Mavzu: Tabiiy ko'k ozuqalarning kimyoviy tarkibi va to'yimliligini o'rganish Kirish


Beda Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati



Yüklə 42,12 Kb.
səhifə3/6
tarix21.05.2023
ölçüsü42,12 Kb.
#118496
1   2   3   4   5   6
Romozonov Ediga

2.Beda
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Beda O‘zbekistonning va Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan yerlarida ko‘p ekiladigan ko‘p yillik, serhosil dukkakli yem-xashak o‘simliklaridan biridir. Bedadan xilma xil oziqalar tayyorlash mumkin. Undan tayyorlangan ozuqalar oson hazm bo‘ladi, qishin-yozin ishlatiladi. Pichan tayyorlash uchun g‘unchalash fazasida o‘rilgan bedaning quruq massasi tarkibida 21,9%, gullash fazasida o‘rilganida 16,8% oqsil bo‘ladi. Pichani tarkibida 1,49% kalsiy , 0,24% fosfor va 0,18% oltingugurt bo‘ladi. qiladi. Beda tarkibida oqsil, ko‘p miqdorda kalsiy, fosfor va vitaminlar, ayniqsa karotin va vitamin S ko‘p bo‘lgan yem-xashak ekinidir. Bedaning ko‘kati sersuv bo‘ladi, chorva mollarini semirtiradi va suyagini baquvvat qiladi.
G‘o‘za almashlab ekishda beda juda katta ahamiyatga ega. Beda ekilgan maydonlarda tuproq qayta sho‘rlanmaydi, g‘o‘zaning vilt bilan kasallanishi keskin kamayadi va paxta hosilini ancha oshirish uchun qulay sharoit vujudga keladi. Beda agrotexnik ahamiyatga ega, tuproqning unumdorligini oshiradi, chirindi miqdori ko‘payadi, tuproqning fizikaviy va kimyoviy xossalari yaxshilanadi, tuproqdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati yaxshilanadi, undan keyin ekiladigan ekinni hosildorligi oshadi.
Beda qadimdan ekilib kelinayotgan ekin, Yer yuzida keng tarqalgan, ekin maydoni 30 mln. ga teng. Vatani Osiyo mintaqasi. O‘zbekistonda bedaning ko‘p turlari tarqalgan. Pichan hosili bedaning yoshiga qarab 20-200 s gacha bo‘ladi. Sug‘oriladigan yerlarda 5-7 marta o‘riladi.
O‘zbekistonda bedaning navlari keng tarqalgan bo‘lib, hozirda Bahmal, Samarqand, Tashkentskaya-721, Uzgen, Tashkent-3192, Xiva bedasi va ko‘pchilik mahalliy navlar ekilmoqda.
3.Botanik xususiyatlari. Beda dukkaklilar-Fabaceae oilasiga, Medicago L. avlodiga kiradi, 100 ga yaqin turi aniqlangan. Turlarining orasida bir yillik, ko‘p yillik turlari mavjud, ammo xo‘jaliklarda asosan uning 2 ta turi-ko‘k va sariq beda tarqalgan.
Ko‘k beda (Medicago sativa) -ko‘p yillik o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, yon ildizlari baquvvat rivojlangan. Birinchi yili uning ildizi tuproqqa 2-3 m, keyingi yillarda hatto 10 m gacha chuqur kirib boradi. Ildizining yuqori qismida ildiz bo‘g‘zi bo‘lib, u koronka deb ataladi. U bosh poyaning juda o‘sib ketgan pastki qismidir. Unda kurtaklar shoxlanib, ulardan yangi poya rivojlanadi. Koronka o‘sib, ildiz bilan birga tuproqga ba’zan 7-10 sm chuqurga kirib boradi. Koronka ham ildizlar singari o‘simlikni butun hayoti davomida saqlanadi. Poyasi o‘tpoya, sershox, yashil rangda, 10-20 ta bo‘g‘im oralig‘i bor. Har tup o‘simligida 2-3 tadan 200-300 tagacha poya bo‘ladi. Ularning bo‘yi 40-100 sm bo‘lib, 150 sm ga yetishi mumkin. Poyani ichi o‘zak bilan to‘la, usti tuklangan.
Barglari yonbargcha, barg bandi va 3 talik bargcha va yon bargdan iborat. Bargchalari qisqa bandli bo‘lib, och yashil yoki to‘q yashil rangli. To‘pguli ko‘p gulli shingil, ikki jinsli changchi va urug‘chidan iborat. Guli qisqa bandli bo‘lib, asosida 2 tadan ipsimon gul yon bargchasi bor. Ikki jinsli bo‘lib, kosacha barg, gultoj, changchi va urug‘chidan iborat. Kosacha bargi yashil, besh tishli. Changchisi 10 ta bo‘lib, shundan 9 tasi changchi iplari bilan qo‘shilib o‘sadi va changchi nayini hosil qiladi. Gultojisi och binafsha yoki och ko‘k rangda.
Mevasi ko‘p urug‘li dukkak bo‘lib, urug‘i buyraksimon-bukilgan shaklda, och sariq rangda bo‘ladi. 1000 donasining vazni-1,8-2 g keladi.
Sariq beda (Medicago falcata)-ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ildizi o‘q ildiz. Yon ildizlari ham yaxshi rivojlangan. Poyasining ichi o‘zak bilan to‘la, balandligi 40-50 sm ga yetadi. Barglari oddiy, bedanikidan maydaroq. To‘pguli shingil. Guli qisqa bandli, sariq rangda bo‘ladi. Mevasi o‘roqsimon egilgan dukkak. Shuning uchun sariq beda ko‘pincha o‘roqsimon beda deb ham ataladi. Urug‘i yuraksimon, och jigarrang bo‘lib, 1000 donasini vazni 1,5-1,7 g keladi.
Beda, ayniqsa ko‘k beda keng qo‘llaniladi. Undan pichan, silos, senaj yoki ko‘k massa hosili olinadi, yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Tuproqni azot bilan boyitadi gektariga 150 kg va undan ham ko‘p miqdorda azot to‘playdi, begona o‘tlarni kamaytiradi, o‘zidan so‘ng ko‘p miqdorda organik massa qoldiradi, bu esa tuproqni fizik va kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashga imkon beradi.
Undan tashqari, sug‘oriladigan hududlarda ko‘k beda, tuproqdan ko‘p miqdorda oziq elementlari va suvni o‘zlashtirib, yer osti suv sathini pasaytiradi, tuproqni sho‘rini kamaytiradi. Shuning uchun g‘o‘za-beda va sholi almashlab ekish dalalarining asosiy komponenti hisoblanadi.

Yüklə 42,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin