Mavzu: Sug‘urta tashkiloti moliyasi
REJA:
1. Sug„urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi.
2. Sug„urta tashkilotining xarajatlari va ularning tarkibi.
1.
Sug„urta tashkiloti hayotni sug„urta qilish
borasida tuzilgan har bir
shartnomada turli darajadagi sug„urta tarifini qo„llashi yoki daromadlilik me‟yorini
har bir shartnoma bo„yicha mustaqil ravishda hisoblab chiqishi va belgilashi
mumkin. Hayotni sug„urta qilish klasslari bo„yicha daromadlilik me‟yorlari qat‟iy
belgilangan bo„lishi, uning tarif stavkalariga o„zgarishlar kiritish esa,
davlatning
vakolatli organi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Cug„urta tashkilotlarida asosiy daromad va xarajatlar hisobi o„ziga xosligi
bilan farq qiladi. Sug„urtani amalga oshirish,
qonunchilikda man etilmagan
boshqa faoliyat bilan shug„ullanish natijasida hisob raqamiga kelib tushgan pul
mablag„larining jami uning daromadi hisoblanadi.
Sug„urta tashkiloti daromadlarini guruhlashning turli variantlari mavjud.
Ular ichida manbalarga ko„ra, olingan daromadlarni uch guruhga bo„lishga
asoslangan variant keng qo„llaniladi (1-chizma):
a) sug„urta faoliyatidan olingan daromadlar. Sug„urta operatsiyalarini
amalga oshirishdan olingan daromadlar sug„urtachi daromadlarining asosiy manbai
hisoblanadi.
Bu daromadlarning asosiy qismi sug„urta shartnomalari bo„yicha undirilgan
mukofotlar hisobiga shakllantiriladi. Sug„urta tashkilotining
mukofot tushumlari
hajmiga sug„urta majburiyatlari portfelining tarkibi va tuzilishi, tarif siyosati,
marketing strategiyasi hamda boshqa qator omillar o„zaro bog„liqlikda ta‟sir etadi.
Masalan, ishlab chiqilgan marketing strategiyasini unga mos bo„lgan
tarif
siyosatisiz amalga oshirib bo„lmaydi, o„z navbatida, muvaffaqiyatli amalga
oshirilgan marketing strategiyasi sug„urta portfeli balanslashuvini ta‟minlaydi va
aksincha.
Sug„urta tashkilotining mukofot tushumlariga bozor kon‟yunkturasi,
inflyatsiya sur‟ati, me‟yoriy
qonunchilik bazasi, amaldagi soliqqa tortish tizimi,
sug„urta bozorining monopollashganlik darajasi,
kredit foizi dinamikasi,
mamlakatdagi ijtimoiy himoyaning holati va boshqa qator omillar ham o„z ta‟sirini
ko„rsatadi.
Yuqorida sanab o„tilgan omillar ta‟sirining qandayligidan qat‟iy nazar
amaliyotda sug„urta tashkilotining mukofot tushumlari oqimi ortishi yoki
kamayishi hodisasi kuzatiladi.
O„zaro kelishuv shartnomasiga muvofiq sug„urta tashkiloti sug„urta
riskining ma‟lum ulushi bo„yicha mas‟uliyatni o„z zimmasiga oladi. Bu jarayonda
u sug„urta operatsiyalarini birgalikda sug„urtalash mexanizmi orqali sug„urta
mukofotining mos bo„lgan qismi o„z hisobiga o„tkazilishidan ham daromad olishi
mumkin.