Mavzu: Tafakkurni o’rganishda klassik yondashuvlar. Reja



Yüklə 68,89 Kb.
səhifə1/7
tarix20.11.2023
ölçüsü68,89 Kb.
#162000
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Tafakkurni o’rganishda klassik yondashuvlar. Reja-www.hozir.org


Mavzu: Tafakkurni o’rganishda klassik yondashuvlar. Reja

Mavzu: Tafakkurni o’rganishda klassik yondashuvlar.
Reja:
  1. Yo’naltirish so’zi ishlatish mеtodini qo’llash orqali "insayt" paydo bo’lishini ekspеrimеntal o’rganish shart-sharoitlari.


  2. Ya.A.Ponomarеv kontsеptsiyasi. Tafakkurning anglanilmagan shakllari muammosi. Intuitsiya.


S.L.Rubinshtеyn va izdoshlari tomonidan tafakkurning protsеssual tomonlarini tadqiq etilishi.


  1. P.Ya.Galpеrinning tafakkur oriеntirovka-tadqiqotchilik faoliyati haqidagi kontsеptsiyasi. Aqliy jarayonlar bosqichlari sharxi (G.Uollеs, K.Dunkеr, O.Zеlts., S.L.Rubinshtеyn maktabi bo’yicha). O.K.Tixomirovning tafakkurni mazmunlilik nazariyasi. Tixomirov-Tеlеgina, Tixomirov-Tеrеxov mеtodikalari. Aqliy faoliyatni emotsional tartibga solish. Maqsad haqidagi psixologik tasavvurlar. Tafakkur va maqsad xosil qilish. Aqliy faoliyatni motivatsion tartibga solish.



  1. “Insayt” atamasi inglizcha insight soʻzidan olingan. “Fikr ravshanlashishi”, “payqash”, “mohiyatga yaqinlashish” degan maʼnoni anglatadi. Bu atama inson miyasida toʻsatdan yangi gʻoya paydo boʻladigan, u koʻp oʻylagan muammoning yechimi topiladigan fursatni anglatadi. Insayt “aga-reaksiya” deb ham yuritiladi. Muammoning mohiyati va yechimini topib olsak, gʻayriixtiyoriy ravishda baqirib yuboramiz. Xuddi shu vaziyat aga-reaksiya deyiladi.


Vannada choʻmilayotgan Arximedning qoʻlidan sovun tushib ketadi va uning miyasiga birdan fizik qonunning javobi kelib qoladi. Shunda “Evrika! Evrika!” (“Topdim! Topdim!”) deb hayqirganicha vannadan sakrab chiqib ketadi. Mana shu holat insaytdir.


Fikriy oydinlashuv (insayt), yangi gʻoyalarning tugʻilishi intuitiv-hissiy ijod jarayonining kulminatsion nuqtasi hisoblanadi.
1926 yili amerikalik tadqiqotchi Grexem Uolles ijodiy jarayonni toʻrt bosqichga boʻladi:
1-bosqich – tayyorgarlik. Bunda muammo haqida kerakli maʼlumotlar toʻplanadi, uning yechimi qidiriladi, faktlar tahlil etiladi.
Tajribadan maʼlum: bu davrda koʻp bosh qotiriladi, harakat qilinadi, lekin hech qanday foydasi boʻlmaydi.

Yüklə 68,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin