Kuzatish organi - bu har qanday statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va o’tkazadigan tashkilotdir.
Kuzatish vaqti va muddati - deganda statistik kuzatish qachon (qaysi vaqtda) va necha kunda amalga oshirilishi tushuniladi.
Kritik fursat (moment) - bu hodisa va voqealarning ma’lum bir nuqtaga bo’lgan holatidir.
Kuzatish qaerda o’tkazilsa o’sha joy kuzatish joyi deyiladi.
Har qanday statistik kuzatish o’z oldiga faqatgina haqiqatni o’zida aks ettiruvchi ma’lumotlarni to’plashni maqsad qilib qo’yadi. Lekin ma’lumki, real hayot bilan kuzatish materiallari o’rtasida hamma vaqt farq bor. Bu farq kuzatish xatosi deb yuritiladi. Statistik kuzatish xatosi o’z navbatida:qayd qilish xatosi; reprezentativ (vakolatli) xatoga bo’linadi.
Qayd qilish xatolari kuzatish jarayonida faktlarni noto’g’ri aniqlash oqibatida paydo bo’ladi. Ular o’z navbatida: tasodifiy; muntazam xatolarga bo’linadi.
Tasodifiy xatolar - bu qayd qilish xatolari bo’lib, ular so’roq o’tkazuvchilar yoki qayd qiluvchilar tomonidan qilinishi mumkin.
Muntazam xatolar doimo bir yo’nalishda bo’ladi. Ular oldindan ko’zlangan va oldindan ko’zlanmagan xatolarga bo’linadi
Reprezentativ (bu xatolarni tanlab kuzatish mavzusida chuqur o’rganamiz) xatolar qisman kuzatishga xos bo’lgan xatolardir. Kuzatish xatosiz bo’lishi juda ham qiyin masala.
Xatolarni kamaytirishning yana bir yo’li-ma’lumotlarni qabul qilish paytidagi nazorat qilishdir. Nazorat arifmetik va mantiqiy bo’ladi. Arifmetik nazoratda chiqarilgan jamlar, bir-biriga bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar tekshirib ko’riladi. Mantiqiy nazoratda esa javoblar to’g’riligi tahlil qilinadi.