Umumta’lim maktabi o’zining o’quv, tarbiya va ijtimoiy funksiyalarini ko’rib chiqib birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo’yishi kerak edi
Umumta’lim maktabi o’zining o’quv, tarbiya va ijtimoiy funksiyalarini ko’rib chiqib birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo’yishi kerak edi:
Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish lozim edi., biroq ta’lim bolalar va o’smirlar manfaati asosida tashkil qilinmoqda.
Maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish.
Maktab faoliyatini qayta yo’naltirish.
Maktab ishini, bolalar faolligini oshirish, turli bolalar klublari tuzishga asoslash.
Zamonaviy maktab sharoitlarida bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshmoqda: Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari, kam ta’minlangan oilalar farzandalriga moddiy yordam, bepul ovqatlanish tashkil qilishadi.
Maktabda psixologlar bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o’rganishadi.
Maktabda mavjud bo’lgan sog’liqni saqlash xizmati maktab o’quvchilarini tibbiy ko’rikdan o’tkazishadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzishadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qilishadi, karantin sinflarini nazorat qilishadi.
Ota-onalar qo’mitasi ham o’z o’rnida tarbiyasi og’ir bilan ishlashga yordam beradi.
Maktab bilan hamkorlik qila turib ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib turadi. Ota-onalar va o’quvchilarning o’zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z faoliyatida to’garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o’tituvchining o’quvchilar bilan indevidual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o’tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni nazorat qiladi.
Alohida fanlardan dars beruvchi o’qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o’rganib chiqib, ularni turli to’garak va seksiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli tadbirlar o’tkazishadi.