Mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati



Yüklə 19,17 Kb.
səhifə2/4
tarix20.06.2023
ölçüsü19,17 Kb.
#133058
1   2   3   4
Mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati

Uzluksiz kuzatish deganda hodisalar ro’y berishi bilanoq qayd qilinadigan kuzatish tushuniladi. Masalan, bola tug’ilishi, nikohdan o’tish kabi voqea (hodisa)lar sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha kunning o’zidayoq qayd etiladi.
Fursatli kuzatish deganda ma’lum muddatlarda o’tkaziladigan kuzatishlar tushuniladi. Masalan, aholi ro’yxati va boshqalar.
Bir yo’la kuzatish deb birorta masalani echish uchun o’tkazilgan kuzatishga aytiladi. Masalan, savdo korxonalarini jihozlanish darajasining bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini o’rganish uchun maxsus kuzatish o’tkazish.
O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bo’linadi.
Yoppasiga kuzatishda to’plam birliklarining barchasi kuzatiladi. Masalan, O’zbekistonda aholi ro’yxati o’tkaziladigan bo’lsa, respublika fuqarolarning barchasi (qaerdaligidan qat’iy nazar) ro’yxatga olinadi.
Qisman kuzatishda o’rganilayotgan to’plam birliklarining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish to’rtta turga: anketa orqali kuzatish, monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga bo’linadi.
Anketa orqali kuzatishda savollar yozilgan varaqalar kuzatish birliklariga tarqatilib, ular to’ldirilgandan so’ng yig’ishtirib olinadi va umumlashtiriladi.
Monografik tasvirlash deganda to’plamning bir bo’lagini har tomonlama va chuqur o’rganish tushuniladi.
Asosiy massivni kuzatishda o’rganilayotgan belgi umumiy hajmining o’zgarishiga olib keladigan eng salmoqli o’rin tutgan birliklar ajratib olib o’rganiladi.
Tanlab kuzatish deganda bosh to’plamdan bir qismini tanlab olib tekshirish tushuniladi.
Boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish bevosita kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi.
Bevosita kuzatishda kuzatuvchi o’rganilayotgan to’plam birliklarini birma-bir ko’rib, sanab, tortib va o’lchab, keyin ro’yxatdan o’tkazadi. Hujjatli usulda esa kerak bo’lgan ma’lumotlar faqat maxsus hujjatlardan olinadi. Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar kuzatish varaqasiga yoziladi.
So’roq-javob usuli o’z navbatida uchga bo’linadi: og’zaki usul; o’z-o’zini qayd qilish usuli; korrespondentsiya usuli.
Og’zaki usulda, kuzatish organlari tomonidan maxsus tayyorlangan shaxslar kuzatilayotgan shaxslarga og’zaki savol berib javob oladilar. Olingan javoblar varaqaga yozilib, keyin umumlashtiriladi.

Yüklə 19,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin