiy faoliyat olib boruvchi ofisga ega bo‘lishiga ruxsat etiladi. Masalan, obro‘li bo‘lgan Shveysariya kabi mamlakatda ham aniq bir firmalarga, ular bu yerda ofis va personalga ega bo‘lsalar ham, ayrim turdagi offshor operatsiyalari olib borish ruxsat etiladi (soliq yo‘kotishlari bunda to‘liq yo‘q qilinadi yoki ko‘p marotaba tushiriladi).
Offshor biznesi metodlari va texnalogiyalari turli-tuman bo‘lib boryapti. Hozirgi paytda offshor tuzilmalarida faqatgina korparativ turdagi korxonalar emas, balki biznesning boshqa tashkiliy huquqiy ko‘rinishlari ham amaliyotda olib bormoqda. Shunday qilib offshor turiga kiruvchi firmalarga tadbirkorlik hamkorligi shakli moslashtirildi. Offshor biznesida ma’suliyati cheklangan kompaniyalar tez-tez uchrab turadi. Kafolati bo‘yicha cheklangan hamda ayrim kombinatsiyalashtirilgan shakllari cheklangan kompaniyalar shulardir. Ixtisoslashgan offshor teritoriyalari – “soliq gavanlari” offshor investorlariga yangi imkoniyatlar va imtiyozlar yaratib borishga intiladilar. Bu sohada kapitallarni jalb etishda yetarlicha o‘tkir raqobat seziladi. Mamlakatlar qatorida “antioffshor” qonuniyati ham mavjuddir. Ammo ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon xalqaro biznesning murakkab tizimida offshor firmalari uchun yirik faoliyat maydoni qolyapti. Offshor biznesi to‘lik dinamik holatda rivojlanayapti. Unda har doim yangi ish imkoniyatlari va kapitaldan foydalanish sohalari paydo bo‘lmoqda. Yevropa Ittifoqi davlatlari vazirlari «soliq gavanlari» ro‘yxatiga 10 yurisdiksiyani qo‘shdi, deyiladi Yevrokomissiya xabarida. Bugungi kunga qadar ofshorlar qora ro‘yxatiga Amerika Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago, Amerika Virgin orollari kirardi. Endilikda bu ro‘yxatga Aruba, Barbados, Beliz, Bermud orollari, Vanuatu, Dominikan Respublikasi, Marshall orollari, BAA, Ummon va Fiji ham kiritildi. Yevrokomissiya 2018 yilda 92 davlatdagi soliq shaffofligini baholadi. Bu davlatlarning aksariyati qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritgan. Endilikda ularning soliq tizimlari xalqaro standartlarga javob beradi, deyiladi xabarda. Amerika Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago hamda Virgin orollari 2017 yilda ro‘yxat tuzilganidan buyon soliq tizimiga hech qanday o‘zgartirish kiritmagan. Ro‘yxatga kiritilgan qolgan davlatlar esa soliq sohasida o‘zgarishlar qilish majburiyatini olgan, ammo majburiyatlarini bajarishmagan. YeI qonunchiligi soliq to‘lashdan qochish imkonini beradigan mamlakatlar va hududlarni ofshorlar ro‘yxatiga kiritadi. Ofshor hududlar rezidentlari Yevropa regulyatorlari tomonidan kuchaytirilgan moliyaviy tekshiruvdan o‘tadi.
Korrupsiya bilan kurashga yo‘naltirilgan tergovlarga ixtisoslashgan Global Witness nodavlat tashkilotining xabar berishicha, rossiyalik tadbirkorlarning Britaniya ofshorlaridagi hisoblarida Buyuk Britaniyaning o‘ziga qaraganda yetti barobar ko‘p mablag‘lar saqlanadi. The Sunday Times’ning ta’kidlashicha, Britaniya tarkibiga kiruvchi hududlardagi hisoblarda rossiyalik tadbirkorlar 34 mlrd funt sterlingdan ortiq mablag‘ni saqlaydi, ulardan 30 mlrd funtdan ko‘prog‘i Britaniya Virgin orollarida joylashtirilgan. Britaniya tarkibiga kiruvchi hududlar rossiyaliklar orasida mablag‘larni saqlash ommaviyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Britaniya parlamenti Britaniya Virgin va Kayman orollaridagi ofshorlar benefitsiarlarini ochiqlashga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil 23 mayda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ofshor yurisdiksiyalarning ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvi qarori bilan ofshor yurisdiksiyalarning ro‘yxati tasdiqlandi. Bu ro‘yxatga 68 ta offshor zonalar kiritilgan.
