Mavzu: Soliqlarni to’lashdan bosh tortish va bo’yin tovlash Reja


O‘zbekistonda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi chora-



Yüklə 41,64 Kb.
səhifə5/7
tarix28.03.2022
ölçüsü41,64 Kb.
#54307
1   2   3   4   5   6   7
xufyona iqtisod

4. O‘zbekistonda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi chora-

tadbirlar

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashlari natijasida soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanlik darajasi yaxshi emas. U taraqqiy etgan mamlakatlardagi darajadan ancha past. Aslida, hisoblangan soliq summalari o‘z vaqtida budjetga to‘liq o‘tkazilishi kerak. Ammo amaliyotda bu vazifani to‘liq uddalashning iloji bo‘lmayapti. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlariga nisbatan moliyaviy jazo qo‘llaniladi. Moliyaviy jazo qo‘llanilmasa, o‘rnatilgan tartib-qoida buzilaveradi, unga qat’iy va to‘liq rioya qilmaslik davom etaveradi, natijada majburiyat va soliq to‘lash burchi bajarilavermaydi. Soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanlik darajasi nisbatan past bo‘lsa, moliyaviy jazoning darajasi, aksincha nisbatan yuqori bo‘lishi kerak. Uning ana shunday darajasi soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanlik darajasining ko‘zlangan darajasiga yetgunga qadar saqlanib turmog‘i lozim. Unga erishilganidan keyin moliyaviy jazoning darajasi, ma’lum bir muddatda saqlanib turilganidan so‘ng, pasaytirilishi mumkin.

Davlat soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan haddan tashqari qattiq moliyaviy jazolarni qo‘llashdan manfaatdor emas. Davlat soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan ta’sirchan moliyaviy jazolar tizimini qonuniy tarzda joriy etishi lozim bo‘ladi. Ashaddiy bo‘lmagan soliqlarni o‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan sharoitga va ularning moliyaviy holatlaridan kelib chiqib, moliyaviy jazo summalarining undirilish muddatlarini ta’sirchan tarzda ortga surish, moliyaviy ahvolini yaxshilab olishga imkon berish, bir-ikki marta “kechirish”, shu bilan birga ashaddiy soliq to‘lashdan bo‘yin tovlovchini aniqlab, unga nisbatan qattiq moliyaviy jazo qo‘llash orqali boshqalarga namuna qilib ko‘rsatish choralari amalga oshiriladi. Ammo soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar uchun juda ham kam miqdorda moliyaviy jazo qo‘llanishi hech qanday samara bermaydi va uning samaradorligini va ta’sirchanligini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda soliqni o‘z vaqtida o‘lamaslik va ularni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari uchun qattiq moliyaviy jazo, hatto jinoiy ishlar qo‘zg‘atiladi. Masalan, taniqli sport ustalari, san’atkorlarning soliqni o‘z vaqtida to‘lamaganliklari yoki undan bo‘yin tovlaganliklari uchun butun dunyo ommaviy axborot vositalarida sharmanda qilinganliklari va jinoiy ishlar qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida bot-bot xabarlar tarqatiladi. Masalan, o‘z vaqtida mashhur nemis tennischisi B.Bekker 1992-1996 yillar mobaynida olgan daromadlarining bir qismini soliq tashkilotlariga kamaytirgan holda ko‘rsatganligi uchun sud unga nisbatan shartli ravishda 2 yil qamoq jazosi belgilangan. Italiyalik mashhur tenor L.Pavarotti soliq qonunchiligiga qisman rioya etmaganligi uchun soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanib, ommaviy axborot vositalari orqali butun dunyoga sharmandai sharmisor qilingan. Mashhur kinoaktrisa S. Lorenga nisbatan ham shunday munosabat bildirilgan edi. Yaqin yillar ichida mashhur futbolistlar Leonel Messi, Krishtian Ronaldular ham soliq to‘lashdagi xatoliklari uchun jazoga tortilish xavfi ostida soliq va jarimalarni to‘lab qutilib qolishgan edilar.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi soliq to‘lovchining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyatini soliq majburiyati, deb e’tirof etib, uning tizimini belgilab beradi. Shunga mos ravishda soliq to‘lovchi tomonidan ushbu majburiyatlar tizimini buzish bilan bog‘liq huquqshunoslik sodir etilganda qo‘llaniladigan jazo tizimi umumiy shartlari ham Soliq kodeksida belgilangan. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik boshqa turdagi huquqshunosliklar uchun qo‘llaniladigan jazo bilan choralaridan farq qiladi. Ushbu toifaga kiruvchi huquqshunosliklar faqat ma’muriy yoki jinoiy jazo bilan chegaralanmaydi. Soliqqa oid huquqshunoslik uchun qo‘shimcha ravishda moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurash oralari sifatida Xronometraj, pasportlashtirish, reydlar, offshor zonalar bilan tuzilgan bitimlarni monitoring qilish, soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish uchun veb-portal va elektron tizimlardan foydalanishni yanada kuchaytirish belgilandi.

