jadvallari tarihiga bo'lsak, ularni birinchi
nazar bo'lib
buyuk rus olimi N.K.Kirilov o'zining iqtisodiy- statistik tadqiqoti “Butun Rossiya davlatini gullash darajasi” (1727 y.) asarida qo'llagan.
Ayrim manbalarda yaratuvchisi deb
statistik Anhsersen
jadvallarni (Daniya)
hisoblanadi. Lekin uning asari 1747 yilda chop etilgan. Shunday qilib statistik jadvallar XVIII asrda paydo bo'lgan.
Statistik jadvallar deb o'rganilayotgan hodisa va voqealar to‘grisidagi ma'lumotlarni tartibli, ko'rgazmali ifodalashga aytiladi.
Tashqi ko'rinishidan statistik jadval gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishmasidan iborat bo'lgan tuzilmada ifodalanadi.
Gorizontal chiziqlar qatorlar, vertikal – ustunlar deyiladi.
Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to'ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalni maketi deyiladi
Ta’rif
Statistik jadvallar o'z egasi va kesimiga ega bo'lishadi. Jadvalda gap nima ustida borayotgan bo'lsa, o'sha qodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko'rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi.
Har qanday tuzilgan va to'ldirilgan jadval umumiy nomga ega bo'lishi kerak. Jadvalning umumiy nomi uni ustida keltirilib, uning mazmunini o'zida ifoda etishi kerak. Jadvaldagi qatorlar va ustunlar ham nomlanadi va iloji boricha nomerlanadi.