Mavzu: So’z yasovchi qo’shimchalar
Darsning maqsadi: So’z yasovchi qo’shimchalar haqida
Ta’limiy: Ma’lumot berish; asos, asosdosh so’zlar haqida bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni erkin fikrlashga o’rgatish, o’quvchilarning so’z boyligini oshirish.
Rivojlantiruvchi: Yangi so’zlarni hosil qilish, hozirjavoblik, tez fikrlash ko’nikmalarini oshirish.
Dars turi:Mustahkamlash
Dars metodi: suhbat, savol-javob, ….
Dars jihozi: Darslik, tarqatma, ko’rgazmali qurolllar, rasmlar.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashgach, davomat aniqlanadi.
Dars shiori: Ona tilim, jon tilim, so’zlarga boy, jon tilim.
1-o’quvchi: Sen onam tilisan, otam tilisan,
Sen bobom tilisan, asrlar oshgan.
Oh, ona tilginam, muqaddas tilim,
Bunchalar shirinsan, bunchalar so’lim.
O’qtuvchi: Barakalla aziz o’quvchilar ! Bu she’r yozuvchimiz Shuhratning til haqidagi she’ridan to’rtlik keltirdingiz.
Endi til va so’z haqidagi maqollar va hikmatli so’zlardan eshitamiz. O’quvchilar: 1) taom lazzati o’zida, odam lazzati so’zida.
2) yaxshi so’z yerda qolmas.
3) shirin so’z- qaymoqli ayron, yomon so’z bo’yningga arqon.
4) shirin yuzingdan-shirin so’zing a’lo.
14
2
21
9
8
1
“Bilasizmi?” o’yini
Masalan (1 raqami) 1-sentabr mustaqillik kuni.
1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni.
1-dekabr OITSga qarshi kurash kuni.
1-mart Zulfiya tavallud topgan.
1-iyun bolalarni himoya qilish kuni.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. Aziz o’quvchilar o’tilgan mavzu bo’yicha bilimlaringizni tekshirish maqsadida “Qush uyasi” o’yinidan foydalanamiz.
Bunda bilasiz ayrim qushlar qish faslida uysiz qiynalib qolishadi. Shu sababli qush uyasi yasaymiz. Buning uchun berilgan topshiriqlarni bajarib borishimiz kerak. “Bilasiz qushlar tabiatda katta ahamiyatga ega. Ular turli xil zarar kunanda hasharotlarni yeb tabiatga katta yordam beradi.
Misol uchun“ chittak bir kunda o’z og’irligiga teng miqdordagi hasharotlarni yeyishi mumkin.
50-modda Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar.
Savollar 1 -uycha: Alifbo Alifbo deb nimaga atiladi ? tovushlar nechta ? o’zbek tilida nechta tovush bor ? o’zbek tilde nechta harf bor ? tovushlar necha xil bo’ladi ? unli tovushlar nechta ? undosh tovushlar nechta ? qaysi tovush bo’g’in hosil qiladi ? undosh tovushlar necha xil bo’ladi ? a) jarangli tovushlar va jarangsiz tovushlar. Jarangli tovushlar nechta, jarangsiz tovushlar nechta ?
2-uycha: Gap 1 .Gap deb nimaga aytiladi ?
2. Gap necha turga bo’linadi ?3.Darak gap deb nimaga aytiladi ? 4.So’roq gap deb nima aytiladi ?
5.Buyruq gap deb nimaga aytiladi ?
6.His-hayajon gap nima ?
3 -uycha:Gap bo’laklari 1.Bosh bo’lak hamda ikkinchi darajali bo’lak deb nimaga aytiladi ?
2.Ega va kesim deb nimaga aytiladi ?
3.Doskaga baliqlarda sonlar berilgan, sonlarni harflarga aylantiramiz gap hosil bo’ladi va gapning ega va kesimini topamiz.
4-uycha: Asos va asosdoshlar 1 .Qoidani ayting
Misol uchun: yozuv, yozma, yozuvchi, yozishma
Bosh, boshliq, boshla, boshli, boshchilik.
5-uycha: So’z yasovchi qo’shimchalar Uyga vazifa: 166-mashq
Chegara, iz so’zlariga chi, dosh, la, siz, so’z yasovchi qo’shimchalarini qo’shib yangi so’zlar yasang.
Husnixat daqiqasi Chiroyli yoz Chiroyli yoz, yozsang xat,
Chunki bu ham bir san’at
Husnihat Nima ekan bu qush nomi ?
Sevar to’qay o’rmonni,
Qo’shiq aytarkar kuk-ku,
Shu sababdan nomi kakku.
Chiroyli yoz she’ri aytiladi.
Yangi mavzu: Mustahkamlash
167-mashq 1.Ilmli bir yashar, ilmsiz ming yashar.
2.Sinfimizda a’lochi o’quvchilar ko’p
3.Parahod modeliniishladik 4.Baliqchi qushlar dengiz ustida uchadi.
168-mashq Ko’z, ko’zla, ko’zsiz, ko’zli.
Bosh, boshla, boshsiz, boshli.
Muqova, muqovala, muqovasiz, muqovali
Chegarachi, chegaradosh, chegarala, chegarasiz.
Bo’yoqchi, bo’yoqsiz, bo’yoqli.
IV.O’tilgan mavzuni mastahkamlash. So’z yasavchi qo’shimchalarni takrorlash. O’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: 169-mashq. Tushuntiriladi.