1. Xronometrajning roli oshadi. Unda tushum yoki xodimlar soni kamaytirilganligi aniqlansa, oxirgi hisobot davri uchun soliqlarni qo‘shimcha to‘lashga to‘g‘ri keladi. Kamaytirib ko‘rsatish takroran aniqlanganda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash deb malakalanadi. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji – soliq nazorati shakli bo‘lib, bunda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari joyning o‘zida soliq to‘lovchiga kelib tushayotgan pul tushumini kuzatadilar va qayd etadilar (Soliq kodeksining 71-moddasiga qarang). Bunda soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi bo‘yicha jazoga olib keladi (jarima: fuqarolarga – 10 EKIHgacha, mansabdor shaxslarga – 15 EKIHgacha).

2. Soliq to‘lovchilarning pasportlashtirilishi joriy etilmoqda. Uning natijalari bo‘yicha tuzilgan ko‘zdan kechirish dalolatnomasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladi. Ilgari statistika organlari ishlab chiqarish korxonalari va qurilish tashkilotlari uchun pasportlashtirishni joriy etganlar.

3. Manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda quyidagilarni aniqlash yuzasidan qo‘shma reydlar o‘tkaziladi:

• soliq to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar;

• yashirilgan soliq solish ob’ektlari;

• noqonuniy olib kirilgan tovarlar yetkazilishi, saqlanishi va

realizatsiya qilinishi;

• yashirin sexlar.

Reyd – soni cheklanmagan shaxslar (amalda «qo‘lga tushganlar») yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat tadbiri (tekshiruv). Shu o‘rinda hozir reydlar Soliq kodeksining 67-moddasida keltirilgan soliq nazoratining shakllari ro‘yxatiga kiritilmaganligini qayd etib o‘tamiz. Soliq tekshiruvi shakllari va turlari ro‘yxatida ham reydlar ko‘rsatilmagan (Soliq kodeksining 85, 86-moddalariga qarang). Reydga eng o‘xshash soliq tekshiruvi turi – bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘im, ijara to‘lovi to‘liq kelib tushishi va topshirilishini hisobga olish, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, plastik kartochkalar orqali to‘lovlar qabul qilinadigan hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi, shuningdek savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi qismida o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruv. Bunday tekshiruvni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda aniq soliq to‘lovchi ko‘rsatilmaydi, u nazorat xaridi o‘tkazilishini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkaziladigan holatlar ro‘yxati kengaytirilib, boshqa sohalarni ham qamrab olinadigan ko‘rinadi.

4. Offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilarni monitoring qilish kuchaytiriladi.

5. Soliq sohasida fuqarolar tomonidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi uchun, shu jumladan, ularga tadbirkorlik sub’ektlarining soliqqa oid huquqbuzarliklari to‘g‘risida xabar qilish imkonini beruvchi veb-portal ochiladi. Ayni paytda davlat soliq xizmati organlari ishonch telefonlaridan ushbu maqsadda

foydalanadilar.

6. Quyidagilar joriy etiladi:

• QQSni elektron boshqarish tizimi. Uning yordamida soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish va insofsiz soliq to‘lovchilarni aniqlash maqsadida barcha aylanmalar zanjiri tahlil va nazorat qilinadi;

• onlayn Nazorat kassa mashinasi (NKM)ni avtomatlashtirilgan monitoring qilish tizimi.

Dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish; O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish. Bunda yillik aylanmaning (yalpi tushumning) 1 milliard so‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori har 3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi; Barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etildi. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi:

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan, ilgari xususiylashtirilgan ob’ektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5 foizdan 2 foizga pasaytirish; Yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash imkoniyatini belgilash; Yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolish belgilangan.

O‘zbekiston Prezidentining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan boshlab Barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. Bunda fuqarolarning ayrim toifalari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolindi. Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilindi. Budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan stavkada belgilanadigan bo‘ldi. Mamlakatimizda soliq siyosati doirasida amalga oshirilgan islohotlar natijasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga murojaatnomasida “Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik”96,-deb ta’kidlagan. Professor T.S. Malikovning fikricha, jahon ilg‘or tajribasining ko‘rsatishicha, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatdlarini kamaytirish, soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanligi oshirishning muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

1.Tadbirkorlik sub’ektini (faoliyatini) ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish va oqilonalashtirish lozim bo‘ladi. Ana shu jarayonning o‘zida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlamoqchi bo‘lganlar uchun “teshikcha” mavjud. O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan o‘tkazish uning joylashgan joyiga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Shunga qaramay, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish “huquqiy manzil” deb ataluvchi manzilda amalga oshirilishi mumkin. O‘z navbatida, “huquqiy manzil” tovarga aylanib, ayrim tashkilotlar va tijoriy tuzilmalarga o‘z manzilini taqdim etgan xususiy fuqarolar uchun daromadga ega bo‘lish predmetiga aylanmoqda. Odatda, bunday tadbirkorlik sub’ektlari amalda ro‘yxatdan o‘tgan manzilida mavjud bo‘lmasdan, bu narsa soliq idoralari tomonidan ular faoliyatini nazorat qilinishini murakkablashtiradi. Ba’zi bir tadbirkorlik sub’ektlari uy manzillari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan. Bu ham soliq to‘lovchilarni nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Shuningdek, boshqa shaharlik va viloyatlik tadbirkorlik sub’ektlarining ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi holatlar ko‘plab uchrab turibdi. Juda ko‘p korxonalarni hech qanday kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan shaxslar vujudga keltirib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishmoqda. Albatta, bunday holatlar bizning respublikamizda o‘rnatilgan tartib-qoidalarga zid emas. Biroq, bunday holatlar soliqlarni to‘lovchilarni nazorat qilishni murakkablashtiradi hamda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarining vujudga kelishiga sharoit yaratadi. Ta’kidlash lozimki, bunday davlat tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish tartibiga bozor iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakatda yo‘l qo‘yilmaydi. Shu boisdan rivojlangan mamlakatlarda o‘rnatilgan tartibni bizning respublikamizda ham joriy etish bo‘ladi.

2. Kredit muassasasida tadbirkorlik sub’ektlarining hisob-kitob schyotini ochish tartibi bilan bog‘liq muammolarni yechish maqsadga muvofiqdir. Gap shundaki, ayrim tadbirkorlik sub’ektlari turli banklarda bir necha hisob varaqa (schyot) larini ochadilar. Bu hol soliqdan bo‘yin tovlovchilar uchun imkoniyat ochadi. Shu boisdan, bu holatga cheklovlar o‘rnatish lozim bo‘ladi.

3.Soliqqa tortish faqat litsenzion yig‘imlarni olish yoki patent uchun to‘lovlarni amalga oshirish orqali sodir etiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyat turlari ro‘yxatini aniqlash soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini kamaytirishga imkon beradi.

4.Foydalidan olinadigan soliq va boshqa soliqlarning stavkalarini tabaqalashtirish, to‘g‘ri (bilvosita) va egri (bilvosita) soliqlar o‘rtasidagi nisbatni oqilonalashtirish soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini kamaytirish hamda ularning yig‘iluvchanligini oshirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda “yashirin” iqtisodiyotning vujudga kelish omillari tahlil etilib, unga qarshi kurashish dasturi ishlab chiqilmoqda. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek, bu borada qiymati 200 million dollar bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan onlayn kassa loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Aksariyat iste’molchi mahsulot sotib olgach, xarid chekini talab qilmaydi: yo unutadi, yoki uni shunchaki keraksiz deb hisoblaydi. Ayrim sotuvchilar ham chekni taqdim etish haqida o‘ylamaydi. Bir qarashda oddiy va arzimasday ko‘ringan bu holat aslida bir qator muammolarga sabab bo‘lishi hech gap emas. Xususan, xarid cheklarining talab qilinmasligi yoki taqdim etilmasligi nakd pullarning bankdan tashqari noqonuniy aylanishi - “yashirin iqtisodiyot”ga zamin yaratadi. Shunga qaramay, sotuvchi va xaridorni xarid cheki masalasida birday mas’uliyatli qilishga erishish oson emas. Bunday vaziyatda eng maqbul tanlov - inson omili ishtirokini minimal darajagacha kamaytirish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalardir. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa ana shunday muhim vositalardan biri sanaladi. QR-kod mavjud bo‘lmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi. Amaldagi nazorat kassa mashinasi orqali taqtsim qilingan ba’zi bir xarid cheklarida tovar yoki xizmatlarning nomi va mikdori aks ettirilmaydi. Qolaversa, chekning haqiqiyligini tekshirish imkoni ham yo‘q. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa chop etuvchi fiskal chek esa bu masalada ham sotuvchi, ham xaridor uchun qulay. Ya’ni, unda tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi, miqdori, narxi aks etadi, Eng asosiysi, chekning haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kod mavjud. Ushbu ma’lumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi.

Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa chekdagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida operatorga, ya’ni Davlat soliq qo‘mitasi bazasiga borib tushishini ta’minlaydi. Tadbirkorlik sub’ektlari bunday qurilmalarni mustaqil sotib olishi mumkin. Biroq, onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassalarni xarid qilishdan avval ushbu qurilma yoki dasturiy mahsulotni Davlat reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganini tekshirish lozim, Tadbirkorlik sub’ektlari ulardan foydalanish uchun Davlat reyestriga kiritilgan ixtiyoriy texnik xizmat ko‘rsatish markazidan ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” markazi arizachining murojaati asosida u bilan shartnoma imzolaydi, taqdim etilgan hujjatlar va shartnoma nusxasini maxsus axborot tizimi yordamida Davlat soliq xizmati organlariga yuboradi. Tadbirkorlik sub’ektlarining ushbu tizimga o‘tishi majburiy. Faqat bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 2019 yilning 1 martidan boshlab Toshkent shahrida onlayn-nazorat kassa mashina va virtual kassalarni keng qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasi o‘tkazildi. Natijada 385 mingdan ortiq xarid cheklarida jami 72 milliard so‘mdan ziyod tovar aylanmalari amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi axborotlar Davlat soliq o‘mitasining ma’lumotlar bazasida qayd etildi. 2020 yil 1 yanvardan onlayn-nazorat kassa mashinalari va virtual kassa tizimi respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etila boshlandi. Xususan, 2020 yil yanvardan 20 909 ta alkogol, tamaki, dori vositalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari; 2020 yil 1 avgustdan 1 200 ta o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik tushumi besh milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari; 2021 yil 1 yanvardan 21 600 ta o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik tushumi yuz million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan, jami 2020 yil yakuniga qadar 43 700 ta tadbirkorlik sub’ektlari onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu muddatlar tugagandan keyin onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassadan foydadanmasdan tovarlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatishda chek takdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega bo‘lmagan chekparni takdim qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, mazkur talablar olis hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga tatbiq etilmaydi. Ularning ro‘yxati har yili O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojpantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlikpari bilan birgalikda tasdiqlanadi. Onlayn Nazorat kassa mashinasi (NKM) yoki virtual kassa tizimiga o‘tish davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bunday raqamli texnologiyalar orqali xufyona iqtisodiyot ulushi qisqaradi. Tadbirkorlik sub’ektlari va Davlat soliq xizmatlari organlari xodimlari bilan bevosita aloqalar kamayib korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. Ma’lumotlar ishonchliligi kafolatlanadi. Soliq bazasi kengayadi. Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ham onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassa foydali. Ular amaldagi fiskal xotirali nazorat kassa mashinalarni ishlatish majburiyatidan xalos bo‘lyapti. Kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat kassa daftarini yuritish, uning kunlik hisobotini chiqarib olish majburiyati bekor qilinyapti. Tadbirkorlik sub’ektlari kunlik o‘rtacha nakd pul tushumi mikdoridan qat’i nazar, naqd pullarni bank kassalariga inkassatsiya xizmati orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, onlayn-nazorat kassa mashinasini sotib olish, joriy qilish xarajatlarini soliq hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorigacha kamaytirish imkoniyati yaratildi. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Virtual kassa”ning bazaviy qismi bepul taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassalardan foydalanish tizimining eng asosiy yutug‘i xalqimiz hayot tarzini yengillashishi, turmush sifati yuksalishi bilan bog‘liq. Zero, ushbu tizim mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Sohada jamoatchilik nazorati kuchayishiga zamin yaratadi. Xaridorlarning huquq va manfaatlari himoyasi yanada kafolatlanadi. Pirovardida “yashirin” iqtisodiyotning yana bir kushandasi bo‘lgan tizimga aylanadi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat deb xulosa qilishimiz mumkin:

– jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq yukini yanada kamaytirish;

– soliqlar sonini kamaytirish va oqilonalashtirish;

– soliq stavkalarini maqbul darajada pasaytirish;

– soliqqa tortish bazasini kengaytirish;

– soliq imtiyozlarini keskin kamaytirish va oqilonalashtirish orqali tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoitini yaratish;

– biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish;

– soliq ma’murchiligini takomillashtirish, “raqamli iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish;

– mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish;

– soliqdan qochish va bo‘yin tovlash holatlari uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni yanada kuchaytirish.


Yüklə 41,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin