Mavzu: Tabiiy ko'k ozuqalarning kimyoviy tarkibi va to'yimliligini o'rganish Kirish



Yüklə 42,12 Kb.
səhifə5/6
tarix21.05.2023
ölçüsü42,12 Kb.
#118496
1   2   3   4   5   6
Romozonov Ediga

4.Qizil sebarga
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Qizil sebarga ko‘p yillik dukkakli o‘t bo‘lib, bu ekinlardan ko‘kat, pichan, silos va pichan uni tayyorlanadi. 1 kg pichan tarkibida 0,55 ozuqa birligi va 70 g oqsil bo‘ladi. Uning quruq moddasida 15,2% oqsil, 3,1% yog‘, 43,9% karbon suvlari, 1% mineral moddalar (asosan kaliy) bor.
Qizil sebarga agrotexnik ahamiyatga ham ega, tuproqda organik modda va 100-200 kg biologik azot to‘playdi. Kalsiy va azotga boy ang‘iz qoldiqlarini to‘playdi. Qizil sebarga Yer yuzida keng tarqalgan, ko‘proq nam yetarli bo‘lgan mintaqalarda ekiladi. Qizil sebarga Yer yuzida 20 mln. gektardan ortiq yerga ekiladi. U AQSH, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Angliya, Fransiya va Rossiyada ko‘plab ekiladi. Mamlakatimizda qizil sebarga o‘tloqi tuproqlarda, sholichilik xo‘jaliklarida ekilmoqda.
Botanik xususiyatlari. Qizil sebarga dukkaklilar oilasiga va Trifolium avlodiga mansub bo‘lib, 300 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Shulardan 8 ta turi ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan turi Trifolium pretense-qizil sebarga hisoblanadi. Qizil sebarga ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ammo uzoq yashamaydigan o‘simlikdir, u 2-3 yil yashaydi. Qizil sebarganing 5 ta tur xili mavjud bo‘lib ulardan 2 tasi ko‘proq ekiladi. Bular bio o‘rimli shimoliy va ikki o‘rimli janubiy sebarga. Qizil sebarganing ildiz sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, yo‘g‘onlashgan ildiz va bir talay ingichka ildizchalardan iborat. Ildizning asosiy qismi 30-40 sm chuqurlikda joylashadi. Ayrim ildizlari esa 1-1,5 m chuqurlikkacha kirib borishi mumkin.
Poyasi o‘tsimon tik o‘sadi, sershox, ichi kovak, siyrak tukli, shoxlanadigan bo‘lib, bir nechta (5-10) ta bo‘g‘im oraliqlaridan tashkil topadi va bo‘yi 70-96 sm gacha yetadi. Qalik qilib ekilgan joylarda bitta o‘simlikda 10 tagacha poya hosil bo‘ladi. Barglari uch qo‘shaloq (uchtali), bargchalari birmuncha serbarg, asosida ochiq rangli uchburchak holi bo‘ladi, o‘rta tomiri barg plastinkasining chetidan chiqib turmaydi. Yonbargchalari pardasimon, odatda cho‘ziq shaklda bo‘ladi. To‘pguli deyarli zich taqalib turadigan yumaloq yoki cho‘ziq shakldagi boshchadan iborat. Boshchalar poya hamda yon shoxlarning uchida joylashadi. Boshchada qizil-binafsha rang gultojbarg chiqaradigan 70-100 ta mayda-mayda kapalaknusxa gul bo‘ladi. Mevasi bir urug‘li dukkakdan iborat bo‘lib, yuraksimon shaklda, yaltiroq, sarg‘ish yoki binafsha rangda, 1000 dona urug‘ining vazni 1,7-1,8 gr keladi.

Yüklə 42,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin