Mavzu: Ta'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari


Ta’lim muassasasida iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o’rni



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə7/10
tarix16.04.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#99044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ta\'lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari

Ta’lim muassasasida iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o’rni


Hozirgi davrda aqlan zukko, kreativ qobiliyatli, mustaqil mulohaza yurituvchi yuksak iqtidorli, talantli yoshlarga eng qulay shart-sharoitlar yaratish, ular faoliyatini aniq maqsad sari yetaklash, boshqarish bugungi kunning talabidir.
Bunday yoshlar turli soxalarda xalqning milliy imkoniyatlarini jaxon talablari darajasiga olib chiqaoladigan qudratli kuchga ega. Mazkur nuqtai nazardan muammoga yondashish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ular faoliyatini yo‘lga qo‘yish muximdir.
Iqtidor, talant, daholik inson qobiliyati rivojlanish darajasining eng yuqori bosqichidir. Iqtidor tushuncha bo‘ladi. Ulardan biri ijtimoiy iqtidor bo‘lib, peshqadamdik (boshlovchilik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik) deb atash mumkin.
Iqtidorning bu turi oilada ham, maktabda ham hech qanday ziddiyatga sabab bo‘la olmaydi.
Mutaxassislar tomonidan ko‘proq o‘rganilgan iqtidor bu badiiy iqtidor bo‘lib, bunda bolada musiqaga, tasviriy san’atga, sahna madaniyatiga qiziqish o‘ta kuchli bo‘ladi. Bolaning sportga bo‘lgan qiziqishi, ishtiyoqi va jismoniy qobiliyati psixomotor iqtidor deb ataladi.
O‘quvchi yoki talabaning bilim olishdagi o‘ziga xos kuchli qobiliyati, bilim olish uchun intilishi va tirishqoqligi akademik iqtidor deb ataladi.
Tahlil qilishda, fikrlashda, faktlarni taqqoslashda namoyon bo‘ladigan qobiliyat intilektual iqtidor deb ataladi.
Bunda bola oilada - aqlli, maktabda - a’lochi. Ba’zida - bunday bola faqat bir yoki ikki predmet bo‘yicha a’lo bilimga ega bo‘lishi mumkin, biroq boshqa predmetlar bo‘yicha ulgurmay, ijobiy bilimlarga ega bo‘la olmaydi. Ijodiy iqtidor dunyoni boshqacha anglashda va boshqacha fikrlash jarayonida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagog iqtidorli bolaga nisbatan munosabatini to‘g‘ri tashkil qilib borishi kerak, faqat shundagina u bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri yo‘lini topishi mumkin.
Iqtidorli bolaning nimasi o‘ziga xos?
Ota - onalari uning nimasi bilan fahrlanadi?
Talantli bola ota - onalarini hovliqtirib yubormayaptimi?
Oilada bo‘ladigan ziddiyatlar shu bolaga bo‘layotgan bosim zamirida paydo bo‘lishi mumkin. U har xil bosim va kamsitishlarni yoqtirmaydi, baqir - chaqirlarga chidab tura olmaydi, ota -onalar esa buni yodidan chiqaradilar va bu katta muammoga sabab bo‘ladi.

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin