Ta\'lim iqtisodiyoti raxbarning moliyaviy kompetentligi
Byudjetdan tashqari fondlar – aniq (ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, texnologik, ekologik xarakterdagi) maqsadlarni amalga oshirish va turli darajadagi byudjetlarda nazarda tutilmagan ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan moliya resurslarini qayta taqsimlash va ulardan foydalanish shakli. Hozirgi vaqtda ular moliya tizimi, xususan, innovatsiyalarni moliyalashtirish tizimining muhim bo‘g‘inidir. Byudjetdan tashqari fondlarning aksariyati davlat va munitsipal tuzilmalarga tegishli, lekin ular avtonomdir. Ular qat’iy maqsadga ega bo‘lib, umumdavlat, hududiy yoki mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq dasturlar uchun yaratilgan; buni amalga oshirish uchun esa byudjet mablag‘lari yetarli emas, hudud ichida va tashqarisidagi qo‘shimcha moliya resurslari kerak bo‘ladi.

Davlat byudjetdan tashqari fondlari moliyaviy tizimning tarkibiy qismi bo‘lib, bir qator xususiyatlarga ega:
qat’iy maqsadli yo‘nalganlikka ega;
fondlarning pul mablag‘lari byudjetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi;
fondlarga qilingan to‘lovlar va shu jarayonda vujudga kelgan o‘zaro munosabatlar soliq tabiatiga ega; soliqlar kabi, to‘lovlar tariflari davlat tomonidan belgilanib, majburiy hisoblanadi;
fondlarning pul mablag‘lari davlat mulkchiligida bo‘lib, byudjetlar hamda boshqa fondlar tarkibiga kirmaydi va qonunda belgilanmagan biron-bir maqsadda olib qo‘yilmaydi;
byudjetdan tashqari fondlardan investitsion, innovatsion loyiha va dasturlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish uchun subvensiyalar ajratiladi. Byudjetdan tashqari fondlar soliq to‘lashdan, davlat va bojxona bojlaridan ozod etiladi.