tadbirkor davlat va uning qonunlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hurmat qilishi va ularga amal qilishi lozim. O‘z navbatida, u bunday yondashuvni davlatdan ham talab qilishi kerak.
mijoz manfaatlari davlatning qonun va manfaatlariga zid bo‘lgan hol- larda tadbirkor bu to‘g‘rida mijozlarni ogoh qilishga majburdir;
mijoz ofertlar va ishlab chiqaruvchilarni tanlash huquqiga egadir.
Raqobat yuksak sifat kafolatidir;
tadbirkor mijozni bilmaslik yoki ataylab uni adashtirish, shuningdek bajara olishga ishonchi bo‘lmagan buyurtalarni qabul qilish hollariga yo‘l qo‘yishi mumkin emas;
va’daga vafo va aniqlik tadbirkorning qimmatli kapitalidir. Qo‘l berib tasdiqlangan so‘z, imzo chekilgan shartnoma kuchiga egadir. Zero, unga bi- noan majburiy tartibda og’zaki kelishuvni aks yettiruvchi yozma shartnoma rasmiylashtiriladi;
shartnoma munosabatlarini bajarmaslik va yomon sifat tadbirkorning jamiyat va hamkasblari olididagi g’oyat og’ir aybidir, chunki bu tad- birkorinng sharafi, nufuzi va yaxshiga nomiga zarar keltiradi;
tadbirkor va mijoz o’rtasidagi munosabatlar majburlash asosida emas, balki ixtiyoriy va o‘zaro ishonch asosida vujudga keladi.
tadbirkor yollangan ishchilarning iqtisodiy manfaatlari va insoniy qadr- qiymatlariga nisbatan barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. U o‘z ishchilaridan qonunlarga amal qilishini talab etadi va o‘zi ham shunga rioya qiladi;
muayyan huquq va majburiyatlar mavjud qonun doirasida mehnat shartnomalarini tuzish chog’ida aks yettiriladi.