Olimlar ta’lim menejmetining bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o’tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so’zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o’lchovga ega
ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi)
menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o’zaro dialektik birligi
ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi
2.Boshqarish funktsiyalari. Boshqaruv metodlari va usullari. Boshqarish funktsiyasi deganda u yoki bu ob’ yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Axborot-tahlil funktsiyasi. Mazkur funktsiya Yu.Konarjevskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, boshqaruvda alohida o‘rin tutadi; bunda axborotlarni olish va tahlil qilishda jarayon boshlanadi va tugallanadi.
Oldindan ko‘rish-rejalashtirish funktsiyasi. Boshqaruv faoliyatini oldindan ko‘rish (anglash) va rejalashtirish funktsiyasi uchun maqsadli-motivlashtirish boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat qiladi, oldindan ko‘rish-rejalashtirish funktsiyasi tashkiliy shakllar, usullar, ta’sir etuvchi vositalarni aniqlaydi, nazoratning me’yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi, shuningdek, pedagogik tizimni va uning ishtirokchilarining harakati va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tartibga solish imkonini beradi.
Maqsadli-motivlashtirish funktsiyasi. Motivlashtirish belgilangan maqsadga erishish bo‘yicha barcha boshqaruv sub’ektlarida qiziqishlar uyg‘otishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil etishni nazarda tutadi.
Tashkiliy-ijrochilik funktsiyasi. Bu funktsiya boshqaruv faoliyatining barcha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Bu kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ijrochilarning o‘zaro ta’sir etish tizimini shakllantirish, axborotlar to‘plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning natijasida u yoki bu pedagogik tizimga xos tarkibiy tuzilish vujudga keladi.
Nazorat-tashxis funktsiyasi. Nazorat - bu boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan biri bo‘lib, u boshqaruvning barcha funktsiyalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy holda nazorat rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o‘zaro solishtirish jarayoni bo‘lib, u faoliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Tartibga solish - muvofiqlashtirish funktsiyasi pedagogik tizimning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklami tuzatish hamda pedagogik jarayon ishtirokchilarining xatti-harakatlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi.
Boshqaruv metodlari. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarda ta’lim muassasalarini boshqarishga ko‘p darajada mos keladigan metodlarning to‘rt asosiy guruhi: iqtisodiy, tashkiliy- ma’muriy, ijtimoiy-psixologik va axborotlar to‘plash metodlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiy metodlarham iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalarni bajaradi, faqat ularning ta’sir ko‘rsatish usullari va shakllari o‘zaro farq qiladi.
Tashkiliy-ma’muriy metoddan fodalanishdan ko‘zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga erishishda jamoada mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan o‘zaro munosabatlar, aloqalar, tashkiliy barqarorlik, intizom, o‘zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz rivojlanishni huquqiy va me’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy-psixologik metodlar jamoa a’zolari o‘rtasida shunday munosabatlarni vujudga keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar xodimlarning bemalol, erkin harakat qilishi, o‘zini-o‘zi namoyon qilishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun shart-sharoitni va ijodiy muhitni yaratishi zarur.
Boshqaruv uslublari. Boshqaruv uslubi - bu ish uslublarining to‘plami bo‘lib, u o‘zining faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini qo‘llaydi. Menejment uslubi - bu rahbarni shaxsiy sifatlarining to‘plami, rahbarni qo‘l ostidagilar bilan munosabati, rahbarning o‘z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo‘llari, rahbarning xodimlarni amalda bilishidir.
Dostları ilə paylaş: |