Tushunarli bo`lish tamoyili o`rganilayotgan materialning mazmuni, hajmi va o`qitish metodlari o`quvchilarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo`lishini talab etadi. O`qitishni tushunarli qilish degani uni oson qilish lozimligini bildirmaydi. O`qitishning tushunarliligi o`quvchi imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan belgilanadi. Ta`lim jarayonining borishida o`quvchilar oldiga qo`yiladigan o`quv va mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish o`quvchilarning aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O`quv materialining mazmuni shunday tanlanishi va tuzilishi kerakki, o`quvchilar uni o`zlarining oldingi bilimlari bilan bog`lay oladigan va uni tushunishda qiynalishmasin. Uzoq vaqtlar boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o`quv predmeti sifatida o`qitilishi yetarli darajada qadrlanmadi. U goho tabiiyot nomi bilan saqlanib keldi, goho predmetli darslar va izohli o`qish bilan almashtirildi. 60-yillardan boshlab tabiatshunoslik mustaqil predmet sifatida o`qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o`lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang`ich maktabdagi tabiatshunoslik ta`limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, jug`rofiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keltirilgan. Tabiatshunoslikni o`qitishda ilmiylik qoidasi: hozirgi zamon fanida qat`iy qaror topgan qoidalarni o`quvchilarga o`zlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo`yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta`minlash uchun kichik yoshdagi maktab o`quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma`lumotlarni tanlab olish kerak. O`quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o`quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borishi jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to`g`ri aniqlash o`quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o`quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o`quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko`tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o`zlashtirib olinishiga imkon beradi. O`quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo`lish bilan uyg`unlashishi kerak. Bunga uni o`quvchilarning akliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiiyotshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida o`qishga qiziqish uyg`otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga majbur qiladi. Nazariyani amaliyot bilan bog`lash Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo`lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog`langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o`zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo`llay bilish ham zarur. O`quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va mamaliy mashg`ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg`ulotlarda o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda anna shu bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmalari va malakalari hosil bo`ladi. Nazariyani amaliyot bilan bog`lash o`quvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu uning o`zlashtirish sifatini ko`taradi. Bu qoida mehnat ta`limi va o`quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. O`qitishda nazariya bilan amaliyotning bog`lanish xarakteri o`quv predmetining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o`quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o`zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o`quvchilarni nazariyani o`zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, «Tabiatda bahor» mavzusida (3-sinf) uni o`rganish bo`yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta`sirini aniqlash uchun urug`lar ekish), keyin esa mavzuni o`rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma`qul bo`ladi. Tabiatshunoslik darslarida nazariyani amaliyot bilan bog`lanishini amalga oshirishga maktab yoki jamoa xo`jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek «G`o`za», «Poliz ekinlari», «G`alla ekinlari», «Sezgi organlari», «Yurak va qon» mavzulari (3-sinf) bo`yicha amaliy ishlar o`tkazilishi yordam berishi mumkin. O`quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o`simliklarni ekish va ko`paytirish), shuningdek o`simliklarning suvga, issiqlikka, yorug`likka ehtiyojini (piyoz va balzaminni o`stirish misolida — 2-sinf), gul manzarali o`simliklarining o`sishi va rivojlanishiga organik va mineral o`g`itlarning ta`sirini (3-sinf); pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko`chirib o`tqazilishining ta`sirini aniqlash bo`yicha tajribalar (4-sinf) o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan o`quv-tajriba uchastkasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog`lanishi yaxshi amalga oshadi. Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog`lanishini amalga oshirib borishda shuni esda tutish kerakki, o`quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o`zlashtirib olishga bo`lgan intilishlarini bo`shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday ob`ekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariy qoidalarni tasdiqlash va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin. O’qituvchi va o’quvchi, domla va talaba o’rtasidagi munosabat va muomala madaniyati ularning fe‘l – atvori, xulqi va olgan tarbiyasining amaliy xayotda namoyon bo’lishini bildiradi. Kishining madaniyati, avvalo uning muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatida ko’zga tashlanadi. Ukimishli, madaniyatli, o’qituvchi hamkasbidan, o’quvchisidan nimani, qanday surashni, u yoki bu masala yo’zasidan murojaat qilish mumkinmi yoki yukligini, oilaviy munosabatlarga daxldor masalalarga munosabat bildirish zaruriyati bormi – yukligini yaxshi anglaydi. Muomala jarayonida suxbatdoshining kayfiyatini kutarish, unga optimistik ruh bagishlash, uning o’z kuchiga ishonchini xosil qilish ham o’qituvchining eng muxim sifatlaridan biridir. Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, tom ma‘nodagi muomala madaniyatiga ega bo’lgan o’qituvchi shuxratparastlik, manmanlik, befarqli, xasadguy, giybatchilik kabi illatlarga tokat kila olmaydi va unga karshi ko’rashadi. O’qituvchining muomala madaniyatining tarkibiy kismi nutk madaniyati bilan bog’liq. ( Biz o’z ishimizning bir mavzusini «O’qituvchi nutki – pedagogik mahorat shartidir» deb nomlaganmiz, u mavzuga o’qituvchi nutki haqida tulik tafsilot berilgan. X.B.). Chunki nutk va unda ifodalangan so’z kishiga ta‘sir etuvchi kudratli psihologik kuchga ega. Uni faqat o’zining mazmuni bilan, balki so’zlovchining aytilayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham ta‘sir darajasi va kudrati yanada ortishi mumkin. «Ingliz dramaturgi B.SHou aytganidek, «Xa» so’zini aytishning 50 dan ortik uslubi bor, «Yuk» so’zini ham shuncha uslubi bor, ammo bu so’zni yozishni faqat bir uslubi bor». (Xalq ta‘limi jurnali, 2003 yil, 3 – son, 49 – bet ). Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik kochirim ma‘no yashiringan. Zotan o’qituvchi muloqotining zamirida so’z, fikr turar ekan, fikrni bayon etish ifodasi har bir o’qituvchining saviyasi, ma‘naviy dunyosi, madaniyatiga bog’liq. Bundan kelib chikadiki, o’qituvchi o’z muomalasida me‘yorni bilishi lozim. O’qituvchining muloqot madaniyati nafaqat shaxslararo munosabatlarda, balki shu bilan birga ishlab chikarish, mexnat jamoasi, ota – onalar bilan, jamiyat xayotiga ham kerakligini xisobga oladigan bo’lsak, bugungi kunda o’quvchi, talabalar fe‘l – atvorini o’rganish, ularning bir – birlariga mehr – muruvvatli bo’lishga o’rgatish, diniy akidaparastlik tomir otayotgan xozirgi davr uchun jamiyatni insonparvarlashtirish eng muxim, dolzarb vazifa bo’lib kelmokda. Umuman olganda, muloqot madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy extiyoj sifatida o’z ahamiyatini yuqotmagan. Atoqli adib B.SHou so’zlari bilan aytgand: «Biz xozir xavoda kush kabi uchishni, suvda balik kabi so’zishni o’rganib olgan bo’lsakda, bizga bir narsa – insonlardek yashashni o’rganib olish yetishmaydi». Mashxur izkuvar Sherlok Holms ta‘kidlaganidek : «Har bir inson o’z xususiyatiga ko’ra xal etilmaydigan jumbok»dir. Kishilar xulqi, fe‘l – atvori bilan bir – birlaridan farq kiladilar, ammo ular orasidagi uxshashlik mikdori minimum foiz doimiy holatda saqlanib qoladi. Demak, odamzodning tashki turki – tarovatigina emas, balki ichki olami, maslagi. Insoniy kiyofasi, xozirgi ko’rinishi va holatdagi yetib kelishi o’zok tarixiy kamolot natijasidir. Bu kamolot natijasida esa kishilar o’rtasidagi muloqot hamda muomala madaniyati to’rganligi sir emas. Shu sababli o’qituvchining muloqot madaniyatida ham okilola extiyojni anglab olish eng muxim vazifadir. Muloqot shu darajada muxim ekan, birok shaxslararo muloqotga xech kim, xech kaerda maxsus o’rgatilmaydi. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot olib borish yullari. O’qituvchining ish faoliyati davomida o’quvchilar bilan muomala – munosabatlari katta urin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat tuplagan bilimlarni, muomala qilish tajribalarini egallab oladi. O’qituvchi esa pedagogik jarayonda asosiy shaxs bo’lib xizmat kiladi, unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham o’qituvchiga bolaning muomalasiga, axloqiga, xulqiga nisbatan aloxida, katta talablar kuyilgan. O’qituvchi xayotga endigina kadam kuyayotgan bolalar bilan doimo muloqotda bo’ladi. Bolalar o’qitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy urf – odat mezonlarini o’zlashtiradilar. O’quvchi muomala odobini, muloqot olib borish yulini asosan o’qituvchi timsolida anglab oladilar. Muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qoladi. Afsuski, hamma muallimlar ham bolalar nazarida shunday bo’lib kolmaydi. O’zining ko’pol muomalasi bilan o’quvchini ukishdan sovitib, dilini ranjitadigan o’qituvchilar ham axyon – axyonda uchrab turadi, albatta. Xayotda, amaliyotda bunga ko’plab misollar topiladi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar. O’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muloqotni tartibga soluvchi talablardan biri bolaning xulqini, muomalasini, bola bajargan ishini odilona to’g’ri baholashdir. Xulqi, muomasida esa bolaning biror kishi yoki narsaga munosabati ham ifodalanadi. Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashkari ishlar o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muloqotning muxim soxalaridan biri xisoblanadi. Sinfdan va maktabdan tashkari ishlarning turi nixoyatda ko’p bo’lib, o’qituvchi tomonidan muloqot jarayonida u ishlarni xususiyati va bajarish jarayoni, natijasi haqida tulik tushuntirishiga bog’liqdir. Muloqotlar jarayonida o’qituvchi ayrim talablarga rioya qilishiga to’g’ri keladi:
O’z ishi jarayonida o’qituvchi har bir o’quvchining kadr – kimmatini inson sifatida xurmat qilishi, o’quvchiga nisbatan ishonch; Bolaga mehribon, gamxur bo’lishi, shodligiga ham, tashvishlariga ham sherik bo’lish;
Bolalar bilan har qanday muloqot jarayonida aloxida yondoshish, pedagogik taktni saklash.
O’qituvchi faoliyatida sharkona umuminsoniy kadriyatlardan foydalanish. Muallimlik kasbi shunday sharafli, ishonchli va olijanob kasblardan bo’lganligi uchun ham Milliy dasturdan, ta‘lim to’g’risidagi Qonundan kelib chikadigan vazifalarni maktab o’quvchilari, o’quv yurtlarining pedagog xodimlari, professor o’qituvchilari bajaradilar. Shuning uchun ham «Qonun»da pedagog xodimlar o’zlarining kasb – kor sha‘ni va kadr – kimmatlarini ximoya qilishlari : odob – axloq koidalariga rioya etishlari, bola, o’quvchi va talaba, o’qituvchi – o’quvchi shaxsning kadr – kimmatini xurmatlashlari; ularni mexnatga, qonunlarga, ota – onalar va xotin – kizlarga, ma‘naviy – tarixiy, madaniy – milliy va umuminsoniy kadriyatlarga xurmat ruhida atrof – muxitga extiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashlari, o’zlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq koidalariga, xakikat, adolat, vatanparvarlik, yaxshilik va bashqa xayrli xislatlarga nisbatan xurmatni qaror toptirishlari; usib – ulgayib kelayotgan avlodni bir – birini tushunish, xalqlar o’rtasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar o’rtasida tinchlik, axil – inoklik ruhida tarbiyalashlari lozim. Tabiatshunoslikni o`qitishda nazariyani amaliyot bilan bog`lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog`i va nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O`rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar, amaliy mashg`ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanilishi mumkin. Tajriba va laboratoriyalar o`quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichi bo`lib, ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida ko`nikmalar va malaklar hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim to`ldirilib va aniqlashtirilib boriladi.