Tarmoqlar bo‘yicha yuritiladigan normativ hujjatlar Tarmoq tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Tarmoq standarti –TSt
Tarmoq klassifiqatori –TT
Normal va qoidalar – *)
Rahbariy hujjat – RH
Tavsiyanomalar –T
Ma’muriy – hududiy normativ hujjatlar Viloyat hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ma’muriy –hududiy standart –MHSt
Korxona bo‘yicha normativ hujjatlar
Korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Texnik shartlari – TSh
Korxona standarti – KSt
Prezidentimiz tomonidan 1993 yilning 28 dekabrida imzolangan “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni standartlashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yoriy hujjatlar, standartlar ustidan davlat nazorati, unga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va ularning hayotga tadbiq etilishi, standartlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishning yanada yuqoriroq rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.
“Standartlashtirish to‘g‘risida” qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 12 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda standartlashtirish tizimi, standartlashtirish ishlarini o‘tkazish, qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar, me’yoriy hujjatlar, davlat nazorat organlari, davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi, standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, standartlarni qo‘llashni rag‘batlantirish bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boriladigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
Respublikamizda standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni ushbu qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik – iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” tomonidan belgilanadi.
Qonunning II bo‘lim 6 – moddasiga binoan standartlashtirishga doir me’yoriy hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yilishi alohida ko‘rsatilgan.
Qonunda davlat yo‘li bilan stndartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti, mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini olgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab – quvvatlash va rag‘batlantirish chora – tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan.
Respublika standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishini, muvofiqlashtirilishini va ishlarning maqbul darajada olib borilishini quyidagi idoralar ta’minlaydilar:
tarmoqlararo yo‘nalishga belgilangan mahsulot bo‘yicha - “O‘zstandart” agentligi;
qurilish va qurilish sanoati, loyihalash va konstruksiyalash bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasi bo‘yicha - O‘zbekiston Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dorivor moddalar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish sohasida - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni vazirliklar, texnikaviy qo‘mitalar, korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning istiqbolli rejalari asosida tuzilgan yillik reja bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi.
Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirishni, kishilarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizlikni, atrof-muhitni muhofaza qilishini, iste’molchilar huquqining himoya qilinishi, milliy ijtimoiy-iqtisodiy va milliy texnikaviy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi.
O‘zstandart agentligi, Davarxitektqurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan sohalar bo‘yicha) respublika standartlarini ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo‘llanish muddatini cho‘zadilar va bekor qiladilar hamda unga o‘zgartirishlar kiritadilar.
Respublikada ishlab chiqilgan standartlar va ularga o‘zgartishlar tasdiqlanishi darajasidan qat’iy nazar O‘zstandart davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlarda standartlash-tirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, muvofiqlashtirish va uning muqobil darajasini ta’minlash ishlarini O‘zstandart, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari va boshqarmalari amalga oshiradi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularni muvofiqlashtirish uchun zaruriyat bo‘lgan hollarda, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqa xo‘jalik tuzilmalarida bo‘linmalar (xizmatlar) va (yoki) fan-texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarda standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish ob’ektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
Xalqaro standart - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.