Mavzu: Sug‘urta tashkiloti moliyasi reja


Investitsiya faoliyatidan



Yüklə 114,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü114,03 Kb.
#161850
1   2   3   4   5
dfsfasfas

 
Investitsiya faoliyatidan 
daromad 
 
Sug‘urta faoliyatidan 
daromad
 
Су
ғу
рт
а
 
 
Qayta sug„urtalash
bo„
yicha 
zararlarni qoplash summasi 
 
Komission va brokerlik 
rag„batlantiruvi summasi 
Sug„urta
mukofotlari
Birgalikda
sug„urtalash
mukofotlari
Qayta 
sug„urtalash
mukofotlari
Ko„chmas mulk 
Nizom jamgarmasidagi 
ulushlar 
Bank depozitlari 
Qimmatbaho qog„ozlar 
Kreditlar 
Boshqa investitsiyalar 


ushbu faoliyati to„g„ridan-to„g„ri sug„urta faoliyati bilan bog„liq emas. 
Sug„urtachining investitsiya joylashtirish imkoniyati sug„urta mukofotlari 
hisobidan yuzaga keladi. Odatda, sug„urta mukofotlari ma‟lum vaqt oralig„ida 
sug„urtachi ixtiyorida bo„lishi davrida amaldagi me‟yoriy qoidalarga asoslanib, 
daromad aktivlariga joylashtirilishi unga investitsiya daromadlarini keltiradi. 
Investitsiya imkoniyatlari bo„yicha uzoq muddatga hayotni sug„urtalash zaxiralari 
ko„proq manfaatlidir. 
Sug„urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan oladigan daromadlari 
tarkibi: 
- bank jamg„armalari foizlari; 
- aksiyalardan dividend foizlari; 
- qimmatli qog„ozlardan daromadlar; 
- ko„chmas mulkdan olingan daromadlar kabilardan iborat bo„ladi. 
Bu faoliyatning ahamiyatli jihati shundaki, sug„urtachi o„z mijozlariga bonus 
to„lovlarini aynan investitsiya joylashtiriluvidan oladigan manbalari hisobidan 
to„laydi. 
Investitsiya bozorlari rivojlangan mamlakatlarda ushbu faoliyatdan 
sug„urtachining olgan daromadlari ayrim sug„urtalash turlari bo„yicha sug„urta 
operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelgan zararlarni qoplash imkoniyatini 
bermoqda. 
Shu nuqtai nazardan sug„urta tashkiloti investitsiya faoliyatini samarali olib 
borishi uning daromad manbalari tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi. 
V) sug„urta tashkilotining boshqa daromadlari. Sug„urtachi sug„urta 
operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya joylashtiriluvidan tashqari boshqa 
faoliyatdan ham daromad olishi mumkin. 
Bunday daromadning manbalari: 
- depo mukofotlar hisobiga o„tkazilgan foiz summalari; 
- regress tartibida olingan summalar; 
- asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan 
foyda; 
- ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar; 
- sug„urta zaxiralarining qaytim summalari; 
- o„qitish, maslahat ishlarini olib borish bo„yicha undirilgan to„lovlar 
hisoblanadi. 
Sug„urtachining sug„urta xizmatlarini sotuvidan tashqari olgan daromadlari 
asosan o„z filiallariga ish qog„ozlarini (hisobot blanklari va shu kabilarni) 
tayyorlab berish, ularning yangi «mahsulot»ini reklama qilish kabilar hisobiga 
olinadi. Ayrim hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham shakllantiriladi. 
Sug„urtachining sotuvdan tashqari daromadlarini hajmi sug„urta tashkilotining 
kattaligiga bog„liqdir. 
Sotuvdan tashqari daromadlarni olish uchun amalga oshirilgan xarajatlarni 
sug„urta faoliyatiga yoki sug„urtadan boshqa faoliyatga taalluqli ekanligini 
aniqlash murakkab kechadi. Shuningdek, sug„urta tashkiloti ma‟lum bir sug„urta 
turi bo„yicha sug„urtalashni amalga oshirmayotgan bo„lsa-da, uni yo„lga qo„yish 
yuzasidan xarajatlarni sotuvdan tashqari daromadlari hisobiga bajaradi.


Ma‟lumki, sug„urtada risklar transformatsiyasi jarayonida hamda bosh 
tashkilot va filiallar (yakuniy moliyaviy natija balansi yoki hisob raqamiga 
egaligiga ko„ra) o„rtasida mas‟uliyat taqsimotining mexanizmi turlichadir.
Sug„urta 
faoliyati 
– sug„urta hodisasi yuz berishi oqibatida 
sug„urtalanuvchining zararini qoplash bilan bog„liq bo„lgan o„ziga xos iqtisodiy 
faoliyat turidir. Sug„urta hodisasi yuz berishi yoki bermasligiga ko„ra qoplama 
to„lashning ilmiy asoslanganlik (o„rganilgan, hisoblangan, aniqlangan) me‟yorini 
belgilash va ko„rilgan zararni sug„urta tashkilotining zaxira fondidan to„lash 
maqsadga muvofiqdir.
Sug„urta hodisasining yillar bo„yicha yuz berishi ehtimolligi turlichadir. 
Ayrim aniq bir yilda bu hodisalarning soni ko„p bo„lishi ham mumkin. Aynan shu 
yil bo„yicha sug„urta tashkilotining faoliyati zarar bilan tugashi mumkin. Zaxira 
fondining mablag„i yetishmasligi holatida sug„urta tashkilotida qolgan daromad 
hisobidan uning har yilgi zaxira fondiga ajratma me‟yorini qayta ko„rib chiqish 
zarur. Statistik ma‟lumotlarga asoslanib, qayd etish kerakki, sug„urtaning ko„p 
turlari bo„yicha amalga oshirilgan sug„urta qoplamasi undirilgan mukofotlari 
summasiga nisbatan past foizlarni tashkil etadi. Shunga asoslanib, tariflarni 
oshirish emas, balki uning tarkibini o„zgartirish mantiqan to„g„ri bo„ladi.
Qayta sug„urtalash shartnomasini tuzishda qayta sug„urtalovchi (xalqaro 
terminda «sedent») qayta sug„urtalash mukofotining ma‟lum qismini yoki 
hammasini deponentga o„tkazishi nazarda tutilishi mumkin. U shartnoma davri 
tugashi hamda sug„urta hodisasi yuz bermagan taqdirda mazkur mukofotlar 
hisobidan olingan depo foizlari bilan birgalikda qayta sug„urtalovchi hisobiga 
o„tkaziladi. Uning hajmi (foizda) shartnomada qayd etilgan bo„ladi. 
Shunday kafolat berilishi qayta sug„urtalash mukofotlarini moliyaviy zaxira 
sifatida ishlatish imkoniyatini oshiradi.
Fuqarolik qonunchiligiga binoan sug„urta tashkiloti o„z mijozi manfaatlarini 
himoya qiluvchi vakil sifatida sug„urta hodisasiga sababchi bo„lgan aybdor 
shaxsga regress da‟vo qilish huquqiga ham egadir. Odatda regress tartibidagi 
summa sug„urtachi o„z kafilligini bajarib bo„lganidan keyin undiriladi. Bunday 
faoliyat natijasida undirilgan summa sug„urta tashkilotining sug„urta ta‟minoti 
to„lovlari bo„yicha xarajatlarini qoplash uchun manba hisoblanadi.
Sug„urta tashkiloti xo„jalik yurituvchi sub‟ekt sifatida o„z faoliyatida 
foydalanilayotgan asosiy fondlarini sotish huquqiga egadir. Shunda faoliyat 
bo„yicha sug„urtachining foydasi asosiy fondni sotishdan olgan tushum summasi 
bilan mulkning balans (qoldiq) bahosida hisobdan chiqarish summasi o„rtasidagi 
farq sifatida aniqlanadi. Sug„urta tashkilotining mulki ijaraga berilishi mumkin. 
Masalan, ko„chmas mulk ob‟ektlari hamda asosiy fondlardan ayrim hollarda ijara 
ob‟ekti sifatida foydalaniladi. Bu faoliyat natijasida undirilgan ijara to„lovi ham 
sug„urtachining daromadi hisoblanadi.
Sug„urta tashkilotining yana bir daromad manbai o„qitish, maslahat ishlari 
uchun undirilgan to„lovlar summasi, shuningdek, risk-menejment bo„yicha 
xizmatlar ko„rsatishi, dastur «mahsulot»larini o„rnatib berishi kabilar hisoblanadi. 
Bu daromadlar sug„urtaga to„g„ridan-to„g„ri daxldor bo„lmasa-da, ammo u bilan 
uzviy bog„liqlikda shakllanadi.


Sug„urta tashkiloti daromadining shakllanish mexanizmi, tarkibi va 
tuzilishini o„rganish uning o„ziga xos faoliyat turi ekanligini namoyon etadi. 
Sug‟urta tashkilotlarining daromadlari tarkibi O‟zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
"Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‟g‟risida"gi Nizomga muvofiq 
belgilanadi, bunda sug‟urta xizmatlarining sotishdan olingan sof tushum 
quyidagicha aniqlanadi:
bevosita sug‟urta qilish va birgalikda sug‟urta qilish bo‟yicha mukofotlarning 
(xususan, birgalikda sug‟urta qilish shartnomasida belgilangan sug‟urtalovchining 
ulushi) qayta sug‟urta qilishga berilgan shartnomalar bo‟yicha sug‟urta mukofotlari 
(badallari) chiqarib tashlangan holdagi umumiy summasi; 

Yüklə 114,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin