Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo’lib ular ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta’kidlagandek ijtimoiy pedagog va ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko’p.
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog’liq. ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar yechishlari lozim, ya’ni bolada muomala ko’nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko’nikishga yordam berishdir va boshqa maqsadlar o’z navbatida faoliyat mazmuni, uning amalga oshirish metodlari va uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi.
Shaxs o’z-o’zini tarbiyalashni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiradi:
O’z “men”ini boshqalar bilan qiyoslash orqali qabul qilish, ya’ni inson boshqalar chetdan kuzatish qulayligi uchun bundan foydalanadi. Bu esa o’zini guruhning boshqa a’zolari bilan qiyoslashga ajoyib imkoniyat yaratadi.
O’zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul qilish, ya’ni atrofdagilar berayotgan ma’lumotlarni qayta munosabat asosida ishlatish. Bu atrofdoshlarning so’zlari, xis-tuyg’ulari, xulq-atvor reaksiyalari orqali o’ziga bo’lgan munosabatini bilib olishga yordam beradi.
O’zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya’ni inson nima qilganiga baho berish. O’z- o’zini baholashning bu usuli o’z imkoniyatlari haqidagi fikrni mustahkamlaydi.
O’zini tashqi qiyofa bahosi orqali qabul qilish.
Shaxsning rivojlanishiga imkon yaratuvchi trening maqsadlari:
ishtirokchilarning ijtimoiy masuliyatini oshirish, ularning boshqalar bilan faol munosabatga kirishish qobiliyatini o’stirish.
o’smirlarning faol ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirish va o’z hayotlarida o’zgarish sodir eta olish qobiliyatinirivojlantirish.