Soliqlardan qochish. Offshor zonada soliqlardan qochishning sxemalari oddiy, ammo ulardan foydalanish uchun yaxshi shart-sharoit yaratish kerak xolos. Masalan, offshor kompaniya xodimlari maoshidan daromad solig‘i to‘lamaslik uchun ularni katta mablag‘ga sug‘urtalanadi va ish haqi sug‘urta holatlari yo‘qligiga mukofot puli tariqasida to‘lanadi. Bu ham mablag‘ni iqtisod qilishning o‘ziga xos yo‘lidir. Eng yaxshisi offshor kompaniyalar zanjirini tizishdir, negaki, bittasi biznesning o‘sayotgan talabiga bas kelolmaydi. Hozirgi paytda 70 foizdan ortiq korxonalar va mulkdorlar offshor biznesiga ega, ularning soni tobora o‘smoqda. Offshor sxemalar prinsiplari. Rossiyaning offshor xizmatlari spektrining kengayishi to‘liq ravishda jahonning bu sektorini rivojlantirish tendensiyalariga mos keladi. Hozirgi paytda offshor biznesi faol ravishda investitsion va emission xarakterli operatsiyalarini o‘zlashtirmokda. Offshor moliyaviy markazlarida chiqarilgan aksiya va obligatsiyalar yanada kengroq ravishda dunyoning turli moliyaviy bozorlariga kiritilyapti. Offshor zonalarida kapital bozori va moliya bozori sub’ektlarining barcha ko‘rinishlari mavjuddir. Biroq avvalo ba’zi offshor firmalarning boshlang‘ich imkoniyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Offshor operatsiyalarining oddiy sxemasi soliq qonunchiligining unversal prinsiplariga asoslanadi. Bunda majburiy soliqlarga ushbu mamlakat hududida joylash daromad manbalari kiradi. Agar daromad manbasi chet elda bo‘lsa yoki yetarlicha aniq lokallashtirilgan bo‘lgan hollarda, u ushbu yurisdiksiyadagi soliq ma’suliyati muhitidan chiqarib tashlanishi mumkin. Masalan, bunday vaziyat dallollik (broker, makler, diller) xizmatlarida, tashqi savdo xizmatlarida, konsultatsiyalar biznesi va shu sektorning boshqa tarmoqlarida yuzaga keladi. Bunday yo‘llar bilan olingan daromadlar offshor firmalar hisob raqamlariga kelib tushishi mumkin. Offshor biznesining ma’nosi shundaki, chet elda xo‘jalik operatsiyalarining yangi “erkin” sub’ekti paydo bo‘ladi va u to‘liq offshor zona joylashgan mamlakat tadbirkorining nazorati ostida bo‘ladi. Offshor kompaniyasi tashqaridan qaraganda offshor zona joylashgan mamlakat firmasining mustakil xorijiy hamkori bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Bunda offshor firmalar ishlatilishi bilan soliq rejalashtirishning keng tarqalgan usullarga asoslangan. O‘zining oddiy to‘yinishiga qaramay, bu kabi sxemalarning barcha detallari yaxshilab qayta ishlashni talab etadi. Chunki soliq va valyuta nazorati qonunlari doimo o‘zgarib turadi. Offshor firmasi boshqaruvchisi nomidan shartnomalar tuzish, mulk va bankdagi hisobdan foydalanish, soliqlarni rejalashtirishning eguluvchan mexanizimini yaratadi va boshqa ishbilarmonlar maqsadlariga erishishi ta’minlanadi. Offshor firmasiga egalik qilish xalqaro huquq normalari va ushbu offshor firma qayd etilgan yurisdiksiya qonuniyati bilan kafolatlangan maxfiy xarakterga ega.
Offshor firmasini ishlatishning keng tarqalgan usuli bu – uning vakolatxonalarini hamda kichik kompaniyalarini offshor zona joylashgan mamlakatlarda yaratishdir. Oqibatda offshor zona joylashgan mamlakatda doimiy ofisga ega kompaniya boshqa chet el banklaridagi hisoblaridan foydalanish, turli xil xalqaro savdo operatsiyalarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda offshor kompaniyaning biznesi uning vakolatxonasi orqali olib boriladi, hisob – kitoblar esa uning chet el banklardagi hisob raqamlari orqali olib boriladi. “DC Ekspres” kompaniyasi an’anaviy ravishda chet el kompaniyalari vakolatxonalarini yaratishga (faqat Rossiyada emas, balki boshqa davlatlarda ham) juda katta ahamiyat bermoqda. Ko‘p hollarda bu kabi yondashuv offshor firmaga taa’luqli sxemalar doirasida, rezident (ya’ni mamlakat “ichkarisida” olib boriladigan) operatsiyalar yuritishga yo‘l qo‘yadi. Natijada offshor loyihasining ishbilarmon imkoniyatlari sezilarli ravishda kengayadi. Offshor kompaniyasiga egalik qilish ko‘prok “lokal” hamda shunday zarur ustunliklarni ta’minlaydi. Turli xil ishbilarmon hamda hayotiy vaziyatlarda xorijdagi shaxsiy kompaniya nomidan imzo chekish huquqi va chet el bankidagi hisob raqamini operativ boshqarish imkoniyati zarurdir. Ko‘plab munosabatlarda offshor firmasi bu – “doimo siz bilan birga bo‘lgan kompaniyadir”. Bunda unga buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarga xarajat qilish kerak emas. Hattoki, offshor firmasidan operatsiyalar hajmi yetarlicha katta bo‘lsa ham, murakkab bo‘lmagan kompyuter dasturi bilan shuni hal qilsa bo‘ladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning turli tuman talablariga xizmat qiluvchi, offshor operatsiyalarining keng turi mavjud. Bular qatoriga offshor zona joylashgan mamlakat va xorijdagi hisob kitoblarda qo‘llaniladigan offshor kompaniya nomiga ochilgan korporativ debet va kredit kartochkalar kiradi.
Offshor firmalar orqali xorijiy banklarning kredit resurslariga, xalqaro depozitlar bozori hamda kapital va investitsiyalarni boshqaruvi xizmatlariga yo‘l ochiladi. Offshor firmasi egasida moliyaviy vositachilar (o‘rtakash, dallol) va ish faoliyati tuzilmasi hakida keng tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Offshor firmasi – bundan bir vaqtning o‘zida riskni boshqarish vositasidir. Offshor firma orqali mablag‘larni xorijdagi birinchi darajali banklarga joylashtiriladi. Bu firma o‘zini siyosiy va iqtisodiy silkinishlardan va boshqa risklardan ham xavfsizlantirishi mumkin. Moliyaviy servis, sarmoyalar, valyutali diling, xalqaro soliq kelishuvlari tarmog‘ining o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda daromadlarning qulay yo‘nalishini topish xorijiy mulkka egalik qilish va foydalanish, transfert operatsiyalari va aktivlarning firmaning ichki qayta taqsimotini amalga oshirish, xolding turidagi tashkiliy huquqiy kompaniyani yaratish kabi ko‘pgina operatsiyalar ro‘yxati, offshor va boshqa “imtiyozli” xorijiy kompaniyalarni ishlatishni (foydalanish) talab qilmoqda. Mahalliy biznesda offshor kompaniyalardan xalqaro sarmoyalar uchun foydalanishda ma’lum bir ijobiy tajribalar yig‘iladi. O‘zining mahalliy yirik moliyaviy sanoat guruhlari va korporatsiyalari tarkibida jahon darajasidagi firmalar va qizlik ho‘‘ba korxonalar yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |