Matn protsessorlariga oid dastlabki atamalar.
Matn protsessorlarida ishlaganda hujjatlarga oid quyidagi atamalarni bilish lozim. Shrift (nemischa) – (lotin, kirill, arab, grek va boshqa) alifbo hariflari, raqamlar va turli belgilarning yoki bosma ko`rinishlari. Shriftlar yozuv shakli (masalan, Baltika Uzbek, Times New Roman, Monotype Corsiva), chizmasi ko`rinishi (og`ma, tagchiziqli), rangga to`yinganligi bilan (masalan, oddiy qalin), o`lchami (masalan, 11 punkt, 14 punkt, bu yerda punkt = 0,3759 mm) bilan farq qiladi.
So`z – belgilar ketma-ketligi bo`lib, ular bir biridan probel, nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire, uzun tire yoki qo`shtirnoq belgisi bilan ajralib turadi.
Satr – bitta chiziqda yozilgan so`zlar, harflar, yoki belgilar ketma-ketligi. Matn protses – sorlari satr oxirida so`z yoki belgini keyingi satrga avtomatik o`tkazadi.
Hoshiya – sahifa chekkasidagi toza saqlanadigan qism.
Bosh satr – hoshiyadan chekinishi bo`lgan satr.
Abzas (nemischa) – bosh satri bo`lgan satrlar ketma-ketligi. Abzaslar boshqalardan chekinishi, yozuv usuli (stili, masalan, oddiy, asosiy, Sarlavha), intervali (satrlar orasining kengligi) bilan farqlanishi mumkin. Yangi abzasga o`tish yoki bo`sh satr qoldirish uchun klavishi bosiladi.
Matn – abzaslar yig`ilmasi.
Fragment (lotincha: bo`lak) – matnning belgilangan qismi, bo`lagi.
Sahifa – kitob yoki daftar varag`ining bir tomoni. Matn protsessorlarida sahifa bir bosma qog`ozga mos keladi.
Format (lotincha: shakl beraman) – o`lcham, yozuv shakli, chizma ko`rinishi, interval aniqlash yoki boshqa ko`rinishlar berish.
Word interfeysi
MS Word ishga tushirilganda uning ekranda aks etgan interfeysida (quyidagi rasm) ishchi maydon va boshqarish paneli namoyon bo`ladi. Boshqarish paneli, odatda, sarlavha satri, menyular satri va uskunalar panelidan iborat.
Dostları ilə paylaş: |