Mavzu: Sug‘urta tashkiloti moliyasi reja



Yüklə 114,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü114,03 Kb.
#161850
1   2   3   4   5
dfsfasfas

qo’shuv
qayta sug‟urta qilishga olingan shartnomalar bo‟yicha sug‟urta 
mukofotlari; 
qo’shuv/ayiruv
ishlanmagan mukofot zaxirasi (keyinchalik matnda - IMZ) 
o‟zgarishining qayta sug‟urtalovchilarning IMZdagi ulushiga tuzatish kiritilgan 
natijasi; 
qo’shuv/ayiruv
bayon qilingan, biroq tartibga solinmagan zararlar zaxirasi 
(keyinchalik matnda - BQZZ) o‟zgarishining qayta sug‟urtalovchilarning 
BQZZdagi ulushiga tuzatish kiritilgan natijasi; 
qo’shuv/ayiruv
sodir bo‟lgan, biroq bayon qilinmagan zararlar zaxirasi 
(keyinchalik matnda - SBQZZ) o‟zgarishining qayta sug‟urtalovchilarning 
SBQZZdagi ulushiga tuzatish kiritilgan natijasi; 
qo’shuv/ayiruv
hayotni sug‟urta qilish bo‟yicha zaxiralar (keyinchalik 
matnda - HZ) o‟zgarishining qayta sug‟urtalovchilarning HZdagi ulushiga tuzatish 
kiritilgan natijasi; 
qo’shuv/ayiruv
boshqa 
texnik 
zaxiralar 
o‟zgarishining 
qayta 
sug‟urtalovchilarning tegishli zaxiralardagi ulushiga tuzatish kiritilgan natijasi; 
qo’shuv
sug‟urta agenti, brokeri, vositachisining xizmat ko‟rsatganligi uchun 
hisoblab chiqarilgan vositachilik haqlari va boshqa mukofot pullari; 
qo’shuv
qayta sug‟urta qilishga berilgan shartnomalar bo‟yicha hisoblangan 
vositachilik mukofotlari; 
qo’shuv
syurveyer va avariya komissari-adjasterning xizmat ko‟rsatganligi 
uchun mukofot pullari; 
qo’shuv
bevosita sug‟urta xizmatlarini ko‟rsatishdan olingan boshqa 
daromadlar. 
Sug‟urtalovchilarning moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlari tarkibiga 
investitsiya faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan sug‟urta zaxiralarini 
investitsiya qilishdan olingan daromadlar ham kiritiladi.
2.
Sug„urtachining jami mablag„lar sarfi sug„urta «mahsulot»i tannarxini 
tashkil etadi. U amaldagi me‟yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi hamda 
sug„urtachi xarajatlarning tarkibini belgilashi uchun asos hisoblanadi. Soliqqa 


