Mavzu: Tafakkurni o’rganishda klassik yondashuvlar. Reja


-bosqich – inkubatsiya (yashirin davr)



Yüklə 68,89 Kb.
səhifə2/7
tarix20.11.2023
ölçüsü68,89 Kb.
#162000
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Tafakkurni o’rganishda klassik yondashuvlar. Reja-www.hozir.org

2-bosqich – inkubatsiya (yashirin davr). Yangidan-yangi muammolar paydo boʻladi. Turgʻunlik kuzatiladi. Oʻylar chuvalashib ketadi, kalavaning uchini topib boʻlmay qoladi. Hatto muammo haqida umuman oʻylay olmaslik mumkin.
3-bosqich – oydinlashuv. Ilhom, kashf etish, insayt. Koʻpincha tasodifan, oniy tarzda sodir boʻladi. Bu koʻz ochib-yumguncha yuz beradigan hodisada yechim ramziy, tasavvurdagi fikr tarzida namoyon boʻladi. Uni soʻz bilan ifodalab berish qiyin boʻladi.
4-bosqich – tekshiruv. Tasavvurdagi obraz soʻzga koʻchadi, fikrlar mantiqiy ketma-ketlikda tiziladi, kashfiyot yoki yangilik ilmiy asoslanadi.
Xullas, biz bosh qotirayotgan muammomiz haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishimiz kerak. Bilim doiramiz qanchalik keng boʻlsa, yechimning topilishi shunchalik oson kechadi. Muvaffaqiyatsizliklarga qaramay yana va yana tahlil qilish, fikrlash talab etiladi. Maʼlum vaqt faqat shu muammo bilan, turli gʻoya va tahlillar bilan yashash zurur. Shunda birdan insayt – fikr tiniqlashuvi yuz beradi. Bu jarayonga inson jismonan va ruhan tayyor boʻlishi, oʻz ishiga butun borligʻini berishi kerak.
Insayt va intuitsiya
Quyida intuitsiya holatida roʻy bergan kashfiyotlarning ayrimlari bilan tanishamiz. Taniqli kishilarning fikrlash va intuitsiya haqidagi qarashlaridan misollar keltirilib, ular feʼl-atvoridagi oʻziga xosliklar haqida maʼlumotlar beriladi:
Tikuv mashinkasining ixtiro etilishi
Tadqiqotchi Elias Xove dastlabki tikuv mashinasi ustida uzoq muddat ter toʻkadi, biroq harakatlar biror-bir ijobiy natija bermaydi. Olim bir kun tunda yomon tush koʻradi: uning ortidan odamxoʻrlar toʻdasi quvib keladi, unga deyarli yetib oladi. U nayzaga oʻxshagan bir nima yarqirab ketganini ham aniq-taniq payqaydi. Dahshat ichida yotgan Xove nayzalarning xuddi ignaga oʻxshash teshiklari borligini ham koʻradi. Bechora uygʻongach zoʻrgʻa nafas oladi, qoʻrquvdan dagʻ-dagʻ titraydi.
Bir muncha vaqt oʻtgach Xove kechqurungi tushini eslaydi, tadqiqoti uchun muhim xulosa yasaydi. Tikuv mashinasi ishlashi uchun bor-yoʻgʻi ignadagi teshikni oʻrtadan emas, quyidan, oʻtkir joyidan ochish kerak ekan, xolos. Bu tadqiqotchi kechayu kunduz qidirayotgan oddiy yechim edi. Xullas, Xovening bosinqirashi tikuv mashinasining ixtiro etilishiga turtki beradi.
Savolni toʻgʻri qoʻyish – muammoning yarim yechimi
Eynshteyn bir oʻrinda shunday fikr yuritgan: agar uni oʻlimga mahkum etishsa va bir soatgina vaqt qolgan boʻlsa, u mana shu soatning ellik besh daqiqasini muammo yoki savolni toʻgʻri qoʻyishga sarflagan boʻlar ekan. “Chunki javobni topish uchun, – deydi Eynshteyn, – besh daqiqa ham yetadi”.
Kichkina demang bizni…
Bir kuni yuk mashinasi koʻprik ostidagi yoʻl tuneliga qisilib qoladi. Chunki uning kuzovi juda katta edi. Politsiya va yoʻl harakati xizmati xodimlari uni chiqarib olish uchun rosa urinadi, lekin hech qanday natijaga erisha olmaydi. Mashinani qanday qilib chiqarish mumkinligi haqida hamma oʻz fikrini bildiradi. Dastlab yukning maʼlum qismini tushirmoqchi boʻladilar. Biroq yuki ozaygan mashinaning ressorlari koʻtarilib koʻprik ostiga yanada jipsroq tiqilib qoladi. Lom bilan ponani ham ishga soladilar. Dvigatelni tezlashtirib koʻradilar. Xullas, bunday vaziyatlarda odatda nima qilinsa, hammasi bir-bir sinovdan oʻtkaziladi. Biroq ish faqat orqaga ketadi.
Shu payt olti yoshli bolakay kelib qoladi va ballonlarning damini biroz chiqarish kerakligini aytadi. Muammo yechiladi! Chunki havo chiqib ketgach shina kichrayadi, oʻz-oʻzidan mashinaning boʻyi ham pasayadi. Yoʻldan bemalol oʻtib olish mumkin.
Politsiya va yoʻl xizmatchilari tiqilib qolgan mashinalarni chiqarishning juda koʻp usullarini bilgani uchun muammoning yechimini topa olmadi. Sababi ular mavjud tajribadangina foydalandi, xolos. Vaziyat chuqurroq tahlil etilganda kalavaning uchini qoʻlga kiritish mumkin edi.
Xullas, anglash uchun bilimning oʻzigina kifoya qilmaydi. Toʻgʻri tahlil va keyingi jarayonni seza olish zarur. Lekin biz his qilgan, anglagan narsalar toʻgʻri chiqishi uchun bilishimiz, juda koʻp bilishimiz shart!




  1. Yüklə 68,89 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin