rejalashtirish
tashkil etish
rag’batlantirish
natijalarni nazorat qilish
tahlil qilish
Xo’sh, «menejment» va «menejer» atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoat boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo’nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o’z mulklari va xodimlarni o’zlari boshqarganlaridan ko’ra tanlangan yo’nalish bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so’ng paydo bo’ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqaruv) maqsadi: mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir.
Dostları ilə paylaş: |