tortish bazasini aniqlashda sug„urtachining jami xarajatlari va ularning tarkibini 
aniqlashtirish ham talab etiladi.
Sug„urta tashkiloti xarajatlarining tarkibi ham xilma-xildir (2-chizma). 
Sug„urta tashkilotining xarajatlari sakkiz turdan iborat bo„lib, har bir tur o„z 
navbatida, asosiy va maqsadli faoliyat hamda xarajatlarning amalga oshirilishi 
vaqtiga qarab guruhlanadi. Sug„urta tashkiloti xarajatlarining turlariga 
to„xtaladigan bo„lsak, ular o„z ahamiyatiga ko„ra quyidagi guruhlarga bo„linadi: 
a) sug„urtani amalga oshirish xarajatlari. Bu xarajatlar sug„urtachi faoliyatini 
moliyalashtirish uchun amalga oshiriladi. Sug„urta tashkiloti faoliyatini tahlil 
etishda mazkur xarajatlar tarkibini ma‟lum belgilariga ko„ra guruhlash maqsadga 
muvofiqdir. 
Sug„urtachining faoliyati jarayonida mablag„lar sarf etilishi yuzasidan 
belgilangan vazifalarga ko„ra, sug„urta tashkiloti daromadi va zararlari haqidagi 
hisobotiga mos ravishda sug„urta ishini yuritish xarajatlari tarkibini quyidagicha 
guruhlash mumkin:
- shartnomalarni tuzish va bajarish xarajatlari; 
- investitsiya faoliyati bo„yicha xarajatlar
- boshqaruv xarajatlari. 
B) sug„urta ishini yuritish xarajatlari sarflanishiga ko„ra quyidagicha bo„lish 
mumkin: 
- ish haqi to„lovlari; 
- davlat fondlariga ajratmalar, xodimlarni tayyorlash xarajatlari, reklama 
hamda marketing xarajatlari, xo„jalik xarajatlari va boshqalar; 
Sug„urta ishini yuritish xarajatlarining yuzaga kelishi davriga ko„ra, ularni
quyidagi guruhlarga bo„lish mumkin: 
- sug„urta shartnomasini tuzish uchun oldindan qilingan (ish qog„ozlarini 
tayyorlash, statistik ma‟lumotlarni yig„ish, tarif hisob-kitoblari va shu kabi) 
xarajatlar; 
- sug„urta shartnomasi tuzish davrida qilingan (xalqaro terminda 
«acquisition») xarajatlar; 
- sug„urta shartnomasi amal qilish davrida qilingan (masalan, riskni qayta 
sug„urtalashga o„tkazish bo„yicha) xarajatlar; 
- sug„urta hodisasi yuz berganda (sabablarini o„rganish va uning oqibatlarini 
tugatish uchun) qilinadigan xarajatlar. 
Sug„urta ishini yuritish xarajatlarini, shuningdek, ayrim sug„urta turi yoki 
shartnomasiga daxldor bo„lgan o„zgaruvchan va barcha tuzilgan sug„urta 
shartnomalari portfeliga aloqador bo„lgan doimiy kabi guruhlarga ham bo„lish 
mumkin .
Хalqaro amaliyotda sug„urta tashkilotining xarajatlari akvizitsiya 
(ommaviy-tashkiliy kompleks tadbirlar), inkassatsiya (sug„urtaning ayrim turlari 
bo„yicha mukofotlarning naqd pullarda qabul qilinishi), likvidatsiya (sug„urta 
1
Qarang : Dubrovina Т.A., Suxov V.A., Sheremet A.D. Auditorskaya deyatelnost v straxovanii. Uchebnoye posobiye pod red. prof. Sheremeta 
A.D.-M.: INFRA-M, 1997. s. 160. 


hodisasi yuz berganligi yuzasidan sug„urtalanuvchi arizasida bayon qilingan 
talablarning qondirilishi) va boshqaruvga oid kabi turlardan iboratdir .
Sug„urta tashkiloti daromad va xarajatlarini sug„urta faoliyatini amalga 
oshirish jarayonidagi o„rni va roliga qarab tasniflash ko„proq maqsadga 
muvofiqdir. Ular quyidagichadir: 
- sug„urta himoyasini ta‟minlash bilan bog„liq bo„lgan (sug„urta 
operatsiyalari hamda investitsiya joylashtiriluvi bo„yicha) daromad va xarajatlar
- sug„urta himoyasi bilan to„g„ridan-to„g„ri bog„liq bo„lmagan boshqa 
daromad va xarajatlar. 
Sug„urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi hamda ularni hisoblash 
ko„p jihatdan milliy sug„urta qonunchiligi me‟yorlariga ham bog„liqdir. 
Shuningdek, sug„urta tashkilotining daromad va xarajatlariga amaldagi soliq 
qonunchiligiga binoan to„lanadigan daromad(foyda) solig„ining soliq bazasini 
aniqlash uslubiyati hamda stavkalari darajasi ham ta‟sir etadi.
2-chizma 

Yüklə 114,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin