O`.I.B.D.O` 4-Dars 6-“B” sinf Mavzu: WORDDA FORMULALAR YOZISH 15.04.2022 Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsadi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari bilan ishlashni o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib muammoni hal etish malakasini shakllantirish. Ajdodlarimiz meroslarini asrab – avaylab, ular ishlarining davomchilari bo`lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsadi: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari malaka ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning jihozi: 6- sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi,
(kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Darsning borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
Hujjatga maxsus belgilarni joylashtirish va formatlashning ba’zi imkoniyatlari yordamida sodda formulalar yozish mumkin. Murakkabroq
formulalar yozish uchun Joylashtirish(Вставка) tasmasining Simvollar
(Символы) guruhidan Формула( ) tugmasi beradigan imkoniyatlardan foydalaniladi. Biror formulani yozish uchun yurgich formula
joylashtirilishi lozim bo‘lgan satrga o‘rnatiladi va Формула( )
tugmasi tanlanadi. Natijada rasmidagi kabi formula uchun joy aks etadi. Menyular satrida esa Formula bilan ishlashKonstruktor (Работа с формулами-Конструктор) kontekst-menyusi va
unga mos quyidagi tasma aks etadi:
Formulalar muharriridan chiqish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini ish
sohasining bo‘sh joyiga olib kelib sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi.
Formulalar muharririning imkoniyatlari juda keng. U bir necha guruhdan iborat bo‘lib, har bir guruh yana ma’lum bir amallar belgilari
majmuyidan iborat bo‘limlarga bo‘lingan. Masalan, turli ko‘rinishdagi
munosabatbelgilari, kasrlar va radikallarbelgilari, qavslar shablonlarishular jumlasidandir:
Shu amallar belgilaridan foydalanib quyidagilarni yozamiz (o‘zingiz
mustaqil yozib ko‘ring):
Agar yozilgan formulada xatolik bo‘lsa, bu formulaga tuzatish kiritish
mumkin. Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichini yozilgan formula ustiga olib kelib, chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada yurgich yozilgan
formula lavhasi ichiga joylashadi, menyular satrida esa Formula bilan
ishlash-Konstruktor (Работа с формулами-Конструктор) kontekstmenyusi va unga mos tasma aks etadi. Shundan keyin yurgichni kerakli
joyga sichqoncha yoki yo‘nalish klavishlari yordamida joylashtirish va
xatoni tuzatish mumkin bo‘ladi