Mavzu: Ta’lim soxasida internet-texnologiyalaridan foydalanish.
Tayyorladi: M.M.Mo’minova
REJA:
Axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi.
O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda masofali o‘qitish.
Pedagogik texnologiya o‘zida xususiyatlari.
Tayanch iboralar:
Kompyuter savodxonligi, o’quv tarbiya jarayoni, internet tezligi, milliy axborot qidiruv tizimi, pedagogik texnologiya xususiyatlari.
Axborot texnologiyalarini umum o’rta ta’lim maktablari ta’lim jarayoniga tatbiq etish
Axborot texnologiyalarini umum o’rta ta’lim maktablari ta’lim jarayoniga tatbiq etish
Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;
bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi
Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak.
1
zamonaviy axborot muhitida
faoliyat tajribasini baholash
va integratsiyalashga qodirlik;
2
shaxsiy ijodiy sifatlarini
rivojlantirishga intilish;
4
axborot vositasida o‘zaro birlashib
xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni
tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi;
5
o‘zini refleksiyalash
(o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi;
3
umumiy komunikativ
(o‘zaro muloqot qilish)
madaniyatining yuqori
darajada bo‘lishi;
6
axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash
madaniyatini o‘zlashtirish.
Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar: