Ta’lim muassasida ijtimoiy pedagog faoliyatini yo’lga qo’yish.
Hozirgi zamon sharoitida turli ijtimoiy tuzilmalar ishida ijtimoi pedagog shug‘ullanishi lozim bo‘lgan ijtimoiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi.
Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat: 1. Moddiy yordam ko‘rsatish (puldan, nafaqa va imtiyozlar, turmushda yordam);
2. Ijtimoiy g‘amxo‘rlikni tashkil qilish (odamlar bilan ish olib borish, hodimlarni tanlash) tekshiruv, ilg‘or tajribani targ‘ib qilish;
3. Insonga ta’sir o‘tkazish.
Insonga ta’sir o‘tkazish - bu pedagogik, psixologik ta’sir jarayonlaridan iborat bo‘lib, u bilan ijtimoiy hodim, ijtimoiy pedagog shug‘ullanishlari lozim.
Hozirgi zamon sharoitida ijtimoiy pedagog faoliyatidan quyidagi joylarda foydalanish mumkin:
maktab - internatlar, mehribonlik uylarida;
bolalar - sihatgohlarida. - ijtimoiy - ta’limiy markazlarida;
ijtimoiy psixologik yordam markazlarida;
madaniy markazlarda, dam olish markazlarida, yoshlar klublarida;
yozgi lagerlarda;
mahallada, mahalladagi pedagog murabbiy bilan, xotin - qizlar qo‘mitasi, uchastka inspektori bilan muomala o‘rnatish;
Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o‘ziga xosligi.
O‘rta umumta’lim tizimida eng zamonaviy mutaxassisliklardan biri - bu ijtimoiy pedagoglik kasbidir. Uning asosiy vazifasi - tarbiyaviy ishlarni hayotiy muhim oilaviy va ijtimoiy muammolarni o‘zida his etayotgan yosh avlodni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borishdan iborat, qiyin bo‘lgan turmush masalalarini yengillatish, so‘z va amalda yordam berish, ijtimoiy pedagog amaliy faoliyatining axloqiy pozitsiyasi va yo‘naltirilgani ana shulardan iborat.
Bu vazifalarni hal etishda quyidagicha yo‘l tutishga harakat qilinadi. 1. Amaliy qism; shahardagi maktablardan birini sinf rahbari bilan suxbatlashib uning fikrini olish;
2. Nazariy qism; shu soha bilan shug‘ullanayotgan olimlar ilgari surgan nazariy materiallar bilan tanishish;