Treningning asosiy tamoyillari:
Ishtirokchilarning o’zaro hurmati va ishonchiga asoslangan to’laqonli shaxslararo muomala.
Doimiy qayta aloqa, ya’ni ishtirokchi boshqa ishtirokchilar xatti-harakatlariga baho beruvchi ma’lumotlarni olishi.
O’z-o’ziga tashhiz qo’yish .
Rivojlanishning optimallashuvi.
Aqliy va emotsional sohalarning uyg’unlashuvi.
Trening va uning alohida mashg’ulotlarida ixtiyoriy qatnashish.
Guruh dinamikasiga yordam beruvchi guruhning doimiy tarkibi.
Yakkalik.
Mikroguruhlarda ishlash imkonini beruvchi erkin hudud.
Ta'lim muassasasida bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pеdagogik faoliyat. Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari: Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari:
bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish,
sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash,
nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k.
qo`shimcha ta'lim muassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi shakllarda olib boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, slyotlar o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga bilim berish,
ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi.
Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning dolzarb muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir:
1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish.
2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi.
3.Tabiatga mos yondoshuv
4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv.
Dostları ilə paylaş: |