Metodika birlashmalari o’zida Metodika Kengashining vazifalarini aks ettiradi. SHu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:
fanlar bo’yicha taqvimiy, mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;
oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;
ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganishni tashkil qilish va ommalashtirish;
tegishli yo’nalish yoki fan bo’yicha ta’lim muassasasida metodik ta’minotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash;
darslarni o’zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaxassislarga amaliy yordam berish;
ta’lim metodlarini o’rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg’or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;
yosh mutaxassislarga metodik yordam berish;
ko’rgazma va ko’rsatmali vositalardan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalarni berish;
fan xonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Boshqarish deb nimaga aytiladi? 2. Ta’lim muassasasini boshqarish va menejment tushunchalarini izohlang. 3. Boshqaruv funktsiyasi deganda nima tushuniladi 4. Boshqaruvning qanday funktsiyalari mavjud? 5. Boshqaruv metodlari deganda nima tushuniladi? 6. Boshqaruv metodlariga izoh bering. 7. Boshqaruv uslublarini tahlil qiling. 8. Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat? 9. Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi? 10. Metodik Kengash va metodik birlashmalarning faoliyati haqida gapirib bering. 11. Pedagog kadrlar malakasini oshirishdan maqsad nima? U qanday amalga oshiriladi?
E’tiboringiz uchun rahmat!
Dostları ilə paylaş: |